Yashil energetikani amaliyotga tadbiq etishda yutuq va muammolar



Yüklə 41,5 Kb.
tarix25.03.2023
ölçüsü41,5 Kb.
#89753
яшил энергетика


YASHIL ENERGETIKANI AMALIYOTGA TADBIQ ETISHDA YUTUQ VA MUAMMOLAR

Eminova Gulnora Rahimovna farg’ona shahar 21 –IDUM Davlat tili fani o’qituvchisi


Kalit so’zlar: yashil energiya, yashil iqtisodiyot, energetika, quyosh elektr panellari


Annotatsiya: Ushbu maqolada yashil energiya manbalaridan foydalanish avvalambor, iqtisodiyot hamda atrof-muhit uchun juda katta foyda keltirishi va yuqori energiya olish manbalari yoritilgan.
Yer yuzida insoniyatning ko’payishi energiyaga bo’lgan talabni tobora oshirib bormoqda. 20-asrning 2-yarmidan boshlab asosan elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyoj juda oshib ketishi kuzatilgan. Energiya tejamkorligini boshqarish usulida ishlab chiqarish hajmini saqlagan holda, yoqilg’i energetika resurslarining istemolini kamaytirish maqsadida boshqarish faoliyatiga ta’sir qiladi. Energiya istemolining o’sishi, energiya resurslarining kamayishi va qimmatlashishi, importga bog’liqligining kuchayishi, atrof muhitning ifloslanishi energiya tejamkorligiga erishish, an’anaviy energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bilan birga tiklanadigan energiya manbalarini o’zlashtirish muammolarini hal etish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Ana shu omillar Energetikani jadal rivojlantirishga turtki bo’lgan.
Mamlakatimiz oʻzining toʻrt faslli betakror tabiati, yer osti va usti nodir boyliklari bilan yetti iqlimga maʼlumu mashhur boʻlib kelgan boʻlsa, endilikda uning yangi noyob xususiyatlari — oftobli osmoni, shamolli kengliklari, tezoqar daryolari, biologik manbalari ham shuhratini yana-da oshirishga xizmat qilishi mumkin. Fan va texnika taraqqayoti energiya ishlab chiqarish va uni o„zgartirishning yangi usullarini ishlab chiqish, yangi samarali asbob uskunalar va texnologiyalarni yaratish, energiyani taqsimlashni markazlashtirish ya’ni aholini hududlar kesimida energiya manbalarini yetkazishda uzilishlar bo’lmasligi, to’g’ri taqsimlanishi borasidagi chora-tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda. Qayta tiklanuvchi manbalardan energiya ishlab chiqarishning 97 foizi quyosh energiyasi ulushiga toʻgʻri keladi. Xususan, oftobli kunlar yiliga oʻrtacha 320 kunni va faol quyosh nurlari tushishi davomiyligi 3 000 soatni tashkil etishi bois, yurtimizda uning quvvati yiliga 525-760 milliard kVt. soatgacha yetadi. Yashil texnologiyalar (shuningdek, ekologik texnologiyalar Atrof-muhit texnologiyasi, yashil texnologiya, greentech) ishlab chiqarish jarayonlari va ta'minot zanjirlari ekologik toza yoki an'anaviy ishlab chiqarish usullariga nisbatan kamroq zararli bo'lgan texnologiyalardir. Ushbu texnologiyalar ekologik, iqtisodiy, texnologik va innovatsion sohalarda tatbiq etilib, chiqindilarni qayta ishlash, elektr energiyasining muqobil manbalaridan foydalanish va hokazo masalalarni hal qiladi. Bunday texnologiyalardan foydalanish misollari sifatida suvni biologik tozalash, gidroenergetika, quyosh energiyasi, yashil AKT, har qanday turdagi chiqindilarni qayta ishlash (BMP), shu jumladan organik chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalarini keltirib o'tish mumkin.
Jahon iqtisodiyotining «yashil» sektorining ko'lami hali ham nisbatan kichik, shuning uchun ixtisoslashtirilgan adabiyotlarda «yashil» iqtisodiyot tushunchasi bilan bir qatorda iqtisodiyotning “yashil kurtaklari” (green shoots) atamasi ko'pincha qo'llaniladi. Darhaqiqat, 2010 yilda ushbu sohada ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar qiymati 2 trillion dollar yoki jahon yalpi ichki mahsulotining 2,7 foizini, foyda 530 milliard dollarni, bandlik 10 million kishini tashkil etdi. O'zbekiston ham mazkur sohadagi islohotlarni amaliyotga joriy etishda mintaqada yetakchi davlatlardan biri sanaladi. Bu borada hatto qonunchilik tizimida bir nechta normativ huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi davlatning soha istiqboliga befarq emasligidan darak. Xususan, 2019 yil 4 oktyabrdagi PQ-4477-sonli Qarorga asosan, O'zbekistonning 2019 — 2030 yillar davrida O'zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o'tish strategiyasi tasdiqlangan.
