«Yashil» energetikani amaliyotga tatbiq etish: yutuqlar va muammolar» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami uchun maqolalar taqdim etish talablari



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix14.02.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#84303



«Yashil» energetikani amaliyotga tatbiq etish: yutuqlar va muammolar» 
mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami uchun 
maqolalar taqdim etish
TALABLARI 
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston 
Ekologik partiyasi fraksiyasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari 
qo‘mitasi tomonidan tashkil etilayotgan «Yashil» energetikani amaliyotga tatbiq 
etish: yutuqlar va muammolar» mavzusida respublika ilmiy-amaliy 
konferensiyasida ishtirok etishga taklif etamiz.
Tadbir maqsadi mamlakatda «yashil» energiyani qo‘llash va rivojlantirishda 
olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar va natijalar hamda bu boradagi yutuq va 
kamchiliklarni muhokama etgan holda tegishli tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
Konferensiya 
materiallari 
to‘plami 
quyidagi 
yo‘nalishlarda 
shakllantiriladi: 

«Yashil» energetikani rivojlantirishning istiqbollari, xuquqiy asoslari;

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning innovatsion 
yechimlari; 

Vodorod energetikasi istiqbollari; 

Energiya samaradorlik va resurs tejamkorlik; 

Qayta tiklanuvchi energiya sohasida kadrlar tayyorlash.
Konferensiya materiallarini 2023 yil 25 martga qadar quyidagi talablar 
asosida taqdim etilishini so‘raymiz: 
 
– Maqola matnlari MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, o‘lchami 
14 Kegel, A4 qog‘oz o‘lchamida yuqoridan 1,5 sm, pastdan 1,5 sm, chapdan 3 sm, 
o‘ngdan 1,5 sm qoldirilib rasmiylashtirilishi kerak.
– Maqola nomi qator o‘rtasidan bosh harflar bilan yoziladi, 1,5 intervaldan 
so‘ng muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, 1,5 intervaldan so‘ng 
annotatsiya va kalit so‘zlar hamda ma’ruza matnining mazmuni 1,0 intervalda 
yoziladi. 
– Maqola hajmi 3-6 sahifadan iborat bo‘lishi kerak. 
– Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati asosiy matndan keyin joylashtiriladi. 
– Konferensiya to’plamini chop etish va unda ishtirok etish bepul asosda 
amalga oshiriladi. 
– Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
– Maqola matni .doc va .docx fayl formatlarida taqdim etiladi. 



Mualliflar tomonidan taqdim etilgan barcha materiallar ishchi guruh 
tomonidan o‘rganib chiqiladi hamda ANTIPLAGIAT tizimi tomonidan tekshiriladi. 
Talablarga javob bermaydigan, konferensiya mavzusiga mos kelmagan, o‘z vaqtida 
taqdim etilmagan maqola matnlari konferensiya materiallari to‘plamiga kiritilmaydi 
va mualliflarga qaytarilmaydi. 
Maqolalarni quyidagi manziliga yuborish lozim: 
 
green@parliament.gov.uz,
 
xudoyor05@mail.ru,
 
+99 890 139-05-11 (telegram) 
 
Mas’ul shaxslar:
XUSHVAQTOV Islom Nortashovich – (71) 239-27-69, (97) 423-34-20 
AMINOV Nosirjon Xasanbaevich – (71) 239-26-06, (90) 097-43-41 
XOJIMURODOV Xudoyor Abdullajon o‘g‘li – (71) 239-85-36, (90) 139-05-11 


02/5-05/180-sonli xatga 
Vazirlik va idoralar ro‘yxati 
1. Fanlar akademiyasi 
2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi; 
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi; 
4. Tog‘-kon va geologiya vazirligi; 
5. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi; 
6. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi; 
7. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi; 
8. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi; 
9. Tabiat resurslari vazirligi; 
10. Qishloq xo‘jaligi vazirligi; 
11. Suv xo‘jaligi vazirligi; 
12. Raqamli texnologiyalar vazirligi; 
13. Adliya vazirligi; 
14. Transport vazirligi; 
15. Madaniyat va turizm vazirligi; 
16. Energetika vazirligi; 
17. Tashqi ishlar vazirligi; 
18. Favqulodda vaziyatlar vazirligi; 
19. Savdo sanoat palatasi 
20. Yoshlar ishlari agentligi 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin