Yangiyo'l shahar 8- idum boshlang'ich sinf o’qituvchisi Adilova Mahbubaning Ona tili va o’qish savodxonligi fanidan “Dunyo Okeanlari” mavzusidagi bir soatlik dars ishlanmasi mavzu: Dunyo okeanlari Nutqiy mavzuning maqsadi
Yangiyo'l shahar 8- IDUM Boshlang'ich sinf o’qituvchisi Adilova Mahbubaning Ona tili va o’qish savodxonligi fanidan “Dunyo Okeanlari” mavzusidagi bir soatlik DARS ISHLANMASI
Mavzu: Dunyo okeanlari Nutqiy mavzuning maqsadi: suv havza-lari, ularning nomlanishi, unda yashaydigan jonivorlar bilan bog'liq tasavvurlarni kengaytirish, ushbu jarayonda faol qo'llanadigan til birliklaridan foydalanishga o'rgatish, beril-gan mashq va topshiriqlar yordamida og'za-ki, yozma, o'qib va tinglab tushunish bilan bog'liq nutqiy ko'nikmalarni rivojlantirish.
DARS JARAYONI Kirish Okeanlar haqida oldingi mavzuda olingan ma'lumotlar asosida suhbat quriladi, okeanlar to'g'risida qiziqarli matn bilan tanishish aytiladi.
Asosiy qism Tinglab tushunish O'quvchilar berilgan audiomatnni diqqat bilan tinglashga tayyorlanadi. O'qituvchi o'quvchilarga kerakli o'rinlarni daftarga qayd etib olish mumkinligini eslatib o'tadi.
1. Yer sharining suv bilan qoplanishi faqat okeanlar hissasiga to'g'ri keladimi? Javobingizni izohlang. Matnda ushbu ma'lumot ochiq ko'rinishda berilgan, o'quvchilar qiyoslashlari asosida savolga javob beradilar. O'quvchi imkon qadar aniq javobni olishga intilishi kerak.
2. Yer sharining deyarli yarmini qoplagan okean qaysi? Ushbu savolga javob berish jarayonida o'qituvchi awal matnda berilgan ma'lumotlarga tayanishni so'raydi, shundan so'ng ushbu ma'lumot yana esda qolishi uchun buni xarita-dan foydalangan holda aniqlashtirishni so'rashi mumkin.
3. Ayting-chi, okean tubi bir tekismi? Fikringizni izohlang. Matnda okeanning tubi tekis yoki notekisligi haqida ochiq ma'lumot berilmagan. O'quvchilar o'z tasavvurlari va bilimlari asosida savolga javob beradilar. O'qituvchi berilayotgan javoblarning matnda okeanning tubi haqida berilgan ma'lumot-lar bilan bog'langan yoki bog'lanmaganini kuzatadi, zarurat bo'lsa, ushbu ma'lumotlarni eslatadi.
4. Jonivorlar asosan okeanning qaysi qismida yashaydi? O'quvchilar o'z javoblarini berishgach, o'qituvchi ulardan javoblarni izohlashni so'raydi.
Yozma mashq 3. Okeanlar haqidagi to'g'ri fikrlarni ko'chirib yozing. Ushbu topshiriqni bajarish uchun O'quvchilar berilgan gaplarni diqqat bilan o'qib chiqadilar. So'ng har bir fikr haqida mulohaza yuritib, ularning to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligi haqida xulosa chiqarishlari lozim.
1. Noto'g'ri. 2. To'g'ri. 3. Noto'g'ri. 4. To'g'ri. 5. Noto'g'ri. 6. To'g'ri.
4. Tinglagan matningiz asosida 3 ta gap yozing. Namuna: Yeryuzida to'rtta ulkan okean bor.
O'quvchilar tinglagan matnlari asosida 3 ta gap yozadilar. Ushbu gaplar ifoda maqsadiga ko'ra turli mazmunda bo'lishi mumkin, shuningdek, bu jarayonda o'qituvchi daftarga qayd etib olingan ma'lumotlardan foydalanish qulayligini eslatib o'tadi.
Yozilgan gaplar o'zaro almashinib tekshirilishi mumkin. Bu jarayonda O'quvchilar yozilgan gapning mazmuni, imlosi va tinish belgilari o'z o'rnida ekaniga e'tibor qaratishlari lozim.
Bilimingizni sinang Test sinovi bajariladi. O'quvchilar tinglab tushunish bilan bog'liq ko'nikmalarini sinovdan o'tkazadilar.
1. Ular dengiz suviga qo'shimcha mineral moddalarni olib keladi. Bular...? B. Daryolar
2. Yer sharining deyarli yarmini qoplagan okean qaysi? E. Tinch okean
3. O'txo'r dengiz jonivorlarini nima yemishsiz qoldirmaydi? A. Daryolar B. Okean D. Quyosh
E. Tuzlar Dengiz va okeanni "ummon" deb ham ataymiz.
Ushbu eslatmani daftarga yozib olish tavsiya etiladi. O'quvchilar ushbu izoh bilan bog'liq gap tuzish topshirig'ini bajarishlari mumkin.