Yarim o’tkazgichli asboblar. Umumiy takrorlash. Reja



Yüklə 341 Kb.
səhifə2/4
tarix27.04.2023
ölçüsü341 Kb.
#103320
1   2   3   4
Yarim o’tkazgichli asboblar. Umumiy takrorlash. Reja

Tranzistor. Triod. Yarim o`tkazgichli triod –tranzistorni yasash uchun aralashmali yarimo`tkazgich materialining uchta tarkibiy qismi (shuning uchun ham triod deyiladi) bo`lishi kerak: ikkita n-va bitta p-tipdagi yoki teskarisi. Tranzistor zanjirga ulanganda ikkita batareyadan foydalaniladi. Ulardan birining musbat qutbi tranzistorning emitteri (e) deyilguvchi p-qismiga, manfiy qutbi esa baza(B) deyilguvchi o`rtadagi n-qismiga ulanadi. Ikkinchi batareyaning musbati bazaga, manfiy qutbi esa kolektor (k) deyilguvchi ikkinchi r – qismga ulanadi. SHunday ulanishda emittyerdagi teshiklar bazaga ketib, ularning keyingi, bazadan kollektorga tomon harakati ikkinchi batareya ta’sirida amalga oshadi. Birinchi batareyaning kuchlanishi ortishi bilan, baza orqali kollektorga etuvchi, emittyerdagi teshiklar soni ham ortadi. Demak, lampali triodda tur va katod orasidagi kuchlanish anod tokini boshqargani kabi, tranzistorda ham baza va emitter orasidagi kuchlanish kollektor tokini boshqaradi. Yarim o`tkazgichli triodlar kuchaytirgichlar va generatorlar sifatida ishlatiladi?

Yarim o`tkazgichli asboblar vujudga kelishi radiotexnikada inqilobiy burilish yasadi. Ularning soddaligi va kichikligi, mikromodullar sifatida uzluksiz ravishda bosib chiqarish usuli bilan tayyorlash imkonini yaratdi. Mikromodullar yupqa varaqlardek bo`lib, ularda diodlar, triodlar, qarshiliklar va radiosxemaning boshqa elementlari zarb qilinadi. Mikromodullarning turli kombinatsiyalarini tuzib oldindan belgilangan parametrli radioqurilmalarni yasash mumkin. Hozirgi paytda yarim o`tkazgichli diodlar, triodlar, rezistorlar ishlatilmaydigan asboblarning o`zi mavjud emas. Yarimo`tkazgichli termistor yordamida temperaturani o`lchovchi detektor, elementar zarralarni qayd etuvchi, fotorezistop-yorug`lik energiyasini qayd etuvchi va ko`plab boshqa asboblarni misol qilib keltirish mumkin. Kosmik kemalarning barchasi quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi yarimo`tkazgichli quyosh batareyalari bilan jihozlangan bo`lsa, tibbiyot insonning nozik organlariga kirib uning faoliyatidan ma’lumot beruvchi datchiqlar (qayd etuvchilar) bilan jihozlangandir. Garchi, ushbu dalillarning o`zi ham yarimo`tkazgichli asboblarning foydalanish sohasi kengligini ko`rsatib tursada hali ularning ishlatilish istiqbollari juda keng. Bu sohadagi izlanishlar tugamagan bo`lib, insoniyat yarimo`tkazgichlar fizikasidan ko`plab yangiliklarni kutmoqda .





Yüklə 341 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin