Yengil atletika va uni


 Texnikani tahlil qilishda asboblar



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə289/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

3.3. Texnikani tahlil qilishda asboblar 
ishlatish usullari orqali tekshirish
Bu tekshirish yanada obyektivroq va ishonchliroq ma’lumotlar 
olishga imkon beradi. 
Yengil atletikada juda ko‘p ishlatiladigan usullar quyidagilar: 
kinematografiya (kinosyomka, stereofotogrammetriya, videyozuv) 
jismni uzunligini ko‘chirish tahlilida, vertikal va uzunasiga UOM 
jismni va uning zvenolarini ko‘chirish aniqlanadi; tenzodimografiya 
o‘zaro harakatning tayanchi yoki «snaryad-otuvchi» sistemasida 
dinamikani o‘zgarishlarini analiz qilishda; podometriya – tanyach 
va fazaviy pallalar vaqtini tahlili qilish uchun va boshqalar. Silliq 
va to‘siqli yugurishlar texnikasini tahlili qilish, instrumental usul 
yordamida aniqlanadi: masofa va masofa chizig‘ini yengishda vaqt va 
tezlik. (Masalan: 100 m yugurishda birinchilar 30 m, 30-60 m, 60-80 
m va oxirgilari 20 m masofa); qadamlar sur’ati va uzunligi, tayanch va 
faza vaqtidagi vaqt, tayanch oyog‘ini rostlash va amortizastiya fazasi; 
tayanch oyog‘ini o‘rnatish va itarilish, ko‘p amortizastion bukish 
momentida tizza bo‘g‘inida burchak, tayanch bilan o‘zaro harakatda 
dinamik harakteristika va boshqalar.
Yengil atletikada itqitish texnikasini tahlil qilish jarayonida juda 
zarur tavsif shulardan iborat: tezlik va snaryadning uchish burchagi, 
burchakli tezlik va snaryadni aylanish radiusi (burilishdan itg‘itishga); 


592
asosiy jism zvenolarini fazoga oid tasnifni (masalan otishdan oldin); 
tayanchli va tayanchsiz fazalarni uzoqligi va boshqalar.
Yengil atletikada sakrashlarni tahlili qilish texnikasida quyidagi 
tasnif qayd qilinadi: ritmi, tezligi, uzunligi va yugurishda qadam 
tezligi; tezlik va UOM uchish burchagi; oyoqni o‘rnatish va itarilish 
burchagi, tizza bo‘g‘inini amortizatsion bukish hajmi; itarilishni 
dinamik tasnifi va boshqalar.
Tahlil natijasida olingan tasnifda kvalifikatsiyaga muvofiq sport-
chilar texnik mahorati me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan solishtiriladi. Olin-
gan ma’lumotlarga binoan texnikaning samaraliligi to‘g‘risida, uning 
yo‘nalishlarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarini rivojlantirish 
haqida xulosa qilinadi.
Yengil atletlarni pedagogik tekshirishlar o‘tkazishda talabalarni 
amaliy ishlar malakasini egallashning muhim bo‘limi hisoblanadi va 
sportchilar tayyorlash tizimining ajralmas qismidir. O‘quv-mashg‘ulot 
jarayonini boshqarishda o‘z ichida quyidagi bosqichlarni oladi: ma’lu-
mot yig‘ish, uni tahlili qilish va qaror qabul qilish.
Ma’lumot yig‘ish kompleks nazorat jarayonida amalga oshiriladi, 
bunda sportchini musobaqalashish faoliyati, musobaqalashish va 
mashg‘ulot yuklamalar dinamikasi, sportchini o‘zgarish holati ob’yekti 
bo‘lib hisoblanadi. Yengil atletikani kompleks kontrol jarayonida 
qo‘llaniladigan asosiy tekshirish usullari qo‘llaniladi.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin