Qorbobo: To’g’ri aytasan, qizim, hammangizga yetarli sovg’a bor qopimda.
(Qorbobo bolalarga sovg’a ulashadi).
Qorbobo: Iya, archamiz uxlab qopti-ku. Bayram chiroqlarini yondirishim uchun menga yordam berishingiz kerak, bolajonlarim. Hammamiz birgalikda “Archa, yon” deymiz.
Bir, ikki, uch . . . archa yon! ( 3 marta). (Archa yonadi).
1-Boshlovchi: Yangi yil muborak, aziz Vatanim!
Farzandlari sog’lom, qudratli yurtim!
Yangi yil muborak, mehnatkash halqim!
Fidoiy, mardona, jonkuyar elim!
(Yangi yil haqida qo’shiq yangraydi. Bolalar raqsga tushadi)
2-Boshlovchi: Mana, bugungi bayram dasturimiz ham nihoyasiga yetdi. Barchangizga o’qishlaringizda katta muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Xayr, salomat bo’ling!