Unga ko'ra, mazkur davrda umumiy elektr energiyasi ehtiyojida qayta tiklanuvchi energoresurslar ulushini 25% ga etkazish, transport xarajatlarini qisqartirish va transport sohasining samarali faoliyatini ta'minlashga qaratilgan yagona kompleks rivojlanish siyosatini shakllantirish, shaharni uzoq muddatli rivojlantirish rejalari va ekologik xavfsizlik choralariga muvofiq «yashil» transportni rivojlantirish, «yashil» kreditlash, venchur moliyalashtirish tizimini joriy etish kabi vazifalar belgilab berilgan. Bu borada Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan qiymati 5,9 mlrd so'mga teng 4 ta loyiha moliyalashtirildi. Bundan amaliy natijasi sifatida O'zR FA Materialshunoslik instituti tomonidan Quvvati 10 kVtga teng vodorod olishga mo'ljallangan termokimyoviy reaktorning tajriba nusxasining dastlabki varianti “Modelica” hamda “Solid works flow simulation” dasturlarida ishlab chiqildi.
Energetika sohasida so'nggi yillarda quyosh energiyasi ishlab chiqarish borasida bir qancha loyihalar ishlab chiqilib, ulardan dastlabkisi sifatida BAAning “Masdar” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Nur Navoi Solar” loyihasi bo'lib, u bir yilda 80 mln tonna tabiiy gaz tejalishiga va 160 ming tonna issiqxona gazi chiqishini oldini olishga xizmat qiladi. Ekspertlarning fikriga ko'ra mazkur sohadagi imkoniyatlardan to'liq foydalanilgan taqdirda, 600 mlrd kv soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi va bu O'zbekistonning bugungi elektr energiyasi iste'molidan 8 marotaba ko'p.
O'zbekistonda mavjud eng yirik ekologik muammo bu Orol muammosi sanalanib, mazkur muammoni oldini olishga qaratilgan qiymati 2,4 trln so'm ekvivalentda 71 ta tadbir, shuningdek 1,9 trln so'mlik 65 ta ustuvor innovatsion loyiha amalga oshirilmoqda. Bu borada tuproq degragatsiyasini oldini olish, tuzlar ko'chishini oldini oluvchi o'simliklarni ekish kabi loyihalar amaliyotda qo'llanilishi belgilangan.
Shu bilan birga, qishloq xo'jaligida Isroil va Turkiya bilan hamkorlikda suvni tejovchi “yashil texnologiyalar” joriy etilishi yil sayin ortib borayotganligi ham sohadagi yutuqlardan sanaladi.
Quyida “yashil texnologiyalar” joriy etilishida yuzaga keladigan bir qancha muammolar keltirib o'tildi:
*Qishloq xo'jaligida: ishlab chiqarilgan mahsulotlarni saqlashda mini sex va saqlash xonalarining son jihatdan kamligi, tuproq degragatsiyasining ortishi, chuchuk suv zahiralarining yil sayin kamayishi, mintaqadagi asosiy suv zahirasining asosiy qismi qo'shni davlatlarda joylashganligi;
*Sanoat sohasida: Sanoat korxonalarida belgilangan talablarga to'la rioya etilmasligi, sanoat chiqindilarining suvga oqizilish ko'rsatkichi balandligi, chiqindilarni qayta ishlash sektori sust rivojlanganligi (jami chiqindilarning taxminan 10% qayta ishlanadi).
*Moliyalashtirish masalasida: Bizga ma'lumki ma'lum sohani rivojlanishida dastlabki turtki davlat tomonidan berilishi normal holat ammo davlat yaxshi biznes vakili emasligi ham sir emas. Dunyoda yashil texnologiyalar rivojlanishida turli korporatsiyalar, banklar, moliya institutlari moliyalashtiruvchi rolida ishtirok etishadi. O'zbekistonda esa bu borada ma'lum muammolar mavjud. Buni biz amalga oshirilgan ishlardagi moliyalashtiruvchi manba sifatida byudjet mablag'lari sarflanayotganligidan ham guvoh bo'lamiz.
Bu soha hali yangi bo'lsa-da sohalar kesimida ma'lum muammolar mavjud, bu o'z navbatida soha rivoji uchun stimul bo'lish bilan birga, uni rivoji uchun muammolar ham tug'diradi. Tabiiy iqlim sharoitidan oqilona foydalanib, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini, jumladan, qishloq xo’jaligi, uy-joy komunal sohasi, aholi turar joylaridan kelib chiqib, quyosh, suv va shamol energiyasidan foydalanishni tizimli yo’lga qo’yish kerak. Chunki ushbu manbalarimiz tuganmas hisoblanadi hamda energiya manbasini olish bir muncha arzon tushadi. Yaqin kelajakda ushbu qayta tiklanadigan bu energiya manbalarimizdan foydalanishni yanada kengaytirib borsak, atmosferaga chiqadigan zarar ham birmuncha kamayadi. Yashil energetikani rivojlantirish istiqbollari ushbu 1-jadvalda yoritilgan. Ayrim hisob-kitoblarga ko’ra, 2050 yilga borib qazilma yoqilg’i davri tugab, muqobil jahon elektroenergiyasining 50%i shamol va quyosh energiyasi hisobidan ishlab chiqarilishi ko’rastkichlaridan foydalanish berilgan. IRENA agentligi mutaxassislarining tadqiqotlariga ko’ra, 2050 yilga qadar pirovard energiya istemolida muqobil energiya ulushi mo’tadil senariyda 25.0% ga, jadal senariy bo’yicha 86%ga yetishi, elektromobillar soni esa bir milliard donadan oshib ketishini bashorat qilishgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. Vaxabov A.V., Xajibakiyev Sh.X., Tashmatov Sh.A., Butaboyev M.T.. Yashil iqtisodiyot. Darslik. – T.: “Universitet”, 2020, 296 bet. 2.

Yüklə 41,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin