Alohida e’tibor qaratiladi: bino qurishda
uning asosini nimadan tashkil topganligiga,
binoni qay darajada mustahkamligiga va
bajarilgan ishning sifatiga e’tibor qaratiladi.
Qurish, konstruktsiyalash va matematika markazi Bolalar bog’chasi Maqsad: bolalar turli bog’cha binolarini kuzatib, bolalar bog’chasi binosini hurilish materiallari va gishtlardan foydalanib qurishlari kerak.
Katta qurilish materiallaridan ham foydalanib, shakllarning katta-kichikligini aniqlashlari kerak. «Nechta?», «Nechinchi?» savollarini o’z o’rnida ishlatishlari lozim.
Kerakli jihoz va materiallar:kubiklar,
geometrik shakllar, qurish-yasash materiallari,
namuna, mavzu asosida rasm.
Faoliyatning borishi: 1. «Mening bog’cham» lavhasini tomosha
qilish (AKTdan foydalangan holda).
2. Bolalar bog’chasini qurishni
rejal ashtirish.
3. Bolalar bog’chasini qurish.
4. Tayyor ishga Qo‘shimcha bezak berish.
Qo‘shimcha:tarbiyachi bolalarga o’zlari qurib
bitirgan bog’chani mayda o’yinchoqlar bilan
to’ldirishni tavsiya qilishi (mashina, mebel,
daraxt va butalar) va mavzu asosida hikoya
tuzishiga ko’maklashishlari mumkin.
Alohida e’tibor qaratiladi: qurish-yasash
materiallaridan to’g’ri foydalanishni bilishi,
to’g’ri qaror qabul qilib, o’rtoqlarini ortidan
ergashtira olish mahorati.
Syujetli-rolli o’yinlar va sahnalashtirish Muzeyda Maqsad: bolalar muzeyda o’zini tutish qoidalari bilan tanishishi, «ekskursiya», «gid», «maket» so’zlarining ma’nosini bilishlari kerak.
Kerakli jihoz va materiallar: maskalar,
kiyimlar, atributlar, chipta, mavzuga doyr
rasmlar.
Faoliyatning borishi: 1. Mavzu asosida suratlarni kuzatish.
2. Kuzatuv asosida tahlil etish.
3. Muzeylar haqida do’stlari bilan fikr
almashish.
4. Do’stlari o’rtasida rollarni taqsimlab
olish.
5. O’yin mazmunini boyitish.