hisoblanadi.
Majburiy
evtanaziyada
bemorning
fikri
e'tiborga
olinmaydi.
Yana
«antievtanaziya» atamasi ham mavjud. Bu holatda barcha vositalardan foydalanib, qanday
bo’masin bemorning hayotini saqlab qolish nazarda tutiladi.
Tasavvur qilaylik, ertaga evtanaziyani tan olishni ruxsat etuvchi qonun chiqdi. Shu zahoti
qator muammolar paydo bo'la boshlaydi. Ya'ni:
1. Evtanaziyani kim o'tkazadi? Bu ish uni amalga oshirishni istamaydigan shifokor
zimmasiga yuklatilsachi?
2. Kasallikning erta bosqichlarida, uni davolash uchun kurash va bemorning hayotini saqlab
qoluvchi faol izlanishlar susayib ketish holatlari ko'rina boshlaydi.
3. Shu bilan birga, qarindoshlarning befarqligi, bemorga uy sharoitida qaray olmasliklari
sababli yoki har qanday to’lovga rozi bo'luvchi. uning o'limidan manfaat topuvchilar uchun yo'l
ochiladi. Tibbiyot xodimlarining evtanaziyadan o'z manfaatlari uchun foydalanish holatlari
paydo bo'la boshlaydi. Evtanaziya yordamida ba'zi jinoyatchi guruhlar o'zlariga xalaqit
berayotgan odamdan qutulish imkoniyatini qo'lga kiritadilar. Shuningdek, transplantatsiya
maqsadida (organlar kerak bo'lib qolganda) evtanaziya yordamida odamdan qutulishning
qo'shimcha imkoniyatlari paydo bo’ladi.
4. Qiziq, hozirgi sharoitda evtanaziya muammosini qanday yechish mumkin? Qachonki,
bemorlar dori vositalari va davolash asboblari yo'qligi natijasida o'lib ketayotgan bo'lsa.
Aftidan shu sabab bo'yicha ham evtanaziyani tez-tez qo'llashga imkoniyat yaratilganga
o'xshaydi. Natijada quyidagi ikki savol paydo bo'Iadi:
1. Lekin bunga shifokorlar-hamshiralar ma'naviy jihatdan haqlimi?
2. Bungungi kunda evtanaziyani amaliy tibbiyotga kiritish lozimmi?
Bu savollarga javob bermoq uchun boshqa mamlakatlarning tajribalarini o’rganish, tib
an'analarini ko'zda tutish, tib bioetikasi masalasini, deontologiya, yuridik huquqlar, psixologiya
va nihoyat, bemorlar, ularning qarndoshlari va jamoat fikrlarini bilish, ularni izchil o'rganish
zarur. Shulardan keyingina ehtiyotkorlik, sinchkovlik bilan evtanaziya muammosini baholash
mumkin. Lekin nima bo’lganda ham shifokor qasamiga sodiq qolishi va bemorning hayotini
saqlashga, uning ahvolini yengillashtirishga harakat qilishi kerak.
Bemorning hayotdan ongli ravishda ko'z yumishi hech qachon rahm-shafqat yuzasidan
qilingan ish deb baholanmaydi. 1950 yilda AQShda: «Bemorning xohishi va qarindoshlari
ruxsatiga ko'ra og'riqsiz vositalar bilan o'limni tezlatish kerakmi?» - degan savolga 36%, 1973
yilda esa 50% ijobiy javob olingan. Bugun Gollandiya dunyo bo’yicha «evtanaziya
muolajasini» qonunlashtirgan birinchi mamlakat hisoblanadi. Ma'lumotlarga qaraganda, har yili
4 mingga yaqin bemor evtanaziyani tanlar ekan.
Bizningcha, qaltis va nozik masalaga shifokorlik deonotologiyasi nuqtai nazaridan rad
javobini berish kerak. Buqrot asarlaridan biriga «O’ldirma» degan naqlni epigraf qilib olgan.
U: «Men shifokorlik faoliyatimda bemorning o'limiga sabab bo'ladigan biron bir dorini
ishlatmaslikka qasam ichaman», -degan. Xuddi shu orinda hazrat Alisher Navoiyning «Tabib
jallod emas», degan iborasini eslash kifoyadir.