Yangiariq tumani xtbga qarshli 21-son umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot uslubiy birlashmasi tomonidan 2021-2022-o’quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar hisoboti
Yangiariq tumani XTBga qarshli 21-son umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot uslubiy birlashmasi tomonidan 2021-2022-o’quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar HISOBOTI Maktabimiz bu yil yangidan rekanstruksiya qilinib sentabr oyiga fan xonalari yangi o‘quv yiliga taxt qilib qo‘yildi, metodbirlashma a’zolari o’rtasida dars dars taqsimoti o‘tkazildi, maktab o‘quvchilari darsliklar bilan to‘liq ta’minlandi. Ish rejalari rahbarlar tomonidan ko’rib chiqilib tasdiqlandi va shu asosida ko‘rgazma va tarqatma materiallar tayyorlandi.
Sentabr oyida ona tili va adabiyotdan fan olimpiadasining maktab 1-bosqichi o‘tkazildi hamda g‘olib o‘quvchilar 2-bosqich tuman olimpiadasiga tavsiya qilindi.
Yangiariq tuman XTB ning 2021-yil 22-iyundagi 44-sonli buyrug‘iga asosan sentabr oyi so‘ngida ”O‘zbek tilim - iftixorim” respublika tanlovi uchun 7-8-sinflarda bayon, 9-11-sinflarda insholar olindi va natijalar tuman uslub birlashmasiga taqdim etildi.
Yangiariq tuman XTB ning 2021-yil 30-sentabrdagi 619-sonli xatiga asosan maktabimizda ham fan oyligini o‘tkazishga oid chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
2-oktabr kuni “ Ona tili va adabiyot fanlari oyligi”ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo’ldi. Unda maktab ma’muriyati,o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdilar. Oyli mobaynida o‘quvchilardan test,yozma ishlar olindi, kitobxonlik, she’rxonlik kechalari, bellashuv, davra suhbatlari, ochiq darslar o‘tkazildi.
”Yosh qalamkashlar” tanlovi,”Men sevgan shoir(adib)” insholar tanlovlari o‘tkazilib, ijodkor o‘quvchilar rag‘batlantirildi.
13-oktabrda ona tili va adabiyot fanidan 2-bosqich fan olimpiadasi bo‘ldi.Tuman bosqichida o‘quvchilarimiz natijalari quyidagicha bo‘ldi: Sh. qalandarova(9-sinf) 27,5 ball, M.Masharipova(10-sinf) 29,6 ball, M.Jumanazarova (11-sinf) 35,4 ballgaa ega bo’ldilar.
Fan oyligi davomida Yangiariq tuman XTB ning 2021-yil 19-oktabrdagi 651-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari tomonidan maktab metodbirlashma rahbari O.Rajabova boshchiligida “Til- millat faxri” shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Fan oyligi davomida turliy badiiylashtirilgan kechalar, “Zakovat” berlshuvi, insholar tanlovlari o’tkazilib o’quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlandi. Fan oyligi oxirida hisobot tadbir “Til-dil kaliti” shiori ostida bo‘lib o’tdi hamda fan oyligi davomida faol qatnashgan o’qituvchi va o’quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlandi.
Noyabr oyida maktabimizda Xorazm viloyati XTB ning 2021-yil 9-noyabrdagi 130-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 10-noyabr kuni 5-11-sinflari o‘rtasida “ O‘zbekiston-yashil makon” insholar tanlovi o‘tkazildi va g‘oliblar rag‘batlantirildi.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi XTV ning 2021-yil 18-noyabr kungi 65-sonli qo‘shma qarori va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2021-yil 18-noyabr kungi 6-01-“s”-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
2-dekabr kuni maktabimizning 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida”Mening Prezidentim”
ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi va natijalar tuman XTB ga taqdim etildi.
Dekabr oyi ikkinchi choragida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-oktabrdagi PQ-4865-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida maktabda Ogahiy tavalludining 212 yilligini nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Muhammadrizo Ogahiy tavalludi munosabati bilan 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida g‘azalxonlik bellashuvi o‘tkazildi. Unda maktabimizning yuqori sinf o’quvchilari faol qatnashib maktab kutubxonachisi tomonidan ajratilgan sovg’alarga ega bo’ldilar.
Fevral oyida Respublikamizda 7-11-fevral kunlari 6-11-sinflar o‘rtasida onlayn tarzda o‘tkazilgan “Yangi fikr” Respublika insholar tanlovida maktabimizdan ikki nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
Maktabda Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi ham keng nishonlandi. 9-14-fevral kunlari o‘quvchilar o‘rtasida Navoiy va Bobur hayoti, ijodiga bag‘ishlangan devoriy gazetalar, referatlar tanlovlari o‘tkazildi. Ikki buyuk shoir she’riyati bo‘yicha g‘azalxonlik kechalari bo’lib o‘tdi, ular hayoti va ijodi bo‘yicha burchak tashkil etildi. Maktabning ona tili va adabiyotni o‘qituvchilari O.Rajabova, S.Raximova, G.Sobirova, D.Xudoyberganovalar tomonidan “Nazm va navo” nomli adabiy kecha tashkil qilinib maktabning bir guruh ijodkor o’quvchilari faol ishtirok etishdi.
