Yangiboyeva Nafosat Azamat qizi khk uchun “Multimedia tizimlari” fanidan lms moodle da electron kurs yaratish



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə11/28
tarix28.09.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#150303
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Buxoro davlat universiteti

Xulosa.


Bitiruv malakaviy ishimning I bobi 2 ta bo'limdan iborat:
1– bo'limda “masofaviy o’qitish tizimi haqida dastlabki tushunchalar” haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari masofaviy ta'limni oddiy ta'limdan farqi, afzalliklari va kamchiliklari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
2– bo'limda “LMS moodle tizimining imkonyatlari” masofadan o'qitish tizimining texnik asoslari qanday bo'lishi, qanday texnik jihozlar kerakligi, texnika vositalaridan foydalanish tartibi tushuntirilgan.

II-bob.«Multimedia tizimlari va texnologiyalari» fani moduli.

2.1.« Multimedia tizimlari va texnologiyalari» fanining ishchi o'quv dasturi tahlili.


Mazkur fan dasturi bakalavriat yo'nalishi: 5111000 - Kasb ta’limi (5330200 - Informatika va axborot texnologiyalari)
yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalaning o‘zlashtirishi lozim bo’lgan bilimlari va unga qo‘yiladigan talablar asosida tuzilgan bo‘lib, bolajak fan o‘qituvchisi egallashi kerak bo’lgan quyidagi bilimlar va ko’nikmalar majmuini o‘z ichiga oladi:
Multimedia texnologiyalari, multimedia-axborot turlari, multimedianing texnik ta’minoti, multimediali axborotlarni almashishni tashkil etish, multimediali ilovalarni yaratish texnologiyasi, ovozli va video ma’lumotlarni taqdim etuvchi fayl formatlar va asosiy tamoyillar, ma’lumotlarni multimediali namoyish etish, namoyishni hosil qilish va tahrirlashda foydalaniladigan dasturlar, metodik qo’llanmalarni namoyish dasturlari asosida yaratish, multimedia va internet.
Fanning maqsadi va vazifalari
Multimedia tizimlari va texnologiyalari fanini o‘qitishdan maqsad- informatika o‘qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo‘lgan multimedia texnologiyalari haqida tushunchalar: multimedia-axborot turlari, multimedianing texnik ta’minoti, multimediali axborotlarni almashishni tashkil etish, multimediali ilovalarni yaratish texnologiyasi, ma’lumotlarni multimediali namoyish etish borasidagi bilimlar va amalda qo’llash uchun ko’nikma va makalalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Unda har bir kasb egasining faoliyati kerak bo‘lgan tayanch nazariy va amaliy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Multimedia texnologiyalari fanining vazifasi:

  • Multimedia texnologiyalari haqida tushuncha: multimedia-axborot turlari, multimedianing texnik ta’minoti borasida bilimlar bilan tanishtirish;

  • multimediali axborotlarni almashishni tashkil etish multimediali ilovalarni yaratish texnologiyasi bilan tanishtirish;

  • ovozli va video ma’lumotlarni taqdim etuvchi fayl formatlar va asosiy tamoyillar; ovoz kartasini va video ma’lumotlarni hosil qiluvchi texnik vositalarni o‘rnatish hamda ularni sozlash; ovozli va video ma’lumotlarni hosil qilish, tahrirlash va ijro etishni o‘rgatishdan iborat.


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin