Yengil atletika turlari texnikasini o`rganish


YURISH TEXNIKASI ASOSLARI



Yüklə 86,71 Kb.
səhifə2/4
tarix10.05.2023
ölçüsü86,71 Kb.
#110908
1   2   3   4
Yengil atletika turlari texnikasini o`rganish

YURISH TEXNIKASI ASOSLARI.

Yurish va yugurish – inson bir joydan ikkinchi joyga kuchishining tabiiy usulidir. Buning asosi qadam (odim)dir. Qadam vositasida odam oyoq muskullaridan foydalanib, erdan depsinib siljiydi. Yurish va yugurish vaqtidagi qadamlar va ularga bo`gliq bo`lgan qo`l va gavda harakatlari tuxtovsiz bir tartibda kup marta takrorlanadi. Bunday takrorlanuvchi harakatlar siklik harakat deyiladi. Kush qadam (ung oyoqda bir qadam va chap oyoqda bir qadam) bir siklni tashkil etadi.


Yurib ketayotgan odam harakat bir sikli davomida erga bir oyog`iga tayangan payti (yakka tayanch) ham, yoki ikala oyogida tayangan payti (kush tayanch) ham buladi.
Qush qadam davomida har qaysi oyoq bir gal tana uchun tayanch (tayanch oyoq) bulib xizmat qilsa , bir gall silkinib oldinga o`tadi (silkinch oyoq). Tayanch paytida oyoq tana og`irligini ko`tarib turadi, uni tutib turadi va olga tomon turtib yuboradi. Yugurganda va yuguruganda oyoq va qo`l bir-biri bilan kesishib o`tadigan yo`nalishda harakat qiladi. Elka kamari bilan tos bir-biriga intilib, murakkab harakat qiladi. Oyoq olga turtishi (depsinish) oxirida tosning oldingi og`ishi sal ko`payadi.


ULOQTIRISH TEXNIKASI ASOSLARI.

Sportcha uloqtirishdan maqsad–uloqtiruvchi harakatini chegaralovchi ma`lum qoidalarga rioya qilib, asbobini mumkin qadar u`zoq masofaga tashlashdir.


Uloqtirish – gayrisiklik mashq bulib, uloqtiruvchidan katta asab – muskul va yaxshi jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi. Bu siz yuqori sport natijalariga erishishi mumkin emas.
Sport snaryadlarning uzoqroqqa borib tushishi sportchi uloqtirish texnikasini bilishiga anchagina bog`liqdir. Snaryadning uchishi va uloqtirish texnikasi mexanikaning umumiy qonunlariga buysunadi. Sport snaryadlarining konsruksiya xususiyatlariga va musoboqa qoidasiga qarab, uloqtirish texnikasi bir-biridan farq qiladi.
Har qanday jismining uchishi masofaning uzoqligi uning boshlang`ich uchish tezligiga, uchib chiqish burchagiga va xavo muxitining qarshiliga bo`gliq.
Mexanikadan ma`lumki , xavosiz bushlikda gorizontga nisbatan burchak xosil qilib tashlangan jismning uchish uzoqligi boshlang`ich tezligi miqdori kvadratini ikkilangan uchib chiqish burchagi sinusiga kupaytirib, buni og`irlik kuchining tezlanish miqdoriga bulinganiga teng, ya`ni :

Bunda: v – jismning boshlangqich tezligi
a - uchib chiqish buchagi:
g – og`irlik kuchining tezlanishi:
Bu qonuniyatlar sportcha uloqtirish uchun ham taaluqlidir. Ammo xavo qarshiliginig snaryadni uchib chiqish joyi erga tushish joyi bir-biridan qanchalik past baland ekanligini va snayardning adrodinamik xususiyatlarini xisobga olish kerak.

Yüklə 86,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin