MAVZU:
YENGIL ATLETIKACHILARNING ASOSIY
SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH
R E J A :
Kirish.
1-BOB Yengil atletikada jismoniy sifatlarning ahamiyati.
1.1.Kuchni rivojlantirish.
1.
2.CHidamlilikni ravojlantirish.
2-BOB.Tezkorlikni rivojlantirish.
2.
1.Bug’inlarda xarakatchanlikni rivojlantirish.
2.2.Chaqqonlikni rivojlantirish.
• KIRISH.
• O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish
jamg’armasini tuzish to’g’risida” 2002-yil 24oktyabrdagi PF-3154 sonli farmonida
“Bolalarni jismoniy va ma’naviy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini,
jinsi va yoshiga qarab bolalarga sport ko’nikmalarini singdirish, sport sohasida
iqtidorli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport maktablari va markazlaridagi
mashg’ulotlarga tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni
tashkil etish hamda ularni tatbiq qilishga ko'maklashish" lozimligi alohida
ta’kidlangan.
• Yengil atletika mashqlarining xilma-xilligi yurish, yugurish, sakrash va uloqtirishda
kuch va tezkorlik mashqlarda mushakdagi kuchni o’zgarib turishi har xil yoshdagi
va jinsdagi bolalar va kattalarda yengil atletika mashg’ulotlarida qatnashish
imkonini yaratadi. Bu mashqlarning ko’pchiligini texnik jihatdan bajarish qiyin
emas, o’rgatish uchun oson, ularni oddiy maydonchalar va ochiq joylarda bajarish
mumkin. Yengil atletika mashg’ulotlari maktabda jismoniy tarbiya darslarida,
maktab sport to’garagida o’tkaziladi.
• Yengil atletika bilan shug’ullanuvchilarning tayyorgarlik darajasini baholash, bu
sport turi bilan shug’ullanishni rag’batlantirish va musoboqalarni yaxshiroq tashkil
etish uchun, razryadlarga bo’lish qabul qilingan. Yengil atletika sporti ommaviy
rivojlanayotgani, undagi natijalar doimiy oshib borayotgani sababli razryad
mezonlari har to’rt yilda o’zgartirilib turadi.
1. YENGIL ATLETIKADA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH AHAMIYATI.
har tomonlama jismoniy rivojlanish, sog’likni mustahkamlash va sportda muvoffaqiyat qozonmoq
uchun, jismoniy va ma`naviy-irodaviy fazilatlarini asosiylarini rivojlantirish va tarbiyalash zarur. Ana
shu jismoniy va ma`naviy-irodaviy fazilatlarning asosiylarini rivojlantirish va tarbiyalash yengil
atletikachilar tayyorgarligining muhim qismidir.
Yengil atletikachilarning asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirish (jismoniy tayyorgarlik) eng avvalo
sportchining har tomonlama va maxsus jismoniy rivojlanish protsessidir. SHunga binoan jismoniy
tayyorgarlik umumiy jismoniy tayyorgarlikkka va maxsus jismoniy tayergarlikka bo’linadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarliqda yengil atletikachining garmonik rivojlanishi, ya`ni xarakat
muskulaturasini rivojlantirish, organizm organlari va sistemalarini mustahkamlar, ularning funktsional
imkoniyatlarini ortirish, chidamlilikni, chaqqonlikni, egiluvchanlikni oshirish, qomat va tana
tuzilishdagi kamchiliklarni tuzatish nazarda tutiladi. Bunga erishish uchun turli xil xarakat faoliyatiga
qatnashuvchi organizm organlari va sistemalari bilan hamma tana qismlariga jismoniy mashqlar
yordamida muntazzam ta`sir etib turish zarur. Buning uchun esa yuqorida zikr etilgan uch gruppadagi
mashqlardan, ayniqsa, umumiy rivojlanshga mo’ljallangan mashqlardan har xillarini ishlatish kerak.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik yengil atletikaning mazkur turini bajarish uchun
nima talab etilishiga qarab, sportchi organizmining hamma funktsional
imkoniyatlarini, hamma organlar va sistemalarni yuqori darajada rivojlantirishga
karatilgan. Buning uchun tabiiyki, tanlab olingan yengil atletika turining mashqlari
va maxsus mashqlardan foydalaniladi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun ko’pincha umumiy ta`sir ko’rsatadigan
mashqlardan, maxsus tayyorgarlik uchun esa, aniq maqsadga yo’naltirilgan
mashqlardan foydalanadi. Lekin umumiy jismoniy tayyorgarlikda ham jismoniy
rivojlanish, tana tizimini, qomat rasolik va shunga o’xshashlardan ayrim
kamchiliklarni yo’qotish uchun, aniq yo’naltirilgan mashqlar qo’llanadi.
Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikda kuchni, tezkorlik, chidamlilikni,
chaqqonlikni, egiluvchanlikni rivojlantiruvchi mashqlar asosiy rol’ o’ynaydi. Xuddi
shu jismoniy fazilatlarda yengil atletikachining butun organizmidagi organlar va
sistemalarni qobiliyatiga asoslanib, uning xarakat qilishi imkoniyati aks etadi.
YENGIL ATLETIKADA ASOSIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH VA TARBIYALASH.
1. KUCHNI RIVOJLANTIRISH.
Kuch ko’paymasa sport mahoratiga etishib bo’lmaydi. Xarakat tezligi hamda
chidamlilik va chaqqonlik ko’p jihatdan muskullar kuchiga bog’liq. Muskullar
kuchi bosh miya qobig’i faoliyatiga mos keladigan markaziy nerv sistemasining
axvoliga muskullarning fiziologik kundalang kesimiga, muskullarda bo’ladigan
bioximik protsesslarga, muskullar qo’zg’aluvchanligining o’zgarishiga,
ularning charchoqlik darajasiga va boshqa sabablariga bog’liq bo’ladi.
Bundan tashqari, muskul kuchini namoyon qila olish nerv to’qimalarining
funktsional imkoniyatini oshirish yo’li bilan ham rivojlantiriladi. Muskul kuchi
uning fiziologik kundalang kesimiga to’g’ri proportsional bo’lgani uchun, jismoniy
mashqlar ta`sirida muskul massasi ortgan sari muskul kuchi ham ko’paya boradi,
shu bilan birga, muskullarda aylanish kuchayadi, modda almashinish yaxshilanadi,
energiya beradigan moddalar ko’payadi.
Muskul kuchining bu asosiy tomonlari o’zaro uzviy bog’liqdir.
Biroq mashq va metodlarni, muskul massasini ko’proq oshiradigan yoki nerv
to’qimalarining tegishli funktsional imkoniyatlari darajasini oshirib, kuchni namoyon
qila olishni yaxshilaydigan qilib tanlash mumkin.
Yengil atletikachilar tanasidagi hamma muskullar kuchli garmonik rivojlangan bo’lish
kerak. Lekin tana muskulaturasining rivojlanish darajasiga bo’lgan talab yengil
atletikaning turiga bog’liqdir. Uloqtiruvchilarga kuchni hammadan ko’p rivojlantirish
kerak bo’lsa, marafonchilarga hammadan kam kuch kerak.har qanday yengil
atletikachi trenirovkasida albatta kuchni rivojlantiruvchi mashqlar ishlatiladi. Lekin
asosan yengil atletikaning mazkur turini bajarish uchun eng muhim bo’lgan muskullar
gruppasini rivojlantirishga e`tibor beriladi. Anchagina ko’p muskul kuchi namoyon
qila olishni yaxshilash uchun katta va maksimal kuchlanish metodlari qo’llanadi. Bu
muskul tanlab olingan mashqlarni katta va maksimal kuch bilan (maksimaldan 75-
100 %) takror-takror bajarish demakdir. Bunda mashqlarda yengil ateltikaning qaysi
turida mumkin qadar ko’p kuch sarflashni o’rganib olish maqsad bo’lsa, shu turning
yoki shu tur elementining koordinatsion struktura yaxlitligi saqlab qolinadi. Mashqni
qiyinlashtira borish (shtanga va snaryadlar og’irligini sakrash balandligini, yugurish
tezligini oshira borish) xali bu mashqlarga xos xususiyatdir.
Muskullar massasini oshirish uchun mashqlar to xarakat to’g’riligi buziladigan darajada muskullar
charchagancha to’xtovsiz jihatidan, odatda sportchi ixtisos olayotgan yengil atletika turining
elementlariga o’xshaydi. Bunda kuch kelish o’rtacha yoki katta (maksimaldan 50-70 %) bo’lishi kerak.
Kuchni rivojlantirish uchun elementar mashqlardan tartib, to yaxlit yengil atletika turiga (sakrash,
uloqtirish, startdan tashlanish) qadar har xil dinamik mashqlari, o’z vaznidan foydalanib yoki sherigi
qarshiligini engib bajariladigan mashqlar eng ko’p keladi. Bundan tashqari, kuchni statik namoyon qilish
qo’llanadi. Og’irligi 2, 5 kg dan ortiq gantellar, 10-15 kg gacha qum bilan to’ldirilgan xaltalar, 2-5 i lik
to’ldirma to’plar 16 va 32 kg lik toshlar va shtangalar yuk tariqasida xizmat qiladi.
Og’ir yuk bilan masalan, shtanga bilan bajariladigan mashqlar tananing hamma muskullariga ayniqsa yirik
va baquvvat muskul gruppalariga, yengilroq (masalan, to’ldirma to’plar, gantellar) bilan bajariladigan
mashqlar esa ayrim muskul gruppalariga ta`sir qiladi.
Trenirovkada og’irlik qo’shib bajariladigan yengil atletika mashqlardan holi og’irroq asboblarni
uloqtirishi, yelkaga qum to’ldirilgan (6-12 kg) xalta olib sakrash mashqlari, og’ir (5-6 kg) belbog’ bilan
yuqoriga sakrash kabi mashqlardan ham foydalaniladi. Bunaqa mashqlardan xarakatning strukturasi
deyarli o’zgarmaydi, lekin atlet odatdagidan ko’proq kuch sarflash kerak bo’ladi. Kuch atlet uchun zarur
sharoitga yaqin sharoitda taraqqiy etadi.
Bu metodni og’irlashtirgan asboblar bilan shug’ullanadigan uloqtiruvchilar ko’proq qo’llaydilar. Lekin
og’irlik qo’shib bajariladigan mashqlarni boshqa engi atletikachilar ham muvaffaqiyat bilan qo’llashlari
mumkin. Masalan, ilmiy tekshirishlar sakrash mashqlarida og’irliklardan foydalanganlarning
sakrovchanligi, undan foydalanmaganlarga nisbatda ko’proq ortganini ko’rsatdi. Trenirovkaning
tayyorlov davrida yengil atletikachilar og’ir poyafzal kiyib yoki 5-6 kg li belbog’ (qurg’oshin
bo’laklaridan yoki pitra solingan brizin belbog’) bog’lab, maxsus mashqlar bajarishlari mumkin.
2. CHIDAMLILIKLAR RIVOJLANTIRISH.
CHidamli bulish yengil atletikachilarga faqat musobaqalarda qatnashish vaqtida emas, balki katta
hajmdagi trenirovka ishini bajarish uchun ham kerak. U organ va sistemalarning (ayniqsa markaziy nerv
sistemasi, yurak qon tomir, nafas olish sistemalari va muskul apparatining) tayyorlik darajasiga, sport
texnikasining takomil darajasiga va xarakatlarni tejamli bajara bilishga bog’liqdir.
CHidamlilik umumiy va maxsus bo’ladi. Umumiy chidamlilik har qanday sportchining umumiy jismoniy
rivojlanishining tarkibiy qismi bo’lib, avvalo markaziy nerv sistemasidagi, yurak-qontomir, nafas olish
va boshqa sistemalardagi jiddiy ijobiy o’zgarishlarning natijasidir. Yengil atletika ayrim turlarining
xususiyatiga karab sportchiga maxsus chidamlilik kerak. Ma`lumki, qisqa masofaga yuguruvchi
marafoncha yugurishda, marafonchi esa 400 m tez yugurishda chidamsizdir. Ko’p soatli musobaqaga
bardosh bera oladigan langar cho’p bilan sakrovchi, 1500 m ga yugurishda chidamsiz bo’lib chiqishi
mumkin. Yengil atletikaning har bir turidagi maxsus chadamlilikni uziga xosligi shu qadar zo’rki, uning
har biri uchun o’z metodikasi bo’lish kerak.
Umumiy chidamlilik yillik trenirovkaga kiritilgan jismoniy mashqlarning deyarli hammasi vositasida
hosil qilinadi. Albatta, yengil atletikaning ayrim turidagi maxsus trenerovka ham umumiy chidamlilikni
oshiradi. Lekin umumiy chidamlilikni oshirishning eng yaxshi vositasi unchalik jadallamay, uzoq vaqt
yugurish (ayniqsa kross), shuningdek, changida yugurishdar. Umumiy chidamlilikni hosil qilish uchun,
organizmdagi protsesslarning ish tugagandan keyin yuz beradiganlaridan ko’ra, ish davom etayotgan
sodir bo’ladiganlarining ahamiyati ko’proq. Xuddi mashq bajarayotgan vaqtda bosh miya qobig’ida
organlar va sistemalar funktsiyalarini boshqaradigan dinamik steriotik hosil qiladigan, engil
atletakachining ayni shu faoliyatiga sabab bo’ladagan nerv protsesslari takomillashadi.
CHidamlilikni ma`lum bir tartib rivojlantirish kerak. Oldin (tayyorlov davrida)
umumiy chidamlilikni rivojlantirishga, keyin
(musobaqa davrida) maxsus chidamlilikni rivojlantirishga ko’proq e`tibor
beriladi. Bu bilan birga tayyorlov darida ham maxsus chidamlilik
rivojlanaveradi, musobaqa davrida esa umumiy chadamlilik saqlab boriladi.
Sakrovchilar va uloqtiruvchilarning maxsus chidamliligini rivojlantirishning
asosiy yo’li-tanlab olingan yengil atletika turini, qismdan esa maxsus mashqlarni
ko’p martalab bajarishdir.
Ko’p kurashchining maxsus chidamliliga a’lo darajadagi umumiy chidamlilikka
qisqa masofaga yugurshdagi maxsus chidamlilikka, shuningdek, ko’p kurashga
kirgan hamma mashqlar texnikasining mukammalligiga asoslanadi.
Sportcha yurishdagi va ayniqsa yugurishdagi maxsus chidamlilik yengil
atletikaning boshqa har qanday turlaridan ko’ra ko’proq harakat texnikasining
mukammalligiga bog’liq. Agar 100 m ga yugurishda texnika ko’proq siljish
tezligiga xizmat qilish kerak bo’lib, kuchni tejashga ahamiyat berilmasa, o’rta,
uzoq va o’ta uzoq masofalarga yugurishda va sportcha yurishda avvalo kuchni
tejamli sarflash kerak bo’ladi.
Xarakatlarni tez bajara olish yengil atletikachining muhim fazilatlarni biridir. Tezkorlik
sakrovchining depsinish, uloqtiruvchilarning siltanish sprniterning yugurishi uchun zarur
bo’libgina qolmay, balki tezkorlik bosh fazilat xisoblanmagan atletlarga ham zarurdir. YUqori
darajadagi tezkorlik tezligi ham xarakatlarni osonroq bajarishga imkon beradi. Bu esa ishning
ko’proq vaqt davom etishiga yordam beradi.
Sportchining xarakat tezligini uning muskul kuchini oshirish yo’li bilan ancha yaxshilash
mumkin. Ma`lumki, atlet xarakatlariga tashqi qarshilik qancha oz bo’lsa, bu xarakatlar shuncha
tez bajariladi. Lekin snaryadning musobaqa qoidalariga asosan belgilangan og’irligini
kamaytirish mumkin emas. SHuningdek yaxshi mashq ko’rgan atlet og’irligini uning sog’ligiga
zarar etkazmasdan uzaytirish mumkin emas. Lekin sportchining kuchini oshirish mumkin.
Kuch ko’paysa, u tashqi qarshiliklarni osonroq engadi demak, tezroq xarakat qila oladi.
Tezkorlik-tug’ma fazilat, masalan, tug’ma qobiliyat bo’lmasa, qisqa masofada yuguruvchi
bo’lish mumkin emas degan fikrlar hali ham uchrab turadi. Albatta, tabiiy mayillik va tug’ma
imkoniyatning muayan ahamiyati bor, ammo bosh rol’ o’ynaydigan-tarbiya, o’rganish va
taraqqiy topishdir.
Sistematik ko’p yillik trenirovka jaraenida har qanday sportchi tezkorlik fazilatini nihoyat darajada oshirib olish
mumkin.
Xarakat tezligini (ayniqsa o’yinlar mobaynida) 10-12 yoshdan rivojlantira boshlash kerak. Mana shunda, 18-20
yoshga etganda, xarakat tezligini rivojlantirishda yuqori darajaga erishish va sport masteri razryad talablarini
bajarish mumkin.
Xarakat tezligini oshirishning eng muhim tomoni-yugurish, sakrash va
uloqtirishning mukammal texnikasini amallashdir. Bunga faqat o’rganish protsessidagina erishib bo’lmaydi.
Mashqlarni ko’p martalab takrorlayverish, xatto mashq texnikasinn to’la o’zlashtirib olgandan keyin ham
takrorlayverish zarur. Takrorlash (masalan 10-15x100-150 m, 30-60 marta yadro itkitish, diskni 30-40 marta
uloqtirish, langarcho’p bilan 30 marta sakrash) maksimaldan pastroq (maksimumning 9-10 qismicha)
kuchlanishda bajarilishi kerak. Bunday takrorlashlar ayniqsa sprinterlar va g’ov osharlar uchun juda kerakdir.
Bularda yugurish tezligining ortish, avvalo, faqat xarakat texnikasidagi juda murakkab nerv muskul
koordinatsiya qaror topgani va ruhiy ishtiyoq natijasidagina emas, balki ular nihoyat darajada mustahkam
bo’lgan taqdirdagina ro’y beradi. Bunga esa bir mashg’ulotda 100-110-150-200 m ni maksimal tezlikka yaqin
tezlikda ko’p martalab yugurib o’tish natijasida erishiladi. Bunday trenirovka ishlari-xarakatni bajarishda
chinakam mahoratga erishishning, ya`ni tashqi ko’rinishda engil, erkin, ortiqcha zo’rma-zo’rakisiz, lekin
maksimal kuchlanish bilan xarakat qila bilishning eng muhim yo’lidir.
qisqa masofaga yuguruvchilarning, sakrovchi va uloqtiruvchilarning natijalari turg’unlashib qolishiga ko’pincha
qaror topgan dinamik stereotipini o’zgartirib, xarakat tezligini oshirib olish uchun sportchiga yordami tegadigan
mashqlar yo’qligi sabab bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |