Yarim o‘tkazgichli asboblarning ko‘pchiligi bir jinsli bo‘lmagan yarim o‘tkazgichlardan tayyorlanadi



Yüklə 141,04 Kb.
səhifə4/5
tarix06.12.2022
ölçüsü141,04 Kb.
#72707
1   2   3   4   5
18-ma\'ruza

Elektr teshilish mexanizmi ikki xil tabiatga ega: ko‘chkili va tunnel.
Ko‘chkili teshilish. Elektron yoki kovak yarimo‘tkazgich atomi bilan to‘qnashib uni ionlashtiradi. Buning uchun u elektr maydon ta’sirida erkin yugurish uzunligida yarimo‘tkazgichning taqiqlangan zonasi energiyasidan katta energiya olib ulgurgan bo‘lishi lozim.
Zaryad tashuvchi elektr maydon ta’sirida yetarli kinetik energiya to‘plagandan so‘ng, atom bilan to‘qnashadi va undan valent elektronni urib chiqarib o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘tkazadi. Zarba natijasida generatsiyalangan elektron – kovak juftlik ham maydon ta’sirida to‘qnashganda ionlashtirish jarayonida ishtirok etadi. Jarayon ko‘chkisimon ortadi va teskari tokning keskin ortishiga olib keladi. p-n o‘tishdan ketayotgan n2 zaryad tashuvchilarni o‘tishga kirayotgan n1 zaryad tashuvchilar soniga nisbati ko‘chkili ko‘payish koeffitsiyenti deb ataladi. Uni baholash uchun quyidagi approksimatsiyadan foydalaniladi:

Bu yerda m – yarimo‘tkazgich materialiga va baza soha turiga bog‘liq parametr, n kremniy vа p – germaniy uchun m =5, pkremniy va n – germaniy uchun m =3.
p-n o‘tishdagi elektr maydon kuchlanganligining o‘rtacha qiymati . Ko‘chkili teshilish kuchlanishi UTESH qiymati yarimo‘tkazgich taqiqlangan zona kengligi ortishi va kiritmalar konsentratsiyasi kamayishi bilan ortib boradi. Amalda teshilish rejimida p-n o‘tish teskari tokining teskari kuchlanish bilan quyidagi empirik bog‘liqligidan foydalaniladi:


.

Turli yarimo‘tkazgich materiallar uchun в=2÷6.


Ko‘chkili teshilishda М va ITESK larning UTESK ga bog‘liqligi 18.5 - rasmda keltirilgan.

18.5 – rasm. Ko‘chkili teshilishda М va ITESK larning UTESK ga bog‘liqligi



Yüklə 141,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin