Konstitutsiyaning yuridik kuchi Konstitutsiyaga ko‘ra, O‘zbekiston – Prezidentlik boshqaruv shaklidagi suveren demokratik respublika hisoblanadi. Konstitutsiyada davlatni, jamiyatni rivojlantirishning demokratik omillari belgilab berilgan bo‘lib, unda Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi ko‘rsatib o‘tilgan.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega: prezident Konstitutsiyaga, qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar, farmoyishlar qabul qiladi.Konstitutsiyada O‘zbekiston prezidenti, fuqarolar tomonidan umumiy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanishi belgilangan.O‘zbekiston Konstitutsiyasida jamiyat hamda davlatning hayotidagi eng muhim masalalar umumiy ovoz (referendum)ga qo‘yilib, hal qilinadi.Konstitutsiyada O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi hamda prezidenti ish olib borishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, Davlat hokimiyati esa uchga – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga bo‘linadi.