Mavzu 10 Yassi jilvirlash stanoklari
(Plainly grinding machine)
Yassi jilvirlash stanoklari tekisliklar va chiziqsimon shakldor yuzalarni jilvirlash
uchun xizmat qiladi. Bu stanoklar jilvirlash doirasini cheti (periferiya) bilan (16.11-rasm,
a) va yoni (toretsi) (16.11-rasm' b)
bilan ishlaydigan, stolning shakli bo'yicha to'g’ri
burchakli stolli Va doiraviy stolli stanoklarga bo'linadi. Jilvirlash doirasining cheti bilan
ishlaydigan stanoklarning ishlov berish aniqligi doiraning
yoni bilan ishlaydigan
stanoklarnikiga qaraganda yuqoriroq, lekin doiraning yoni bilan ishlovchi stanoklarning
ish unumdorligi ancha yuqori.
10.11-rasm. Yassi jilvirlash sxemalari.
Yassi jilvirlash stanoklarining modellari quyidagi 16.3-jadvalda keltirilgan:
-jadval
Stol
Shpindel
gorizontal
vertikal
To'g’ri burchakli
ЗЕ721ВФ1.3Б722
ЗД732. ЗД733, ЗД734, ЗД735
Doiraviy
ЗП741В, ЗД741В, ЗЛ741А,
ЗБ740
3E756, 3E756J1, ЗЛ722ВФ2
Yassi jilvirlash stanoklarining asosiy mexanizmlari quyidagilardir
*jilvirlash doirasining elektr yuritmasi (elektr dvigateldan);
*bo'ylama surishlar mexanizmi (gidroyuritmadan);
*ko'ndalang surishlar mexanizmi (gidroyuritmadan yoki vintli mexanizmdan);
*vertikal surishlar mexanizmi (xrapovikli mexanizm yoki gidrosilindrdan);
-doiraviy stol aylanma harakati (elektr dvigateldan
surish qutisi orqali yoki
o'zgarmas tok elektr dvigatelidan, yoki hajml bo'yicha boshqariladigan gidrodvigateldan).
ЗБ722 modelli yassi jilvirlash stanogi to'g’ri burchakli stol va gorizontal shpindelga ega
(12-rasm.).
10.12-rasm. Yassi jilvirlash stanogi.
l-stanina; 2-stol; 3-magnitli plita; 4-jilvirlash
babkasi; 5-stoyka.
Texnik tavsifi:
1.
Stol ishchi yuzasining o'lchamlari 320* 1000 mm;
2.
Jilvirlash doirasining diametri 450 mm;
3.
Jilvirlash doirasining aylanish chastotasi 1460 ayl/min;
4.
Ko'ndalang surish (avtomatik, stolning har yurishiga) 1-30 mm,
5.
Vertikal surish (avtomatik, stolning har yurishiga) 0,005-0,1 mm;
6.
Bo'ylama surish (stolning surilish tezligi) 2-40 m/min;
7.
Bosh elektr dvigatelining quvvati 10 kW.
ЗЕ721ВФ1-1 modelli yassi jilvirlash stanogi yakka buyurtmali,
mayda seriyali va o'rta seriyali ishlab chiqarish sharoitida
turli tekis yuzalarni
xomaki, yarim tozalab va tozalab jilvirlash uchun mo'ljallangan.
Stanok raqamli
indikatsiya bilan yuqori aniqlikda ishlaydi (B). U gorizontal shpindel va to'g’ri burchakli
ikki o'zaro perpendiku-lar yo'nalishda harakatlana oladigan stolga ega.
Jilvirlash
doirasining cheti (periferiya) bilan ishlaydi. Stolning bo'ylama surilishi—ilgarila-ma-
qaytar harakati gidrosilindr
yordamida bajarilib, bu harakat tezligi 2...35 mg’min
oralig’ida pog’onasiz o'zgaradi.
Stanokning raqamli indikatsiya sistemasi ishlov berish
siklini avtomatlashtirish
darajasini oshirish, shuningdek kesilishi kerak bo'lgan metall qatlami (припуск)ni aniq
dastur bo'yicha olish imkoniyat-larini oshiradi.
ЗБ740 modelli yassi jilvirlash stanogi doiraviy stol va gorizontal shpindelga ega.
Qiya yuzalarga ishlov berish uchun lyo`lka va krest stoli
burilish imkoniyatiga ega
(10.13-rasm).