Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə273/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Marradagi hakamlar
Marradagi hakamlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib yoki maxsus asbob-
uskunalar yordamida ishtirokchilarning marraga yetib kelish tartibini 
(ketma-ketligini) aniqlaydilar, o‘rta va uzoq masofalarga yugurishda 
davralar hisobini olib boradilar.
Qisqa masofalarga yugurishda (400 m.gacha) hakamlar marraga 
yetib kelgan poyganing alohida qatnashchilariga orasidagi masofani 
marra chizig‘i oldidagi 5 metrlik belgi chegarasida aniqlaydilar, 
hakamlar varaqasini to‘ldirib, uni katta hakamga beradilar.
Vaqt o‘lchovchi hakamlar
Vaqt o‘lchovchi hakamlar hay’ati tarkibidan vaqt o‘lchovchi 
hakamlar tayinlanadi. Ular yugurish va yurish bo‘yicha musobaqa 
ishtirokchilarining masofani bosib o‘tish vaqtini aniqlaydilar. 
Masofani birinchi bo‘lib yakunlagan ishtirokchi ko‘rsatgan vaqtni 
qo‘l sekundomerlaridan foydalangan holda uch nafar vaqt o‘lchovchi 
hakam qayd etishi kerak.
Fotomarradagi hakamlar
Fotomarradagi hakamlar fotomarra tizimiga biriktirilgan maxsus 
uskunalar yordamida yugurish hamda yurish bo‘yicha natijalarni: 
ishtirokchilarning marraga yetib kelish tartibi va ularning masofani 
o‘tgan vaqtini aniqlaydilar.
Masofadagi hakamlar
Masofa hamda to‘siqlar oldidagi hakamlar:
- masofa bosib o‘tilishi, estafeta tayoqchasining uzatilishi va 
barerlardan oshib o‘tish to‘g‘ri bajarilayotganligini kuzatadilar, 
qulagan barerlar o‘z vaqtida joyiga qo‘yilishini nazorat qiladilar.
Shamol tezligini o‘lchovchi hakamlar
Shamol tezligini o‘lchovchi hakamlar 200 m.gacha masofalarga 
yugurish hamda uzunlikka va uch hatlab sakrash bo‘yicha musobaqalar 
o‘tkazilayotgan vaqtda maxsus uskunalar yordamida yugurish 
yo‘nalishidagi shamolning o‘rtacha tezligi kattaligini aniqlaydilar.


569
Sakrash va uloqtirish bo‘yicha hakamlar
Sakrash va uloqtirishlarning har bir turi bo‘yicha musobaqalar 
o‘tkazish uchun katta hakam, o‘lchovchi hakamlar hamda kotibdan 
iborat hakamlar guruhi tayinlanadi.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin