“YANGI 1000” tarif rejasiga ulangan abonentlarga Internet xizmatlarini ko‘rsatish
shartlari
1. YANGI 1000 tarif rejasidan foydalanuvchi Internet xizmatlari abonentlariga (mavjud
abonentlarga yoki yangi
ulanishda) mobil aloqa va IP-telefoniya xizmatlari uchun pullik toifadagi raqamlarni ulash imkoniyati beriladi:
GSM standartidagi mobil aloqa*
IP-telefoniya*
5-toifadan 10-toifagacha boʻlgan bitta raqam 99 %
chegirma bilan (99/95 kodli raqamlar diapazonidan)
6-toifadan 9-toifagacha boʻlgan bitta raqam 100 %
chegirma bilan
* mobil aloqa va IP-telefoniya xizmatlari uchun pullik toifadagi raqamlar xizmatni ulash vaqtida boʻsh raqam mavjud boʻlganda,
belgilangan toifalarning diapazonidan taqdim etiladi.
2. “YANGI 1000” tarif rejasidagi abonentlar uchun quyidagilar taqdim etiladi:
-
to‘lov amalga oshirilgan paytdan boshlab bir ish kuni ichida tezkor ulanish (yakshanba
va bayram kunlaridan
tashqari);
-
personal ravishda xizmat koʻrsatish 24/7;
-
ish vaqti davomida ariza berilgan paytdan boshlab 24 soat ichida (yakshanba va bayram kunlaridan tashqari) yoki
abonent bilan kelishilgan boshqa vaqtda nosozliklarni bartaraf etish.
3.
Ushbu
tarif rejasi jismoniy shaxslar,
shuningdek, fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchisi bo‘lgan,
yuridik
shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik yoki boshqa faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxs boʻlgan abonentlar uchun
moʻljallangan. Xizmatlar faqat shaxsiy ehtiyojlar uchun taqdim etiladi, ushbu tarif rejasidan tijorat maqsadlarida
foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
4.
Ulanish GPON texnologiyasi asosida, texnik imkoniyatlar mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
5.
Boshqa tarif rejalaridan “YANGI 1000” tarif rejasiga o‘tish faqat “O‘zbektelekom” AK sotuv va xizmat ko‘rsatish
ofislarida amalga oshiriladi. Texnik imkoniyat mavjud boʻlmagan hollarda abonent xohishiga binoan, shartnoma
asosida qoʻshimcha liniya oʻtkazilishi mumkin.
6.
Agar ushbu shartlar doirasida mobil aloqa va IP-telefoniya xizmatlari uchun pullik toifadagi raqamlar ajratilgan
bo‘lsa, abonent YANGI 1000 tarif rejasida 4 oy (hisob-kitob davri) davomida Internet tarmogʻiga
ulanish
xizmatlaridan foydalanishi shart.
7.
Shartnoma bekor qilinganda yoki “YANGI 1000” tarif rejasiga ulangan kundan 4 oy (hisob-kitob davri) o‘tmasdan
boshqa tarif rejalariga o‘tilganda, tarif rejasining shartlari bo‘yicha mobil aloqa va IP-telefoniya xizmatlari uchun
ilgari taqdim etilgan pullik toifadagi raqamlar “O‘zbektelekom” AK tomonidan bir tomonlama tartibda oʻchiriladi.
Agar abonent pullik toifadagi raqamlarini
saqlab qolishni istasa, ularning narxini toifagasiga koʻra Narxnoma
boʻyicha toʻliq to‘lashi shart, aks holda pullik toifadagi raqamlarni taqdim etish boʻyicha shartnoma bir tomonlama
tartibda bekor qilinadi.
8.
IP-telefoniya uchun pullik toifadagi raqamdan foydalanish uchun abonent to‘lovi “YANGI 1000” tarif rejasining
narxiga kiritilgan. Mobil aloqa xizmatlari uchun pullik toifadagi raqamdan foydalanish uchun abonent to‘lovi
tanlangan mobil aloqaning tarif rejasiga muvofiq olinadi.
9.
Internet xizmatlarini “YANGI 1000” tarif rejasiga ulash, shuningdek, mobil aloqa va IP-telefoniya xizmatlari uchun
ushbu shartlar asosida ajratilgan pullik toifadagi raqamlarni rasmiylashtirish faqat bitta shaxsning nomiga amalga
oshirilishi lozim.
10.
Ushbu tarif rejasiga ulanishda Kompaniya hisobidan abonent kabeli (200 metrgacha) taqdim etiladi. 200 metrdan
ortiq sarflangan abonent kabeli uchun toʻlov amaldagi tarifga muvofiq abonent tomonidan amalga oshiriladi.
11.
Internet xizmatlarini taqdim etishning boshqa shartlari va ularning tariflar doirasidagi tarifikatsiyasi Xizmatlarni
taqdim etish qoidalari va shartlarida koʻrsatilgan.
12.
2022-yil 15-dekabrgacha “YANGI 1000” tarif rejasiga ulangan abonentlar uchun bitta
statik IP-manzil oylik
abonent to‘lovisiz taqdim etiladi.