Ichki yuk aylanmasida avtomobil transportining roli katta (yiliga oʻrtacha 5,5 mlrd. tonna yuk tashiladi). Umumiy va ekspress yoʻllarning uz. 1,2 mln. km, shu jumladan, 4,4 ming km tezyurar magistrallar. T.y.larning uzunligi 43,7 ming km. Deyarli 1/2 qismi elektrlashtirilgan. 1964 yildan tezligi soatiga 270 km gacha yetadigan "Shinkansen" poyezdlari harakati yoʻlga qoʻyilgan. 9 shahardagi metropolitenning uz. 540 km. Yaponiyada suv osti va yer usti tunnellari va koʻpriklar koʻp. Dunyoda eng katta Seykan tunneli (53,9 km) Honshu va Hokkaydo o.larini birlashtiradi. Ichki suv yoʻllarining uz. 1770 km ga yaqin. Dengiz savdo floti 5473 kemaga ega va uning umumiy tonnaji 40 mln. brutto reg . tonnaga yetadi. Asosiy portlari — Kobe, Chiba, Yokohama, Nagoya, Osaka, Kavasaki, Tokio, Hakodate. Tokio, Osaka, Niigata shahri yaqinida xalqaro aeroportlar bor. Mamlaktda neft quvurlari 400 km dan ziyod, gaz quvurlari 1800 km.
Tashqi savdosi
Tashqi savdosi
Yaponiya chetga mashina va uskunalar, metall buyumlar, elektronika, kimyo mahsulotlari, elektr asboblar chiqaradi; chetdan sanoat xom ashyosi, mineral yoqilgʻi, oziq-ovqat va toʻqimachilik mahsulotlari oladi. 2003 yil Yaponiyaning importi 383,3 mlrd. AQSH dollarini, eksporti 417,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Tashqi savdoda AQSH, Yevropa Ittifoqi hamda Janubiy va Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qiladi. Xorijiy sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — iyena.
19.2. YAponiya iqtisodiyotining tarkibi va rivojlanish dinamikasi
YAponiya dunyoning yetakchi iqtisodiy markazlaridan biri xisoblanadi. 2010 yilda YAponiyaning nominal YAIMning hajmi 5,5 trln. dollarni tashkil etdi, ko’rsatkich bo’yicha AQSH va Xitoydan keyin uchinchi o’rinni egallaydi. SHunga qaramasdan oxirgi yillarda Xitoy, Hindiston, Braziliya kabi yirik rivojlanayottan mamlakatlarning barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga erishishlari tufayli YAponiyaning global iqtisodiy tizimdagi o’rni biroz sustlashdi. Misol uchun YAponiyaning dunyo YAIMdagi hissasi 1990 yilda 14,3% ni tashkil etgan bo’lsa. 2010 yilga kelib ushbu ko’rsatkich 8,7% ga teng bo’ldi. YAIMning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan hajmi bo’yicha YAponiya 2000 yilda dunyoda 3 o’rinni egallagan bo’lsa, 2010 yilda 23 o’rinni, Menejmentni rivojlantirish halqaro institutining halqaro raqobatbardoshlik reytingida mamlakat 1990 yilda 1 o’rinni egallagani holda 2010 yilda 27 o’niga tushib qoldi.