Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunga kelib jismoniy tarbiya va sport yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Chunonchi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasini to‘zish to`g`risida”gi Farmonida: “Bolalarni jismoniy va ma`naviy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini, jinsi va yoshiga qarab bolalarga sport ko`nikmalarini singdirish, sport sohasida iqtidorli bolalarni tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda ularni tatbiq qilishga ko`maklashish” lozimligi alohida ta`kidlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli farmoni, 2017-yil 9-martdagi “O‘zbekiston sportchilarini 2020-yilda Tokio shahri (Yaponiya)da bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida” PQ-2821-sonli va 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Respublika “Talaba” sport federatsiyasi hamda Respublika “Barkamol avlod” jamiyati birlashtirilib, uning negizida “O‘zbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi” tashkil etildi.
Sport o‘yinlari jismoniy tarbiya va sport tizimida asosiy o`rinni egallaydi. Sport o`yinlari umumta`lim, kasbhunar va oliy ta`lim muassasalarida fan dasturlariga kiritilgan. Bu borada bolalarni BO‘SM va maxsus ixtisoslashtirilgan sport maktab internatlarda katta ishlar olib borilmoqda. Buning natijasini joriy etilgan uch bosqichli tizim «Universiada» sport musobaqalarida yaqqol ko`rish mumkin. Shu sababli «Sport harakatli o`yinlar», «Sport turlaridan hakamlik», «Sport mahoratini oshirish» fanlari bo`yicha pedagogik faoliyatda zarur bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |