Umurtqasizlar (Invertebrata) - umurtqa pog’onasi bo’lmaydigan
hayvonlar guruhi. Hayvonot dunyosini umurtqasizlar va umurtqalilarga
ajratishni 19-a. boshida fransuz olimi J.B. Lamark taklif etgan bo’lib,
sistematik ahamiyatga ega emas. Chunki umurtqasizlarga hayvonot
dunyosining xordalilardan tashqari barcha tiplari kiradi. Lekin xordalilarning
hamma vakillarida umurtqa bo’lmaydi. Hozir "U." termini faqat hayvonlarni
umumiy tavsiflash uchun ilmiy asar va o’quv qo’llanmalarida ishlatiladi.
U.ning taksonomik guruxlari uzilkesil hal etilmagan. Ularga bir
qujayralilarning 5—7 tipi, plastinkalilar, g’ovaktanlilar, taroqlilar, barcha
chuvalchanglar, mollyuskalar, bo’g’imoyoqlilar, ignaterililar (hammasi
bo’lib 16—23 tipga mansub hayvonlar) tipi kiradi. Lekin bir qancha
taksonomik guruhlar tarkibi (mas, bir qujayralilar, chuvalchanglar) aniq
belgilanmagan. U.ning 1,5 mln. dan 2,0 mln.ga yaqin turi ma’lum.
Umurtqalilarning esa 45 ming turi bor.
U. chuchuk suv, dengiz va okeanlar, quruqlik va tuproq qatlamlarida
yashaydi; bir qanchasi parazit (q.
Parazitizm
). U. tabiatda katta ahamiyatga
ega. Oldingi geologik davrlarda yashagan U. ba’zi cho’kindi jinslarning
tarkibini tashkil etadi (mas, ohaktoshning tarkibi deyarli o’lib bitgan
foraminifera, korallar, mshankalar va b. skeletidan iborat). Ko’pchilikU. yoki
ularning mahsuloti odam va chorva mollari, parrandalar, baliqlar uchun oziq
(mas, asal, qisqichbaqasimonlar va b.). U. hayotiy mahsuloti texnikxo’jalik
maqsadlarda ishlatiladi (mas, asalari mumi, ipak qurti pillasi, mollyuskalar
chig’anog’i, marvarid va b.), shuningdek, U..dan q.x.da ekinlar va hayvonlar
zararkunandalariga biologik qarshi kurashda, cho’kindi jinslar yoshini
aniklashda xam foydalaniladi. Foydali U. bilan birga, q.x. zararkunandalari,
yuqumli kasalliklarni tashuvchilar, parazitlik qilib kasallik qo’zg’atuvchilari
ham bo’ladi