Yangiboyeva Nafosat Azamat qizi khk uchun “Multimedia tizimlari” fanidan lms moodle da electron kurs yaratish



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə10/28
tarix28.09.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#150303
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Buxoro davlat universiteti

DokoesClarolinening 1.4.2 versiyasidan ajralib chiqqan yangi dasturiy majmua hisoblanadi. Dokoes Claroline platformasini ishlab chiqqan dastlabki ishchi guruh bir necha a’zolarining ish mahsuli bo`lib, ular ta’lim muassasalari uchun yaratilgan Claroline tizimidan farqli ravishda, davlat korxonalarining ishchi xodimlariga moslashtirishni maqsad qilishdi va amalga oshirishdi. Dokoes dasturiy majmuasining 2 turdagi versiyalari ishlab chiqarilgan, ular Dokoes Free – bepul va Dokoes Pro – bepul bo`lmagan, qo`shimcha modullarga ega bo`lgan dasturiy paketlaridir. Lekin Dokoes Free versiyasi yordamida ta’lim jarayonini tashkillashtirish uchun kerak bo`ladigan barcha o`quv modullari mavjud. Tizimning mavjud o`quv elementlaridan va o`qitish modullaridan ta’lim muassasalarida ham foydalanish mumkin. Hozirgi vaqtda LMS larining ko`pchiligi ijtimoiy tarmoqlardagi mavjud g`oya asosida o`zlarining ishchi muhitlarini shunday tarmoqlarga moslashtirmoqda. Shunga ko`ra, bu tizimda ham ijtimoiy tarmoq elementlari keng kiritilgan. Yuqorida keltirilgan LMS tizimlari singari Dokoes dasturiy majmuasi ham SCORM standartini qo`llab-quvvatlaydi.

1.2. LMS Moodle tizimining imkonyatlari


Elektron darslikni ishlab chiqishda uchta asosiy komponent: o'quv materiali bayon etish, amaliy mashg'ulotlarni bajarish va teskari aloqa (o'quvchilar tomonidan bilimlarni o'zlashtirganlik darajasini aniqlash jarayoni) e'tiborga olinishi kerak. Elektron darslik to'laligicha bir faylda bo'lishi maqsadga muvofiq emas, chunki, u katta hajmda bo'ladi. Bu - darslikni kompyuterga yuklashdagi tezlikni kamaytiradi va materialni o'zlashtirishni qiyinlashtiradi. Har bir bob bitta xujjat sifatida tayyorlanishi yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf qiladi. Elektron darslikni yaratishda Microsoft FrontPage dan foydalanish maqsadga muvofiq. Darslikning matni uchun ixtiyoriy matn muharriri qo'llanilishi mumkin bo'lib, tayyorlangan hujjatlarni txt formatida yoki birdaniga HTML da yozib qo'yish mumkin. Matn darslikning faqat axborotli qismidir. Eng keraklisi - narsa darslikni tayyorlashning umumiy uslubi hisoblanadi. Freymlar monitorda zarur hollarda ko'rinishi kerak bo'ladigan doimiy axborotlarni hosil qilish imkoniyati beradi, bunday axborot sifatida darslik muallifining ismi va sharifi, o'quv muassasasining nomi va boshqalar olinishi mumkin. Buni ijobiy tomoni, shundaki, darslikning mazmunini joylashtirish va matn bo'yicha harakatlanish (sahifalash) qulay. Shuni aytish joizki, freymlarning o'zlari axborot joylashadigan xotiraning ko'p qismini egallaydilar va natijada, matnlarga joy kam qoladi. Elektron darslikning yaratilishini oddiy kitobga o'xshash, ya'ni betma-bet chiqadigan qilib freymlarsiz yaratish ham mumkin. Bunday holda, darslikni yuklash vaqti ko'payadi, chunki kitobning o'zi katta hajm-da bo'ladi. Unda harakat qilish, ya'ni ekranda sahifalashning osonligi yo'qoladi. Lekin, bunda axborot fazosi anchagina iqtisod qilinadi. Matn bo'yicha harakat-lanishni osonlashtirish uchun ekranda doimiy joylashgan maxsus tugma yaratgan ma'qul. Elektron darslikni yaratishda yuqori sifatdagi rasmlarni iloji boricha kam-roq eslatish kerak. Chunki ular ham darslikni kompyuterga yuklashni sekinlash-tiradi. Elektron darslik ma'ruza mobaynida namoyish etish vositasi. Kompyuter sinflarida tashkil etiladigan mustaqil ishlash mashg'ulotlarida repetitor, mustaqil ta'lim olish vositasi, kompyuterda laboratoriya ishlarini bajarish mobaynida uslu-biy yordamchi, o'quvchilar tomonidan bilimlarni o'zlashtirish nazoratchisi. Amaliy mashg'ulotlar uchun masala va mashqlar ta'minotchisi bo'lib xizmat qilishi mumkin. Elektron darslik yuqorida sanalgan imkoniyatlarni mujassamlashtirilishi uchun darslik yaratayotgan mualliflardan pedagogik mahorat, bilim va ularda o'rganilayotgan predmet xususiyatini hisobga oluvchi murakkab uslubiy ishlanmalarning bo'lishini talab etadi. Avvalo, elektron darslikda boblar alohida bo'lishi va unga ko'rgazmalilik, ijobiy emotsional fon, xushfe'llik va qo'yilgan masalani yechishda keng yordam berish tamoyillari qo'llanilishi zarur. Elektron darslik bilan ta'limning eng qulay senariysini tanlashni ta'minlaydigan interfaol tartibda ishlash o'quvchilar bilim olishini faollashtiradi. Elektron darslik abstract mavjudotlar uchun emas, balki shaxs bilan ishlashga mo'ljallangan. O'quvchi o'zining qobiliyati, fanga qiziqishi va uning tayyorgarlik darajasiga qarab ta'lim usulini tanlashi kerak. Elektron darslik o'quvchining bilim olishini vaqt bo'yicha chegaralanmaydi. Shuning uchun ham o'quv materialini o'zlashtirish vaqti o'quv-chining xohishiga ko'ra qisqarishi yoki uzayishi mumkin. Elektron darslik o'quv-chilarga axborotni o'qish, ma'ruzalarni eshitish, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlariga mo'ljallangan vazifalarni bajarish, o'z bilimlarini tekshirish va zarur hollarda, ularni to'ldirish, o'z-o'zini nazorat qilish kabi bilim shakllarini tavsiya etishi mumkin. Elektron darslik o'z ichiga trenajyorlar, amaliy va laborato-riya mashg'ulotlari uchun vazifalar, testlarni olishi va bir vaqtni o'zida bilim berish va o'quvchilarning o'zlashtirish darajalarini aniqlash dasturiy ta'minotiga ega bo'lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, u kursning asosiy axborotli qismini bayon etuvchi taqdimot qilishni tashkil etuvchi, olingan bilimlarni mustahkam-lashga mo'ljallangan mashqlar, o'quvchilarning bilimlarini oqilona baholash imkoniyatini beradigan testlar kabib uchta komponent bo'lishini talab etadi.
Kompyuterga mo'ljallangan darslik:
- Bir zumda teskari aloqani ta'minlashi;
- Zarur axborotni tezlikda topishga yordam berishi;
- Gipermatnli tushuntirishlarga ko'p marta murojaat qilishda vaqtni tejashi;
- Ekranga matnni to'gridan-to'gri chiqaribgina qolmay, balki multimedia texnologiyasi orqali ovozli tahlil qilishi va modellashtirishi;
- Aniq bir bo'lim bo'yicha o'quvchilarning o'zlashtirish darajalariga mos ravishda bilimni baholay olish imkoniyatini yaratish;
- Zarur o'quv axborotlarini yangilash imkoniyatining mavjudligi bilan an'anaviy darsliklardan tubdan farq qiladi.
Elektron darslik, shuningdek, o'quv materiallarini ilmiy va ko'rgazmali qilib tasvirlash; taxliliy-sintetik imkoniyati; axborotni to'la, tizimli va mantiqiy ketma-ketlikda tasvirlash, o'quv materialini bir tizimda berish va faollashtirish kabi axborot-bilim: muammoli; o'quv materialini o'zlashtirilishining mustahkamligi; ta'limni differentsiallashgan va yakkama-yakkalanganligi; moslanuvchanligi va emotsional ta'sirchanligi kabi psixologik-pedagogik, to'la didaktik ta'lim davriyliligi, ta'limning interfaolligi, teskari aloqa, o'z-o'zini boshqarish vazifalarini amalga oshirish kabi boshqarish, shuningdek, auditoriya va auditoriyadan tashqaridagi mustaqil faoliyat jarayonida darslik bilan ishlash imkoniyati; ishlashda qulaylik; katta hajmdagi axborotni saqlashning osonligi va o'quv adabiyoti bilan ishlash uchun zarur maxsus texnik jihozlarning (masalan, kompyuterlarning) mavjudligi kabi tashkiliy-texnologik imkoniyatlar bo'lishini taqozo etadi. Nashr etilgan o'quv materiallarining yukorida sanalgan didaktik imkoniyatlari an'anaviy darslik, dasturlashtirilgan darslik, elektron darslik va o'quv qo'llanmalar tajribada taqqoslab ko'rilganda, eng ko'zga ko'ringan belgilarni oxirgi tur (multimediali) o'kuv qo'llanmalarida mavjud ekanligi tasdiqlangan. Elektron darsliklarni yaratishda imkoni boricha uning zarur qismlarini printer orqali chiqarish va o'quvchilar xoxlagan paytda uni o'qish imkoniyati ham bo'lishini nazarda tutish kerak. Chunki matnni ekrandan ko'p o'qish o'kuvchilar ko'ziga salbiy ta'sir etishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, ta'lim muassasalarining o'uv-tarbiya jarayonida foydalanish uchun mo'ljallangan elektron darsliklar quyidagi xususiyatlarga ega bo'lmogi lozim:
- Predmetdagi axborotlarning yaxshi tuzilishga egaligi;
- O'quv predmetining tuzilishidagi elementlariga gipermatnli, namoyishli, audio va video izohlarga asosiy mavzularning mos kelishi;
- Matn va namoyish qilish bilan bir qatorda, darslikning asosiy bo'limlari bo'yicha o'qituvchilarning o'quv materiallarining video-yoki audioyozuvli bayonlarini berilishi;
- Rasm, model va sxemalarni tezlikda tushuntirish tizimiga ega bo'lishi va bunda gipergrafikadan foydalanilishi;
- Ko'p oynalik interfeysning qo'llanilishi;
- Matn qismlarida zarur manbalarga murojaat etishga mo'ljallangan gipermatn tizimining mavjudligi:
- Matn bilan tushuntirish qiyin bo'lgan predmetning boblari qo'shimcha videoaxborot va animatsiyali kliplar bilan ta'minlanishi;
- Audioaxborotlar musiqa bilan olib borilishi;
- O'quvchilar sinf va sinfdan tashqarida bajarishi kerak bo'lgan vazifa va mashqlarning, shuningdek, ularning javoblarining berilishi;
- Asosiy tushuncha va modullarning izohli lug'atining mavjudligi bilan an'anaviy darsliklardan farq qilishi kerak. Elektron darslikning har bir bo'limidan so'ng o'quv materialini mustahkamlash uchun savollar berilishi maqsadga muvofiq.
Elektron darslik - kompyuter texnologiyalariga asoslangan ta'lim metodlaridan foydalanishga mo'ljallangan o'qitish vositasi bo'lib, undan mustaqil ta'lim olishda va o'quv materiallarini har tomonlama samarali o'zlashtirishda foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning o'quv materiallari o'quvchiga interfaol usullar bilan yetkazilib, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va videoanimatsiyalar imkoniyatlaridan o'rinli foydalaniladi. Elektron darsliklar quyidagi qismlardan iborat bo'lishi zarur:
O'rgatuvchi kiyem — gipermatnga asoslangan va statik, dinamik rasmlardan iborat.
Mashq qildiruvchi — xatolarni ko'rsatib beruvchi va to'gri xulosaga olib keluvchi kiyem.
Nazorat qiluvchi — testlar orqali nazorat qiluvchi tizim asosida shakllanadi.
Axborotning elektron eltuvchisi — axborotni raqamli shaklda saqlash va uzatishning maxsus qurilmasi (disketalar, CD-disk va boshqalar). Elektron darslik bo'limi—an'anaviy darslikning boblariga o'xshash o'quv fanining har xil sohasi. Elektron darslik moduli - an'anaviy darslikning mavzulari yoki paragraflariga o'xshash, o'quv fani bo'limlarining tashkil etuvchisi. Virtual ustaxonalar va labora-toriya stendlari — ustaxona jihozlari va laboratoriya stendlarining kompyuter-imitatsiya moduli. Bundan ko'rinib turibdiki, elektron darsliklarning imkoniyatlari an'anaviy darsliklarga nisbatan ancha keng. Shuningdek, elektron darslik quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:
- Ta'limni, o'quv mashg'ulotlarini yuqori sifatli darajada olib borilishi ta'minlanadi;
- Mustaqil ta'lim olish va egallangan bilimlarni mustaqil baholash imkoniyati yaratiladi;
- Ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarning hamohangligi ta'minlanadi:
-Axborot-ta'lim ashyolarini rivojlantirish xususiyatining hamohangligi ta'minlanadi;
- Matn va boshqa axborot materiallarini mahsus navigatsiya (gipermatn) va illyustratsiya (multimedia vositalari, rasmlar, diagrammalar va jadvallar) yo'li bilan taqdim etiladi.
Elektron darsliklar, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda, eng muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish hamda yodda saqlashni maksimal darajada yengillashtiradi. Elektron darsliklarning quyidagi ko'rinishlari mavjud:
Foydalnish maqsadlariga ko'ra: jamoa bo'lib va yakkama-yakka foydalaniladigan elektron darsliklar.
Jamoa bo'lib foydalaniladigan elektron darsliklar kompyuterning katta tizim ashyolarini talab qilmaydigan bo'lishi kerak, chunki ular server kompyuterga joylashtiriladi, ulardan kompyuter tarmoqlari (INTERNET yoki INTRANET) orqali foydalanish mumkin. Yakkama-yakka foydalaniladigan elektron darsliklar o'quv materiallarini o'qituvchining ishtirokisiz o'rganishga mo'ljallangan. Elektron darsliklarning bu ikki turidan auditoriya mashg'ulotlarida ham foydalanish mumkin.
O'quv materiallarini taqdim etish bo'yicha: tartibli va ixtiyoriy.Tartibli elektron darsliklar ma'lum bir bo'limga oid bo'lgan o'quv materiallarini o'zlashtirmasdan keyingi bo'limga o'tishga imkoniyat bermaydi.
O'quv materiallarini va axborotlarni yangilash bo'yicha: uzluksiz va davriy yangilanuvchi.
Uzluksiz ravishda yangilanadigan elektron darsliklar odatda, elektron o'quv bazalariga (portallar, Web-saytlar va boshqalar) va elektron kutubxonalarga joylashtiriladi. Davriy yangilanadigan electron darsliklar asosan elektron axborot tashuvchi (disketa, CD-disk va boshqa) lar bilan taqdim etiladi. Elektron darsliklar quyidagi tamoyillarga javob berishi kerak:
Kvantlash tamoyili: o'quv materiallarini mazmunan yopiq, minimal hajmga ega modullarga ajratish. Modullar bir necha bosqichdan iborat bo'ladi, ammo 4—5 va undan yuqori bosqichga ega elektron darsliklarning didaktik imkoniyatlari pasayadi.
To'liqlik tamoyili: o'quv materiallarining asosiy mazmunini qamrab olgan har bir modul o'zida quyidagilarni mujassamlashtirgan bo'lishi kerak:
- Gipermurojaatga ega kalit so'zlar;
- Nazariy yadro:
- Nazariya bo'yicha nazorat savollari:
- Namunalar;
- Mustaqil yechish uchun masalalar:
- Modul bo'yicha nazorat savollari (javoblari bilan).
Birinchi bosqich modulida quyidagilar bo'lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi:
- Testlar;
- Nazorat ishi;
- Yordamchi ma'lumotnoma (Help);
- Tahlillar.
Ko'rgazmalilik tamoyili: elektron darsliklar modullari, matn va vizuallashtirilgan material-larning ma'lum nisbatini saqlagan holda illyustratsiyalar va kadrlar jamlanmasidan iborat bo'lishi zarur.
Tarmoqlanish tamoyili: Har bir modul boshqa modullar bilan gipermatnli murojaatlar orqali shunday bog'langan bo'lishi kerakki, foydalanuvchi ixtiyoriy paytda bir moduldan boshqasiga o'ta olishi mumkin bo'lsin. Tarmoqlanish tamoyili predmetni ketma-ket o'rganishni amalga oshi-rishni rad qilmay, balki uning tavsiya qilingan o'tishlarini mavjud, deb hisoblaydi.
Erkin boshqarish tamoyili: o'quvchilar kompyuter ekranidagi kadrlar almashishini mustaqil boshqarishlari, zarur materiallarni istalgan miqdorda ekranga chiqarishlari va nazorat topshiriqlarini bajarish orqali bilimlarini mustaqil sinash imkoniyatlariga ega bo'lishlari kerak.
Moslashuvchanlik tamoyili: elektron darsliklar o'quv jarayonida ma'lum bir foydalanuvchining ehtiyojlariga moslashuvini ta'minlashi, o'rganilayotgan materialning murakkabligini va chuqurli-gini, uning amaliy yo'naltirilganligini o'zgartirish, foydalanuvchining ehtiyojlaridan kelib chiqib, qo'shimcha illyustrativ materiallarni shakllantirish imkoniyatlarini ko'zda tutishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
Kompyuterni qo'llash tamoyili: o'quv materiallarining mohiyatidan kelib chiqib, o'quvchi istalgan vaqtda kompyuterdan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Bunday foydalanish uzundan-uzoq hisoblashlarni amalga oshirishda, turli grafiklarni chizishda va olingan natijalarni istalgan bosqichda tekshirishda ayniqsa muhimdir.
Yig'iluvchanlik tamoyili: elektron darsliklarni shunday dasturlashtirish kerakki, ularni umumiy elektron majmualarga yig'ish (joylashtirish), kengaytirish va yangi bo'lim hamda mavzular bilan to'ldirish, shuningdek, alohida predmetlar bo'yicha elektron kutubxona (masalan, OTM kafedralarida) yoki talaba (yoki o'qituvchi, ilmiy tadkikotchi) ning shaxsiy elektron kutubxonasini shakllantirishda ulardan osongina foydalanish mumkin bo'lsin, boshqacha qilib aytganda, yuqoridagilarni bajarish imkoniyatini beradigan formatda bo'lishi kerak.
Masofali o'qitishda nazariy materiallarni o'rganishni tashkil etish uchun foydalaniladigan texnologiya sifatida an'anaviy ma'ruzalardan tashqari quyidagilarni ajratish mumkin:
Videoma'ruzalar. Bu holda o'qituvchi ma'ruzasi videotasmaga yoziladi. Chiziqsiz montaj usulida u multimedia ilovalar, ma'ruzani bayon qilishni ko'rgazmali vositalar bilan to'ldirish mumkin. Bunday to'ldirishlar ma'ruza mazmunini nafaqat boyitadi, balki uni bayon qilishning jonliroq va tinglovchilar uchun qiziqarliroq bo'lishini ta'minlaydi. Materialni bayon qilishning bunday usuli bevosita ma'ruzaning qadr-qimmatini oshiradi, shuningdek, o'ziga qulay vaqtda eng qiyin joylarini qayta murojaat qilish yo'li bilan eshitish imkoniyatini beradi. Videoma'ruzalar o'quv markazlariga videokasetalar yoki kompakt disklarda yetkazilishi mumkin. Videoma'ruzalar o'quv markazlarida bevosita OTMdan telekommunikatsiya orqali namoyish qilinishi mumkin. Bunday ma'ruzalar auditoriyada o'qilayotgan an'anaviy ma'ruzalardan farq qilmaydi. Ushbu texnologiyaning muammoli tomoni uning qimmatligi bilan ifodalanadi. Bundan tashqari, o'quv jarayonini tashkil etayotgan OTMlar va chekka hududlardagi o'quv markazlari vaqt bilan farqlanadigan mintaqalar bo'yicha hududlariga yoyilgan bo'lishi mumkin. Shuning uchun bunday ma'ruzalarni yangi tashkil etilgan kurslarda (o'quv-uslubiy materiallari yetarlicha tayyor bo'lmagan, nashr etilgan mavjud uslubiy qo'llanmalarda qandaydir bo'limlari eskirgan, kursning ba'zi bo'limlari juda murakkab bo'lib, o'qituvchi tomonidan uslubiy qayta ishlab chiqish talab qilinadigan hollarda) foydalangan ma'qul.
Multimedia ma'ruzalar. Ma'ruza materiallari ustida mustaqil ishlash mobaynida o'quvchilar interfaol kompyuter o'qitish dasturidan foydalanadilar.
Masofali o'qitish, o'quv predmet hamda o'quv - uslubiy materiallar bilan yaxshi ta'minlangan bo'lsa, an'anaviy ma'ruzalarga extiyoj qolmaydi. Bu holda, o'qituvchining asosiy vazifasi o'quvchilar tomonidan boshlang'ich bilimlarni mustaqil o'zlashtirish jarayonini qo'llab-quvvatlashdan iborat. Buning uchun o'quv faoliyatining barcha: majburiy mavzuli nazorat, o'z-o'zini nazorat qilish, multimedia kurslar bilan ishlash ishga tushirilishi mumkin.
Masofali o'qitishda foydalaniladigan axborot texnologiyalarini quyidagi uchta guruhga bo'lish mumkin:

  • •ta'lim axborotlarini taqdim etish:

  • •ta'lim axborotlarini uzatish;

  • •ta'lim axborotlarini saqlash va qayta ishlash.

Ular birgalikda masofali o'qitish texnologiyalarini tashkil etadilar. Ta'lim dasturlarini amalga oshirish jarayonida ta'lim axborotlarini uzatish texnologiyalari alohida ahamiyat kasb etib, aslida o'qitish jarayonini va uni qo'llab-quvatlashni ta'minlaydi. O'qitish jarayoni asosida har doim axborotni o'qituvchidan tinglovchiga uzatish (to'gri aloqa) yotadi. Ushbu ma'noda, ta'limda qo'llaniladigan ixtiyoriy texnologiyani axborotni, deb aytish mumkin. Boshqa tomondan, «Axborot texnologiyalari» atamasini ko'pincha kompyuter va telekommunikatsiya texnikasidan foydalanishga qaratilgan har qanday texnologiyalarga nisbatan ham qo'llaydilar.
Dastlab masofali o'qitish uchun birinchi darajali ahamiyatga ega bo'lgan quyidagi uchta tushunchani ta'riflab o'tamiz:

  • •ta'lim axborotlari:

  • •ta'lim texnologiyalari:

  • •axborot texnologiyalari.

Ta'lim axborotlari - tinglovchiga beriladigan u yoki bu soha mutaxassisining faoliyatida zarur bo'lgan bilimlardir. Ta'lim axborotlari bir yoki ko'p bo'lmagan joylarda to'planmasligi kerak. Uning taqsimlanishi tinglovchilar uchun telekom-munikatsiya kanallari zo'riqishini kuchaytirmagan holda ixtiyoriy uzoqlashtirilgan joylardan maksimal kirish qulay bo'lgan orolga o'xshash xarakterga ega bo'lmog'i lozim. Bunday turdagi axborot orol (markaz)lari sifatida nufuzli oliy ta'lim muassasasi negizida tashkil etilgan katta kutubxona va ilmiy ta'lim markazlari olinishi mumkin.
Lokal gipermatnli materiallarni yaratish uchun hozirgi kunda ko'pgina dasturlar ishlab chiqilgan. Masalan, Help Writer-Windows boshqaruvida ishlaydi-gan konstruktor - mustaqil interfaol gipermatnli fayllarni yaratish uchun mo'ljal-langan konstruktor hisoblanadi. Ushbu dasturning maxsus vazifasi -VB loyihalar uchun avtomatlashtirilgan ma'lumotnomalarni yaratishdir. Lekin, u darslik va boshqa o'quv materiallar ishlab chiqish uchun ham bemalol qo'llanilishi mumkin.
Ushbu dasturning yutuqlari quyidagilardan iborat:

  • narxda - bu dasturning Lite-versiyasi Internet orqali bemalol tarqatiladi;

  • bo'lajak ilovaning suzib chiqadigan oyna bilan to'ldiriladigan sozlanuvchi uch oynali interfeysligi;

  • yaratiladigan ilova sahifani hajmi bo'yicha chegaraning yo'qligi;

  • nafaqat ichki matn muharriri yordamida, balki import qilingan RTF-fayllardan gipermatnlarni avtomatik loyihalash imkoniyati:

  • ko'plab segmentlangan grafikni, boshqaruvchi tugmalarni yaratish va boshqa fayllar bilan aloqa o'rnatish imkoniyati;

  • atamalar lug'ati (glossariy) ni va predmet ko'rsatuvchisini avtomatik yaratish imkoniyati.

Help Writer yordamida o'quv materialini yaratish texnologiyasi juda sodda ko'rinishishga ega. Buning uchun ixtiyoriy matn muxarririda o'z predmet sohasida hosil qilingan kasbiy tajribasini hisobga olgan holda, bo'lajak darslikning matnini terish mumkin. So'ngra, matn lavhalarga ajratiladi, masalan, tizimli sxema ko'rinishida (o'quv materialining mazmunini iyerarxik grafikda) va materialni o'zlashtirish modeli (tushunish, esga tushirish, ijod) ga asoslangan holda materialni ishlab chiqish uchun darajasi ajratiladi. Grafik muharrir yordamida zarur rasmlar yaratiladi. Dasturning mexanizmlaridan foydalangan holda, bo'lajak darslikning dasturiy loyihasiga barcha matn va grafik materiallar alohida oyna (Topic) ko'rinishida qo'yiladi (nusxalanadi). Barcha matn lavhalar va grafiklarni gipermatnlar bilan oldindan o'ylab qo'yilgan arxitekturaga muvofiq bog'lanadi. Yaratilgan tuzilish bo'yicha mazmun oynasi tuziladi. Bunda atamalar ma'lumot-nomasi avtomatik tarzda yaratiladi. Xoxishga ko'ra har bir o'quv bloki o'z-o'zini tekshirish test savollari bilan to'ldirilishi mumkin. Yaratilgan o'quv material (darslik, o'quv qo'llanma) ini to'ldirish, ko'chirish, ixtiyoriy ketma-ketlikda uning materiallarini qisman olib tashlash yo'li bilan xoxlagancha tahrir qilish mumkin. Ushbu uslubda yaratilgan darslikning HLP-fayli mustaqil ravishda yoki MS Office paketning ixtiyoriy ilovasidan ishga tushirilishi, boshqa HLP-fayllar yoki dasturlarni, masalan, Power Point taqdimot fayllarini chaqirish mumkin va hokazo. Endilikda Internet-texnologiya uchun gipermatnlar, MS Front Page Explorer (Editor) maxsus muxarriri yordamida, shuningdek MS Office paketining Word matn muxarriri orqali ham yaratilishi mumkin. Lekin ushbu vositalar yordamida ishlab chiqilgan ilovalar mustaqil ishlay olmaydilar. Ular faqat Word yoki Explorer muhitida amal qila oladilar. Ilk bor shaxsiy gipermatnli material (masalan, darslik) ni ishlab chiqmoqchi bo'lgan o'qituvchi uchun ishni dastlab katta imkoniyatlarga ega bo'lgan Word muxarriri bilan boshlashi maqsadga muvofiqdir. Darslikning ishlab chiqish texnologiyasi odatdagidek bo'ladi. Dastlab, matn terish, so'ngra, uni alohida lavhalarga ajratish va alohida fayllar ko'rinishida saqlab qo'yish lozim. Endi o'zingizning pedagogik tajribangiz va soha bo'yicha kasbiy mahoratingizga asoslangan holda ushbu (matnli va yoki grafik) fayllarni yaratilgan ilova predmetining o'quv maqsadlariga javob beradigan qilib, o'zaro gipermatnlar bilan bog'lash qoladi. Bu yerda, shuningdek, o'z-o'zini nazorat qilish uchun testli fayllarni ham joylashtirish mumkin. Bundan tashqari, fayllarga to'gri yoki noto'gri javoblar bilan murojaat qilinganlikni ko'rsatuvchi, olingan bilimlarni nazorat qilish natijalari bayonnomasini yaratish mumkin bo'lgan hisoblagichni joylashtirish imkoniyati ham mavjud. O'quv-ma'lumotnomalarni yaratish maqsadida Windows uchun mo'ljallangan MS Access dasturini taklif etish mumkin. Ushbu dasturning har bir turi (versiyasi) ixtiyoriy predmet sohasida ko'p tayyorlanmagan foydala-nuvchi uchun turli-tuman tartiblangan massivlarni yaratishga imkoniyat berib, ma'lumotlar omborini ishlab chiqish jarayonini soddalashtiradi. Bu dastur nafaqat o'quv jarayoni ta'minoti uchun, balki uni o'tkazishda ham foydalaniladigan ma'lu-motlar omborini ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Masalan, talabalarning joriy o'zlashtirishini nazorat qilish, o'qituvchilarning kafedra bo'yicha yuklamasini taqsimlash, uslubiy adabiyot yoki dasturiy maxsulotlarni hisobga olish hamda taq-simlashga imkoniyat beradi.
Muloqot tizimi, trenajyorlar yoki nazorat dasturlarini ifodalaydigan funk-sional KO'I lar bevosita dasturlash yoki dasturlash uslubida maxsus dasturlar imko-niyatlarini birlashtirish va aralashtirish yo'li bilan maxsus dasturlar - konstruktorlar yordamida yaratiladi. Samarali KO'Ilarni yaratish uchun o'kituvchi va dasturchi kuchlarini birlashtirishlari zarur. Lekin, bu yerda ham vaqtincha holatdan chiqish yo'lini topish mumkin. Masalan, o'quv va kasbiy masalalarni yechish ko'nikma-larini hosil qilish va mustahkamlash uchun oddiy trenajyorlarni MS Office paketining Excel elektron jadvali dasturi yordamida yaratish mumkin. Bunday dastur o'qituvchi uchun ko'p varaqli:

  • mavzuli ma'lumotlarning tartiblangan massiviga ega bo'lgan;

  • masalalarni yechish nazariyasi va yechish usullari buyicha axborotga ega bo'lgan;

  • masalalarni namoyish etib yechiladigan namunalariga ega bo'lgan:

  • •mustaqil yechiladigan masalalarni yechimi to'gri yoki noto'griligini avtomatik nazorat qiladigan dasturi hamda masalalar aralashtirib talabaga uzatadigan generatori bo'lgan;

  • talabaning dastur bilan ishlashdagi natijaviy bayonnomasiga ega bo'lgan ishchi kitob (qo'llanma)ni yaratish imkoniyatini beradi.

Agar o'qituvchining dasturlash tajribasi uncha katta bo'lmasa, u holda makros yoki dasturli modullarni yaratish uchun joylashtirilgan, Excel tizimi unga alohida fayllar yoki fayllar guruhi ko'rinishidagi ancha takomillashtirilgan o'quv ilovalarini yaratishga imkon beradi. Kompyuter texnikasi, kommunikatsiya vosita-lari va dasturiy ta'minotining shiddat bilan rivojlanishi o'qituvchilarni yangi ta'lim texnologiyalari uchun axborot muhitini yaratish jarayoniga qo'shilishiga zamin yaratadi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin