Yaponiyaning iqtisodiy tizimi va siyosatga yondashuvi
Yaponiya iqtisodiyotidagi muommolari va ichki bozor holati
Yaponiyaning iqtisodiy ko’rsatkichlari va kelajagi
Yaponiya iqtisodiyoti haqida umumiy ma’lumotlar
Yaponiya Yevroosiyo qitʼasining sharqiy qismida joylashgan mamlakat. Umumiy maydoni 378,000 kv.km.ga teng. Mamlakat toʻrtta asosiy orol — Honshyu, Hokkaido, Kyushu, Shikoku va 6800 dan ortiq mayda orollardan iborat. Yaponiya jahon mamlakatlari orasida yetakchi igtisodiyotga ega, uning jahon YalMsidagi ulushi 6,2 foizni tashkil qilmoqda. Yaponiya kompaniyalarining 99 foizi kichik va oʻrta bizneslardir. Avtomobilsozlik, elektron va
elektrotexnika sanoatida katta roʻl egallaydi. Eksport tarkibi: transport vositalari, avtomobillar, mototsikllar, elektronika,
elektrotexnika va boshqalar. Import tarkibi: mashina va uskunalar, yoqilgʻi, oziq-ovqat, xom ashyo va boshqalar.
Yaponiya yuksak darajadi rivojlangan mamlakatdir. U dunyo aholisini 2,4% va quruklik 0,3% iga qaramay, iqtisodiy potensiali jihatidan AQSH, Xitoy va Hindistondan keyin 4-o’rinni egallaydi.
Yaponiya sanoati eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan tarmoqlar — elektronika, elektrotexnika, dastgohsozlik, kemasozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik,
kimyo va neft-kimyo sanoatiga ixtisoslashgan. Yaponiyaning eng mashhur transmilliy kompaniyalar toifasiga „Toyota“, „Honda“, „Sony“, „Mitsubishi“ va boshqalar kiradi.
Yaponiya dehqonchiligining yetakchi tarmog‘i sholikorlik. Sholi jami ekin maydonlarining yarmiga ekiladi. Shuningdek, bug‘doy, soya, turli sabzavot va mevalar ham yetishtiriladi.2000-yilda 9,490 ming tonna guruch, 688 ming tonna bug'doy yetishtirilgan, 2016-yilda 8,044 ming tonna guruch va 791 tonna bugʻdoy yetishtirilgan. Yaponiya sabzavotlardan kartoshka, batat, soya, bodring, pomidor, karam, xitoy karami, piyoz, latuk, yapon rediskasi va sabzi kabilar yetishtiriladi. Mamlakat mol va goʻy goʻshtini katta gismini asosan Avstraliya va AQShdan import qiladi. Yaponiya hududining 20,08 mIn. gektari (mamlakatning 70 foiz hududi) o'rmonli hududlardan iborat. O'rmonlarning 54 foiz tabiiy oʻrmon hududlari hisoblanadi, 41 foizi inson qoʻli bilan yaratilgan.
Yaponiyaning tashqi siyosati-bu Yaponiyaning xalqaro ishlar bo'yicha umumiy yo'nalishi. Tashqi siyosatni amalga oshirish Yaponiya tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Yaponiya kambag'al davlatlar, shuningdek, turli xil xalqaro tashkilotlar (shu jumladan BMT) homiysi sifatida muhim rol o'ynaydi.