Maktabimizning bir guruh ijodkor, shoira qizlarini qo’llab quvvatlash maqsadida 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan ijodkor qizlarni taqdirlash marosimi bo’lib utdi. Jumladan tuman gazetalarida doimiy ravishda she’rlari va ijodiy ishlari muntazam yoritib borilayotga shoira qizimiz A.Ravshanbekovaning ijodidan namunalar tinglanib, shu paytgacha erishgan yutuqlai yig’ilganlarga namuna sifatida ko’rsatildi.
Yangiariq tuman XTB ning 2022-yil 28-fevraldagi 101-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida 14-mart kuni 5-7-sinflar o ‘rtasida,15-mart kuni 8-10-sinflar o‘rtasida “Mening qahramonim” shiori ostida “Vazirga maktub” insholar tanlovining makta bosqichi o‘tkazildi.Tanlov natijalariga ko‘ra 5-7-sinflar bo‘yicha 7-sinf o‘quvchisi Z.Baltabayeva, 8-10-sinflar bo‘yicha 10-sinf o‘quvchisi Rajabbayeva A’loxon g‘olib deb topildilar va 8-aprel kuni shu tanlovning tuman bosqichida ishtirok etdilar.
Yangiariq tumani XTB mudirining 2022-yil 11-apreldagi 1-sonli buyrug‘iga asosan yoshlarga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish,yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida ona tili va adabiyot o‘qituvchilari hamda kutubxonachilar hamkorligida 11-aprel kuni 8-11-sinflar o‘rtasida “Men sevgan adabiy qahramon” insholar tanlovi o‘tkazildi. Tanlov natijalariga ko ‘ra 10-sinf o‘quvchisi Masharipova Unsinoy g‘olib deb topildi.
20-24-aprel kunlari Yangiariq SEO va JSX tavsiyasiga ko’ra sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida 7-8-9-sinf o‘quvchilaridan “Bezgak kasalligi haqida” mavzusida diktant olinib,natijasi tuman XTB ga taqdim etildi.Ushbu diktantda jami 120 nafar o‘quvchi qatnashib,86 % sifat samaradorligi qayd etildi.
26-aprelda Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi munosabati bilan “Qalblarda qo’shiq bo’lib yashagan shoir” shiori ostida mushoira kechasi tashkil etildi. Bunda maktabimizning fayeida shoir ijodiyoti asosida ko’rgazmali burchak tashkil qilinib, shoir xotirasiga ehtirom ko’rstildi. Shu kuni kuni 8-sinflar o’rtasida “Zakovat” o’yini tashkil qilinib g’olib jamoa maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlandi.
29-aprel kuni maktabimizda “Besh tashabbus-besh imkoniyat” shiori ostida tadbir va berlashuvlar bo’lib o’tdi. Unda ona tili va adabiyot fan o’qituvchilari O.Rajabova, D.Xudoyberganova, S.Raximovalar tshabbusi bilan 8-9-10-sinflar o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yini tashkil qilinib viloyat Teleradiokompanyasi tomonidan tasvirga olinib efirga uzatildi.
Yangiariq tuman XTB ning 2022-yil 10-maydagi 263-sonli xati ijrosini ta’minlash, o‘quvchilarda yozma savodxonlik va mantiqiy fikrlash ko ‘nikmalarini shakllantirish maqsadida 13-15-may kunlari 5-11-sinf o ‘quvchilari o‘rtasida diktantlar olindi va natijalar tuman XTB ga taqdim etildi. Jami 204 nafar o‘quvchidan olingan diktant natijalariga ko‘ra 87% sifat samaradorlikka erishildi.
Maktabimizda besh nafar ona tili va adbiyot fani o’qituvchilari faoliyat yuritib kelmoqda. Ular attestatsiya va malaka oshirish kurslaridan o’z vaqtida o’tib kelishmoqda. Ulardan hammasi attestatsiyadan muvofaqiyyatli o’tib birinchi va ikkinchi toifalarga ega bo’lishdi.
Maktabimizda butun o’quv yili davomida har oyda ona tili fan o’qituvchilari tomonidan ochiq darslar o’tkazilib “ Ustoz-shogird” an’analari asosida yutuq va kamchiliklar o’zaro ko’rib chiqilib kamchiliklar bartaraf qilindi, yutuqlar munosib taqdirlandi.
Maktabimizning 9-sinfida 26-may kuni, 11-sinfida 27-may kuni ona tili va adabiyot fanlaridan yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkazilib, jami 67 nafar o‘quvchi imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirdi.
Maktabning ona tili va adabiyot fanlari metodbirlashmasida 2021-2022-o’quv yiliga mo’ljallab tuzilgan ish reja va davlat me’yoriy hujjatlarining yuritilishi, ijrosi qoniqarli bajarildi.
21-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi MB rahbari : O. Rajabova
2022-yil 30-may