Nechi xil darajadagi profilaktika mavjud?
səhifə 62/83 tarix 02.06.2023 ölçüsü 228,26 Kb. #122857
20. Nechi xil darajadagi profilaktika mavjud?
*3 xil;
4 xil;
2 xil;
8 xil.
21.Birlamchi profilaktikani ko’rsating:
*Salomatlikni mustahkamlash , profilaktik emlashlar yordamida kasallikning oldini olish va boshqalar ;
Kasallikning boshlang’ich davrida simptomlarni aniqlash va davolash yo’li bilan ularning rivojlanishining oldini olish ;
To’g’ri davolash yoki reabilitatsiya chora-tadbirlari yordamida kasallik oqibatlarini yengish va oldini olish ;
Mikrob va uning sporalarini dezinfeksion eritmalar yordamida yo’q qilish.
22.Ikkilamchi profilaktikani ko’rsating:
Salomatlikni mustahkamlash, profilaktik emlashlar yordamida kasallikning oldini olish va boshqalar;
*Kasallikning boshlang’ich davrida simptomlarni aniqlash va davolash yo’li bilan ularning rivojlanishining oldini olish;
To’g’ri davolash yoki reabilitatsiya chora-tadbirlari yordamida kasallik oqibatlarini yengish va oldini olish;
Mikrob va uning sporalarini dezinfeksion eritmalar yordamida yo’q qilish.
23.Uchlamchi profilaktikani ko’rsating:
Salomatlikni mustahkamlash, profilaktik emlashlar yordamida kasallikning oldini olish va boshqalar;
Kasallikning boshlang’ich davrida simptomlarni aniqlash va davolash yo’li bilan ularning rivojlanishining oldini olis ;
*To’g’ri davolash yoki reabilitatsiya chora-tadbirlari yordamida kasallik oqibatlarini yengish va oldini olish;
Mikrob va uning sporalarini dezinfeksion eritmalar yordamida yo’q qilish.
24.Parvarish tushunchasiga ta’rif bering.
Bemor bilan o’zaro hurmatga asoslangan muomalani o’rnatadi;
Bu - faqat kasallik yoki biror bir a’zo faoliyatidagi buzilish emas , balki ham jismoniy, ham ruhiy , ham ijtimoiy rejadagi eng yaxshi holat;
Organizmda muayyan simptomlar bilan birga kechadigan patologik o’zgarishlarni tavsiflovchi holat ;
* Hamshira bemor o’rniga gigiyenik muolajalarni bajaradi, dori vositalarini yuboradi , fiziologik yozilishlarni amalga oshirish bilan bog’liq muolajalarni bajaradi..
Dostları ilə paylaş: