Yengil sanoat jihozlari moslamalari



Yüklə 161,11 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.12.2023
ölçüsü161,11 Kb.
#191242
1-MA’RUZA.-WPS Office



1-MA’RUZA.
MAVZU: FANGA KIRISH. “YENGIL SANOAT JIHOZLARI MOSLAMALARI” FANINING MAQSADI VA
VAZIFALARI.
RЕJA:
1. “Yengil sanoat jihozlari va moslamalari” fanining maqsadi va vazifalari
2. Bu fanning yengil sanoatdagi o‘rni
3. Yengil sanoatning rivojlanish bosqichlari
Mamlakatimiz iqtisodiyotida tub o‘zgarishlar amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan
xom-ashyo yo‘nalishidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish yo‘liga izchil o‘tayotganligi,
mamlakat eksport salohiyati kengayayotganligi ishlab chiqarishning har bir sohasi oldiga yangi
vazifalarni qo‘ydi. Jumladan, tikuvchilik sanoatini rivojlantirish, xalqimizni yuqori sifatli, chiroyli
kiyimlar bilan ta’minlash yengil sanoat xodimlari oldida turgan muhim vazifalardandir. Albatta,
bu vazifalarni bajarish uchun tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish, ularning
sifatini yaxshilash, yangi yo‘ksak samarali texnikaga ega bo‘lgan korxonalarni yaratish kerak
bo‘ladi. Hozirgi paytda Vatanimiz tikuvchilik korxonalari fan-texnikaning oxirgi yutuqlari asosida
ishlab chiqarilgan jihozlar bilan to‘ldirilmoqda. Mashina va uskunalarni xilma-xil moslamalar
bilan jihozlash orqali texnologik jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalashtirish va
avtomatlashtirish davom etmoqda.Bu fanning vazifasi esa yengil sanoatda ishlatilayotgan
zamoniviy dastgoxlarni vazifasi,tuzilishini, xamda ularni ta’mirlash usullarini o‘rgatadi
Ishlab chiqarishning tayyorlov va bichish bo‘limlaridagi ishlarni mexanizatsiyalashtiradigan
mashina, mexanizmlar va tashish qurilmalari kompleksi ishlab chiqilmoqda. Gazlamalarning
nuqsonini aniqlaydigan, bo‘yi va enini aniq o‘lchaydigan yangi mashinalar joriy qilinmoqda.
Tikuvchilik buyumlarini loyihalash matematik asosda rivojlantirilib, elektron hisoblash
mashinalaridan foydalanish mumkin bo‘ldi. Kiyim qirqimlarini lazer nurlari, ultratovush, yuqori
chastotali elektr uchquni bilan bichishda dasturlashtirilgan elektron boshqaruv sistemalaridan
foydalanilmoqda.
Bir vaqtning o‘zida bir nechta texnologik jarayonni bajarish imkonini beradigan tikuv mashinalari
keng qo‘llanilmoqda.Bu fan bunday zamonaviy dastgox va qurilmalarni mukammal o‘rganishda
talabalarga
Hozirgi vaqtda tikuv bo‘limlarini kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishga oid
quyidagi ishlar olib borilmoqda:
- kiyim qirqimlarini tikish jarayonida yordamchi va qo‘lda bajariladigan ishlarda yarim hamda


to‘la avtomatlashtirilgan maxsus mexanizmlarni joriy etish;

kiyimlarning asosiy detallarini tikishga mo‘ljallangan maxsus qurilmalar va mashinalar
kompleksini ishlab chiqish;

buyumlarga issiqlik va namlik bilan ishlov berishni avtomatlashtirish va nazorat qilish;

bir vaqtda bir nechta ishni bajaradigan maxsus mashinalarni va kichik
mexanizatsiyalashtirilgan komplekslarni ishlatish.
Albatta tikuvchilik sanoatini rivojlantirish bilan birgalikda sanoatni zamon talablariga javob
beradigan yuqori malakali, yetuk mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash kerak bo‘ladi.
2-MA’RUZA.
MAVZU: TIKUVCHILIK KORXONALARI To‘g‘RISIDA MA’LUMOT. TЕXNIKA XAVFSIZLIGI
QOIDALARI BILAN TANISHISH.
RЕJA:
1. Tikuv mashinalarida ishlatiladigan moslamalar.
2. Tikuv mashinalari ishida sodir bo‘ladigan nuqsonlar va ularni bartaraf etish yo‘llari.
3. Mashinada bajariladigan ish urnini tashqil qilish va mashinada ishlash usullari.
4. Tikuvchilik mashinalarini ishlatish va ta’mirlashda texnika xavfsizligi.
TIKUV MASHINALARIDA ISHLATILADIGAN MOSLAMALAR
Tikuv mashinalarining moslamalari mexnat unumdorligini oshirishda, buyumlarga ishlov berish
sifatini yaxshilashga imkon beradi. Hozirgi zamon tikuv mashinalari tikilayotgan buyumlar
tannarxini kamaytirishga, tikuvchilarga ish urgatish vaqtini qisqartirishga yordam beradigan
moslamalar bilan ta’minlangan.
Tikuvchilik sanoatida ip qirqish qurilmalari, tikilgan buyumlarni qatlam qilib taxlash qurilmalari,
baxyaqator berilgan kontur bo‘ylab anik yuritilishiga yordam beradigan shablonlar va xokazolar
tobora ko‘p ishlatilmoqda. Tiqiladigan detallarni igna tagiga uzatib berishga mo‘ljallangan


moslamalar takomillashtirilmoqda. Konturlari siniq chiziq ko‘rinishidagi detallarga moslamalar
yordamida ishlov berish imkonini beradigan usullar ishlab chiqilgan. Ko‘p moslamalarning
kuchma elementlari, ba’zilarining mustaqil yuritmasi bor.
«Dyurkopp-Adler» va «Pfaff» firmalarida ishlab chiqariladigan parallel moki baxyali tikuv
mashinlariga o‘rnatiladigan moslamalarning bir necha turlari keltirilgan. Bu moslamalar asosan
materiallarni bukib tikishda ishlatiladi. Tikuvchilik sanoatida lineykalar va tepkilar kabi
moslamalar keng qo‘llaniladi.
Ikki uchli surilib ochiladigan lineykalar material qirqimlariga parallel baxyaqator yuritish yoki
bort, yoqa, manjet va belbog‘larga ikkita parallel baxyaqator yuritib tikish uchun mo‘ljallangan.
Moslamada bajariladigan texnologik jarayon.
Tikuv buyumlari va materiallari Tirikotaj materiallari chetlarini bukib tikuvchi moslama A –
ignalar orasidagi masofa V – baxyaqatorlar eni engil tirikotaj materiallari Detallarni bir vaqtda
bukib, birlashtirib tikishga mo‘ljallangan moslama Sport kiyimlari, ayollar kiyimi, kuylaklar
Tasmalarni bukib tikishga mo‘ljallangan moslama O‘rta og‘irlikli trikotaj materiallar, 200 mm enli
tasmalar
Tasmalarga ishlov beruvchi moslama Sumkalar uchun tasmalar Tasmalarga ishlov beruvchi
moslama Ayollar kostyumi. Ayollar kuylagi. Engil materillar Kiyim detallarini birlashtirishga
mo‘ljallangan moslama Sport kiyimlari, kuylaklar.
Ustki materillar. Yengil tirikotaj materiallari Imitatsion ishlar uchun moslama sport kiyimlari,
ko’ylaklar. Ustki materiallar. Ip gazlama materiallar Materiallar chap tarafdan uzatilganda
detallarni tikish mashinalari shim, o‘rta va og‘ir materiallar o’ng tarafdan uzatilganda detallarni
tikish mashinalari ishchi kiyimlar, o‘rta va og‘ir materiallar.
Moslamada ko‘zgalmas lineyka vint yordamida mashina platformasiga mahkamlanadi va
ochiladigan lineykaga biriktiriladi. Ikkita ko‘tariladigan yo‘naltiruvchi lineykali tepki zich
materiallardan tayyorlanadigan ust kiyim va engil kiyim choklarini bostirib tikishda ishlatiladi. Bu
moslama bosish tepkisidan yukorirokda tepki sterjeniga vint yordamida mahkamlanadi.
Moslamaning yon tomon yuzalaridagi chuqurchalarga ikkita yo‘naltiruvchi lineykalar o‘rnatilgan.
Xar bir baxyaqator yuritilib bo‘lgandan keyin tikilayotgan material qaysi tomonga surilishiga
karab yo‘naltiruvchi lineykalardan galma-gal foydalanish mumkin. shnur qo‘yib tikishga
mo‘ljallangan tepkilar ayollar va qiz bolalarning buyumlarini bezashda ishlatiladi. Bunday ishlar
bajarilayotganda shnur materialga qo’yib tikilmasligi lozim. Shu sababdan igna shnurni ilib
o‘tmasligi uchun shnurni yo‘naltirib turadigan chuqurcha ignaning harakat chizigidan ma’lum
oraliqda bo‘ladi. Tikuvchi materialni qo‘lda bukib, hosil bo‘lgan ziy ichiga shnurni yo‘naltirib


turadi.Buklagich tepkilar ich kiyim, erkaklar, ugil bolalar kuylaklarini va maxsus kiyimlarning
qirqimlarini bukib choklash va bostirib choklashda ichki chok bilan tikishga
mo‘ljallangan.qirqimlarni ichki chok bilan tikish uchun ostki detalning qirqimi ustki detal
qirqimidan chok kengligi bilan ishlov joyining kengligiga teng miqdorda chiqib turadigan qilib
taxlanadi. Shunday taxlangan materiallarni buklagich tepkiga kiritiladi, bunda ostki detalning
bukilgan qirqimi tepkining chap uchidan o‘tib, tepkining tagiga kirishi kerak.
Chokni bostirib tikishda tikilgan detal yozib yuboriladi-da, chokni chap tomonga bukib, buklagich
tepki tigiga joylanadi. Ich kiyim tikishda buklagich tepki chokning kengligi 0,5–0,6 sm bo‘lganda,
maxsus kiyimlar tikishda esa chokning kengligi 0,6–0,8 sm bo‘lganda ishlatiladi.
Burma hosil qiladigan tepkilar ayollar va kiz bolalar kuylaklarini bezashda ishlatiladi. Tepki bikr
qilib ishlangan bo‘lib, uning qisqa qilib ishlangan tagining chap tomonida gorizontal kesigi bor.
Bunday tepkilar gazlamani bir tekisda burib, buyumni bezashda va ostki kavatni bir yo‘la burib
ikki qavat materialni bir-biriga qo‘shib tikishda ishlatilishi mumkin.
Shakllantiruvchi yo‘naltirgichlar ipak va ip gazlamalardan tiqiladigan detallar yoki buyumlar
qirqimlarini ochiq yoki yopik bukib tikishga mo‘ljallangan. Shakllantiruvchi yo‘naltirgich mashina
platformasiga mahkamlanadi. Uning chiganoksimon buklagichi gazlamaning bukilgan ziyini igna
sanchiladigan markazdan 1–1,5 mm chaproqqa o‘tkazib turadigan qilib tepkidan oldinga
o‘rnatilgan. Shakllantiruvchi yo‘naltirgichni ishlatishda gazlama qirqimini buklagichning spirali
ichiga tuldirib kiritiladi-da, igna tagiga yo‘naltiriladi. Magizlagich lineykalar kiyim ilgaklari va
shunga o’xshash detallarning chetiga magiz qo‘yib tikishda ishlatiladi. Magizlagich lineyka tepki
oldida mashina platformasiga mahkamlanadi. Bir-biri ustiga joylashgan ikkita spirali bor
kronshteyndan iborat ustki va ostki spirallar orasidagi tirqishsimon o’yiqqa buyum detallarining
qirqimi kiritiladi.
Tikuv mashinalarida ishlatiladigan oddiygina moslamalarni kurib chiqib, moslamalarni ishlab
chiqishga va joriy etishga maxsus tikuv mashinalari ishlab chiqarishga nisbatan ancha kam vaqt
ketadi, degan xulosaga kelish mumkin. Bundan tashqari moslamalarni ishlatish yoki
ishlatmaslik holatiga o‘tkazish mumkinligi oddiy tikuv mashinasini maxsus mashina sifatida
ishlatish imkonini beradi ushbu moslamalar ip gazlamadan erkaklar shimi, maxsus ish kiyimlari,
ayollar ko’ylagi va o’quvchilar maktab kiyimlarini tikishga ixtisoslashgan korxonalarda
qo‘llanilganda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Ilmiy tadqiqot institutlarining ma’lumotlariga
ko’ra, bunday korxonalarda ko‘pchilik texnologik jarayonlar tegishli moslamalar bilan kompleks
jihozlansa, mexnat unumdorligi 20–30 foizga oshadi.
TIKUV MASHINALARI ISHIDA SODIR BO‘LADIGAN NUQSONLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH
YO‘LLARI
Tikuv mashinalarida ko‘pgina sabablarga kura nuqsonlar vujudga kelishi mumkin. Masalan,
mexanizmlarning, ish organlarining o‘zaro ta’siri buzilishi, detallarning yoyilishi, detallar yuzasi
tozaligining o‘zgarishi va xokazo. Tikuv mashinalarining asosiy nuqsonlariga baxyaqatorning
sifati pastligi, ip tashlab tiqilishi, ip uzilishi, materialning kiyin surilishi, igna sinishi kiradi.


Baxyaqatorning sifati pastligi. Baxyaqator bo’sh (iplari yaxshi tortilmagan) bo‘lsa, tarang yoki kir
bo‘lsa, Shuningdek agar iplar "gazlamalar ustida chalishsa" yoki "gazlamalar tagida chalishsa",
bunday baxyaqatorlar past sifatli hisoblanadi.Baxyaqator bo’sh bo‘lganda iplar tikilayotgan
materiallar orasida chalishadi, lekin materiallar bir-biridan ko’chib turadi. Bu kamchilikni
yo‘qotish uchun ostki va ustki ipni taranglash kerak. Baxyaqatorning ortiqcha tarangligi iplarning
haddan tashqari tarangligidan kelib chiqadi. Bunday baxyaqator tikilgan materiallarning
baxyaqator chizig’i bo‘ylab tortilsa, baxyaqator iplari osongina uzilib ketadi. Bunday kamchilikni
tashqi ko‘rinishdan aniklasa bo‘ladi, bunda chok baxyaqator ko’ndalangiga terilib qoladi. Buni
ustki va ostki ip tarangligini bo‘shatib bartaraf etiladi.
Agar ustki ip ostki ipni tortib ketib, ular materiallarning ustidan chalishayotgan bo‘lsa, bunda
baxyaqator materiallar "ustida chalishgan" bo‘ladi. Bu kamchilikni yukotish uchun iplar
tarangligini ustki ipdan boShlab rostlash kerak. Agar ostki ip ustki ipni tortib ketib, ular
materiallar tagida chalish-sa, bunda baxyaqator materiallar "tagida chalishgan" bo‘ladi. Bu
kamchilikni yo‘kotishda iplar tarangligini ostki ipdan boshlab o‘zgartirish kerak. Kir baxyaqator
mashinaga yomon qarab turilganligi oqibatida kelib chiqadi va oq rangli materiallarni tikishda
ayniqsa sezilarli bo‘ladi.
Ip tashlab tiqilishi. Igna bilan mokining o‘zaro harakatlarida moslik buzilsa ip tashlab tiqilishi
mumkin. Ignaning noto‘g‘ri ishlashiga qo‘yidagilar sabab bo‘lishi mumkin: ignadagi nuqsonlar
(uning utmasligi, bukilganligi); ignaning raqamli belgisi va nomeri noto‘g‘ri tanlanganligi;
ignaning balandligi noto‘g‘ri (baland yoki past) o‘rnatilganligi; tepki yoki igna plastinasi igna
uchini chapga bukib yuboradigan qilib noto‘g‘ri o‘rnatilganligi; iplarning noto‘g‘ri taqilishi; igna
arikchalari moki uchiga nisbatan teskari qarab qolganligi; igna mexanizmi birikmalarining eyilishi.
Qo‘yidagilar mokining noto‘g‘ri ishlashiga sabab bo‘ladi: moki uchining igna ko‘ziga yakinlashishi
vaqtida noto‘g‘ri rostlaganligi; igna bilan moki uchi orasidagi masofa noto‘g‘ri rostlaganligi, moki
mexanizmi birikmalarining eyilganligi yoki bo‘shab ketganligi. Ip tashlab tiqilish sabablarini igna
mexanizmidan boshlab aniqlash kerak.
Ustki ipning uzilishi. qo‘yidagilar ustki ipning uzilishiga sabab bo‘lishi mumkin: ipning sifatsizligi,
ipning xaddan tashqari tarangligi, ipning noto‘g‘ri taqilishi, igna nomeri ip nomeriga mos
kelmasligi, ish vaqtida tushmasligi yoki baxyaning tortilib qolishi, mokining haddan ortiq qizib
ketishi, ip yo‘naltirgichlarning yomon holatdaligi (qirqilganligi, gadir-budirligi) yoki ip
yo‘naltirgichlardan ba’zilarining yo’qligi, igna plastinasi teshigida, moki qurilmasida tepki tagida
kirilgan yoki g’adir-budir joylar bo‘lishi. Ostki ipning uzilishi. Ostki ip kamroq detallarga tegib
o’tadigan bo‘lgani uchun uning uzilishi ustki ipga nisbatan ancha kam bo‘ladi. Qo‘yidagilar ostki
ip uzilishiga sabab bo‘ladi: naychaning devorlari singanligi yoki ezilganligi, ip naychaga bo‘sh
yoki notekis uralganligi, ip noto‘g‘ri takilganligi, moki qurilmasi detallarining ostki ip tegadigan
joylari chakaligi yoki g‘adir-budirligi. Materiallarning qiyin surilishi. Bu kamchilik reyka yoki
tepkining yaxshi ishlamasligidan kelib chiqishi mumkin. Qo‘yidagilar reyka ishidagi
kamchiliklar hisoblanadi: reykadagi deffektlar (tishlar singan, moy tekkan yoki tishlar
utmaslashgan, noto‘g‘ri tanlangan), reykaning past-balandligi noto‘g‘ri o‘rnatilganligi yoki igna


plastinasining uyiklariga nisbatan uning holati noto‘g‘riligi, materiallarni surish mexanizmi
birikmalarining bo’shab qolganligi yoki eyilganligidir.
Tepki ishidagi kamchiliklar qo‘yidagilar hisoblanadi: tepkining balandligi noto‘g‘ri o‘rnatilgan;
materialga tepkining bosimi noto‘g‘ri rostlangan, tepkidagi deffektlar – tepki tagining yuzasi
gadir-budirligi, tepki reykaga nisbatan noto‘g‘ri tanlangan (tepki reykadan kengroq bo‘lishi kerak),
shuningdek, tepki uzelidagi birikmalar bo’shab qolgan yoki eyilgan.Materiallarni surish
mexanizmidagi va tepkidagi detallar bo’shab qolgan yoki eyilganligi, ignaning kundalang siljishi,
tepki reykaga nisbatan noto‘g‘ri turib qolganligi natijasida baxyalari qiyshiq tushadigan baxya-
qatorlar ham materiallarni surish mexanizmining nuqsonlari hisoblanadi.
Igna sinishi. Qo‘yidagi hollarda igna sinishi mumkin: agar igna harakat vaqtida bironta noto‘g‘ri
turib qolgan detalga tegib o’tadigan bo‘lsa, igna balandligi noto‘g‘ri (pastrok) o‘rnatilgan bo‘lsa;
tepkida, igna plastinasida, mokida siljishlik bo‘lsa yoki ular noto‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa; igna
pastligida materiallar surilsa; tikib bo‘lgandan keyin materiallarni tepki tagidan extiyotsizlik bilan
olinsa. Mashina ishidagi boshqa kamchiliklar (igna tegadigan detallar singanligi yoki ularda
gadir-budur joylar borligi) natijasida ham igna sinishi mumkin, shuning uchun tikish oldidan
maxovik g‘ildirakni aylantirib, igna o’z yo‘lida bironta detalga tegmayotganligini tekshirib ko‘rish
tavsiya etiladi.
Mashinani tozalash va moylash. Tikuv mashinasining mexanizmlarini tozalash, moylash ularni
anik va betuxtov ishlashini ta’minlaydi. Tutashgan detallarning ishkalanadigan yuzlarini moylash
uchun mineral moylar ishlatiladi. Moylash materiallari ishkalanadigan yuzalarning orasida
detallarni ajratib turadigan ma’lum qalinlikdagi moy katlamini hosil qiladi. U detallarning
ishkalanishini kamaytiradi, ish yuzalari urniga moylash materiallari katlamlari bir-biriga
ishkalanib, detallar eyilishining oldini oladi. Mashinani tozalash va moylash shu mashinada
ishlaydigan tikuvchining vazifasidir; xar bir ish urnida moydon, o‘rta va kichik (mokibop) maxsus
asboblar, tutilmaydigan yumshoq mato bo‘lishi kerak.
Tikuvchi ich kiyim tikadigan bo‘lsa, bir haftada kamida bir marta, ip gazlama tikkanda haftasiga
ikki marta, paxta solingan va titilgan, dagal jun gazlamalar tikishda esa har kuni mashinalarni
tozalab, moylab turishi lozim. Mashinaning hamma joyini tozalash va moylashda elektr
yuritgichi uchirib qo‘yiladi, yuritma tasmasi olinadi, igna eng yuqori chekka holatga o‘rnatiladi,
tepki ko‘tarib qo‘yiladi va naycha kalpokchasi chiqarib olinadi. Avval mashinaning bosh
qismidagi kir va gazlama tuklaridan tozalanib, detallar latta bilan artiladi. So‘ngra mashinani
ag‘darib qo‘yib, platforma tagidagi detallar va taglik artiladi. Tutashgan detallar orasidagi
ishkalanadigan joylariga moydondan ikki-uch tomchi moy tomiziladi.
Moy to‘g‘ridan-to‘g‘ri detallarning tutashgan joylariga, moy o‘tkazadigan teshiklarga yoki maxsus
moydonlariga tomizib qo‘yilishi mumkin. Moylash teshiklari qizil rangga bo’yalgan bo‘ladi. Oldin
mashina platformasi tagidagi detallar, sung mashina tanasi tayanchidagi, platforma ustidagi va
nixoyat mashina tanasidagi detallar moylanadi. Moylash ishlari tugagandan sung mashinani
qo‘lda aylantirib, asosiy valning engil aylanishi tekshirib quriladi, ortiqcha moy latta bilan artiladi,


moy bir tekis taqsimlanishi uchun tepkini ko‘tarib qo‘yib, mashina bir necha sekund salt
ishlatiladi. Mashinada ish boshlash oldidan gazlama parchasida baxyaqator sifati tekshirib
quriladi.
MASHINADA BAJARILADIGAN ISH URNINI TASHKIL QILISH VA MASHINADA ISHLASH
USULLARI
Mashinada bajariladigan ish o’rni ish stoli (1-rasm) va uning qopqog‘i o’yigiga o‘rnatilgan
mashina bosh qismi bilan jihozlangan. Ish stoli 1 ni ikkita tayanch 2 ushlab turadi.
Tayanch 2 ichida boltlar yordamida traversalar 3 mahkamlangan bo‘lib, ularga stol qopqog‘i 1
mahkamlangan. Bunday biriktirish stol qopqog‘i 1 ni vertikal bo‘ylab burib rostlashga imkon
beradi. Stol qopqog‘i 1 ning ustida yoritgich o‘rnatilishi mumkin. Mashinaning bosh qismi 4
qopqoq uyigida o‘rnatilgan bo‘lib, bu mashina bosh qismini tikmaydigan holatga o‘tkazib
tozalash va detallarni moylash imkonini beradi, bunda uning burilish burchagi tirak 5 bilan
cheklangan.Stol 1 ning ustida galtak tayanchi 6 mahkamlangan. Ip, asboblar va boshqa
narsalarni saqlash uchun o‘rnatilgan kuticha 7 ni stol qopqog‘i 1 tagining ung tomonidagi ikkita
yo‘naltirgich tutib turadi. Qopqoq 1 ning tagida tepkini ko‘taradigan tizza richagi 8 ning vali ikkita
kronshteynda tebranib turadi. Kundalang to‘siq 9 da rezina qoplangan pedal 10 ni ikkita
kronshteyn tutib turadi, bu pedal zanjir tortki 11 yordamida Qopqoq 1 tagidagi elektr yuritmasi
richagi bilan bog‘langan. Qopqoq 1 ning tagiga ajratgich 12 o‘rnatilgan bo‘lib, u tikuv
mashinasining elektr yuritgichini va to‘xtatishga xizmat qiladi. Elektr yuritmasining ostida
material xususiyatiga qarab tikish tezligini nazorat qiluvchi boshqaruv mezanizmi o‘rnatilgan.
Tayanch 2 ning tagiga ish stolini himoyalash uchun rezina koplama 13 kiydirilgan. Elektr
yuritgichini nolinchi sim bilan ta’minlangan elektr manbaiga ulab erga tutashtiriladi. Mashina
bosh qismi 4 ning ustiga boshqaruv pulti o‘rnatilgan.
Tikuvchining mashina oldida to‘g‘ri utirishi, ish usullarini uzlashtirib olishi mehnat unumdorligini
oshirishga imkon beradi. Tikuvchining gavdasi oldinga sal engashib turishi kerak. Tikilayotgan
buyum tikuvchining ko‘zidan 30–40 sm nari turishi, tikuvchining tirsaklari esa stol qopqog‘i 1
bilan bir xil balandlikda bo‘lishi kerak. Stulning balandligini to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega.
Odatda, utirgich balandligini rostlash mumkin bo‘lgan burama stullar ishlatiladi. Tikuvchi
mashina bosh qismining ruparasida utirishi, uning ikkala oyogi pedal 10 ustida turishi lozim. Ung
oyok kaftini sal oldinrok qo‘yish kerak, bunda mashinani asosan ung oyokda yurgizib, chap
oyokda to‘xtatiladi. Zo’riqish ham ikki oyokka bir xilda taqsimlanib, mashinada ishlash
birmuncha osonlashadi. Tikilayotganda tepkini ko‘tarish uchun tizza richagi 8 bosiladi, u ung
oyok tizzasi balandligida bo‘lishi kerak.
Ish boshlashdan oldin iplarning to‘g‘ri taqilganligini tekshirish, agar zarur bo‘lsa, mashinani
moylash kerak. Bunda mashinaning elektr yuritmasi uchirilgan bo‘lishi kerak. Tikayotgan detallar
mashina tepkisining chap tomonida bo‘lishi lozim.
Baxyaqator chok boshlanishida va oxirida puxtalanadi. chok boshlanishidagi baxyaqatorni
puxtalash uchun uzunligi 10–15 mm baxyaqator yuritiladi-da, orqaga qaytarish richagi 14


bosiladi, material orkaga qaytadi va xuddi oldingi baxyaqator chizigi ustidan ikkinchi baxyaqator
yuritiladi. Bir-biriga nisbatan burchak hosil qiladigan baxyaqatorlar yuritayotganda baxyaqator
uzilib qolmassligiga va ignaning birinchi baxyaqator yuritayotgandagi oxirgi sanchigi yangi
baxyaqatorning birinchi sanchigi bo‘lishiga ahamiyat berish kerak. Materiallar surilib ketmasligi
uchun mashinani igna eng pastki holatdaligida to‘xtatib, sungra tepkini ko‘tarib, materialni
ma’lum burchakka buriladi. Tepki tushirilib, yangi yo‘nalishda baxyaqator yuritiladi.
2 -rasm. Yarimavtomatik tikuv mashinalarida ish o‘rni.
Yarimavtomatik tikuv mashinalarini ishlatishda ba’zi hollarda bitta tikuvchi ikkita mashinani
boshqarishini ta’minlash uchun ish o‘rni tashqil qilinadi (2-rasm). Birinchi yarimavtomatik tikuv
mashinasida texnologik jarayon bajarilgunga qadar tikuvchi ikkinchi mashinaga maxsulotni
joylashtiradi. Tikuvchining ishlashi qo‘llay bo‘lishi uchun ish joyi qo‘shimcha moslama va
qurilmalar bilan jihozlanadi. Bundan tashqari maxsulotni ish joyidan chiqarib olish uchun
avtomatik va yarimavtomatik mexanizmlar qo‘llaniladi. Mashinada esa ipni avtomatik qirqish va
tepkini avtomatik ko‘tarish mexanizmi bo‘lishi kerak.
Tikuvchilik mashinalarini ishlatish va ta’mirlashda texnika xavfsizligiTikuv mashinalari maxsus
himoyalash qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Har bir tikuv mashinasiga ishlayotganda
tikuvchi qo‘liga igna sanchilmasligi uchun tepki 8 ga ( 3 -rasm) himoyalagich elementi 7
o‘rnatilgan. Mashina tanasidan chiqib turuvchi ip tortgich 11 skoba 10 bilan yopib turadi. Elektr
yuritgichi 14 mufta va tasmali uzatma maxsus to‘siqlar bilan chegaralangan bo‘lishi kerak. ISH
stoli 6 ning balandligi tayanch 5 ga nisbatan sozlanishi mumkin. Tayanch 5 ning ostiga rezinali
elastik element o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Pedal 2 ga rezinali koplama 1 mahkamlangan.
Mashina tanasi 13 perimetri bo‘ylab elastik elementga o‘rnatilishi lozim. Ish stoli bolt 4
yordamida erga ulangan bo‘lishi kerak. Mashina tanasi ko‘tarilganda uni saqlab turuvchi tayanch
12 o‘rnatilgan.
1 -rasm. Mashinada ishlash uchun ish o‘rni.3-MA’RUZA.
MAVZU: TAYYORLOV BO‘LIMI JIHOZLARI MOSLAMALARI. RS-2 MASHINASI VA
MOSLAMALARI
RЕJA:
1. Gazlamalarning enini, uzunligini o‘lchash va nuqsonlarini aniqlash mashinasi.
2. Andazalar, bo‘rlamalar va trafaretlar tayyorlash.


3. Mexanizatsiyalashtirilgan to‘shash komplekti.
Gazlamalarning enini, uzunligini o‘lchash va nuqsonlarini aniqlash mashinasi. Gazlamaning enini,
uzunligini o‘lchash va nuqsonlarini aniqlash tayyorlov bo‘limining asosiy texnologik
jarayonlaridan biri hisoblanadi.Tikuvchilik korxonasiga material to‘quvchilik korxonalaridan
nuqson topish stanoklarida ishlanib, bo‘yi, eni va boshqa xarakteristikalari ko‘rsatilgan tarzda
keladi. Tikuvchilik korxonalarida materialdan nuqson topish takrorlanadi; bo‘yi va eni o‘lchanadi,
nuqsonlari va tekis bo‘yalmagan joylari belgilanadi.
Tayyorlov bo‘limlarida materiallarning muayyan qalinligi va kengligiga moslangan
mexanizatsiyalashgan nuqson topish-o‘lchash stanoklarining turli tiplari ishlatiladi.
4 -rasm. Nuqson topish-o‘lchash stanogi.
Moskva eksperimental mexanika zavodi ishlab chiqaradigan nuqson topish-o‘lchash
stanogining ishlash printsipini ko‘rib chiqamiz. Stanokda payvand konstruktsiyali korpus bo‘lib,
unga qiya joylashgan nazorat taxtasi 18 (4-rasm) mahkamlangan. Taxta 18 da oyna 17 yopib
turadigan darcha bo‘lib, material shu darcha orqali lyuminestsent lampalar 19 yordamida tag
tomonidan yoritiladi. Yuqoridan ham material yoritkich 14 dagi lyuminestsent lampalar
yordamida yoritiladi. Material ruloni 7 nov 8 ga qo‘yiladi yoki skalkaning aylanishini
engillashtiradigan to‘rtta sharikli podshipnigi bor ikkita tayanch 9 da aylanib turadigan skalkaga
kiydirib qo‘yiladi. Dasta 15 ni burib, qisuvchi valik 11 tashuvchi valik 10 dan uzoqlashtiriladi va
ular o‘rtasidagi oraliqqa material uchi kiritiladi. Keyin ko‘tarilib qo‘yilgan qisgich 12 ni val 13 da
yuqori tomonga burib turib, materialni Shtanga 16 ustidan o‘tkazib, nazorat taxtasi 18 bo‘ylab
tortila boshlanadi. Material uchini pastga tomon olib tushib, skalkaga o‘raladi-da, uni
yo‘naltirgichlar 23 va 2 ning pazlariga kiritiladi. Mashinaning o‘ng tomondagi panel tagidagi
tugmachali ulagich yordamida nuqson topish-o‘lchash stanogi elektr manbaiga ulanadi. Pedal
25 bosilsa, stanok ishga tushib, material yuqoridan pastga tomon surila boshlaydi. Ostki
tashuvchi valiklar 24 va 1 yordamida material rulon 21 bo‘lib o‘raladi. Materialning eni lineyka 20
ga binoan vizual, bo‘yi esa hisoblagich 6 yordamida nazorat qilib boriladi. Ishchi o‘lchab
bo‘lingan material bo‘yichi ko‘rsatuvchi raqamlarni o‘chirish uchun richag 5 ni bosadi; kerakli
raqamni o‘rnatish uchun dasta 4 buriladi. Pedal 27 materialni teskari yo‘nalishda, ya’ni pastdan
yuqoriga tomon surishga xizmat qiladi. Material nuqsonini topish batamom tugab, bir to‘pning
bo‘yi va eni o‘lchab bo‘lingandan keyin, ishchi dasta 22 ni o‘ziga tomon burib, pedal 26 ni bosadi.
Bunda yo‘naltirgichlar 23 bilan 2 ishlovchidan pastga tomon buriladi va o‘ralgan material ruloni
lentali konveyer 3 ustiga tuShadi. Pedal 27 bosilganda konveyer 3 rulonni chap tomonga, pedal
25 bosilganda esa o‘ng tomonga suradi.


5 -rasm. Nuqson topish-o’lchash stanogi. NS-59
Nuqson topish-o‘lchash stanoklarining boshqa turlari bir qavat va ikki qavat materiallarning,
kitob qilib taxlangan va rulon qilib o‘ralgan materiallarning nuqsonini topish imkonini beradi.
Materialning surilish tezligini ulardagi rasmlar murakkabligiga va to‘qimachilik nuqsonlari soniga
qarab 10-24 m/min oralig‘ida o‘rnatiladi. Stanoklar pedal yordamida boshqariladi. Bir qator
tikuvchilik korxonalarida materiallar usti silliq, bo‘ylama va ko‘ndalang lineykalari bor bo‘yi 3 m li
o‘lchaSh stollarida o‘lchanadi va nuqsonlari aniqlanadi. O‘lchanadigan material mexanik
vositalar yordamida stolning uzunasiga suriladi, bunda elektromexanik belgilagich materialga
har 3 m da bo‘r bilan belgi qo‘yib boradi. Materialning eni lineyka bo‘yicha har 3 m da tekshiriladi.
Nuqson topish va material rulonini o‘lchash natijalari rulon pasportiga yozib boriladi va bu
pasport to‘shama qavatlarini hisoblab chiquvchilarga beriladi.
4- MA’RUZA
MAVZU: PNK TO‘SHASH MASHINASI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
RЕJA:

Mexanizatsiyalashtirilgan to‘shash kompleksi

Gazlamalarni o‘lchab qirqish mashinasi
Tikuvchilik buyumlarni tayyorlov-bichish bo‘limida gazlamalarni to‘shash, to‘shama qavatlarining
chetini qirqish, to‘shamani bo‘laklarga qirqish, detallarni qirqish, bichilgan detallarni jamlash va
tikish bo‘limiga jo‘natish ishlari bajariladi.
6-rasm. Mexanizatsiyalashtirilgan kompleks qatorning umumiy sxemasi
Bichiladigan gazlamaning va bo‘lajak kiyimning turiga qarab, bichish uchun mo‘ljallangan
gazlama asosan «o‘ngini pastga qaratib yalang qavat yoki o‘ngini o‘ngiga qaratib yalang qavat»
to‘shaladi. Ikkala holda ham gazlama eniga to‘la ochib yuborilib to‘shalishi kerak. Gazlamalarni
to‘shashda uchun maxsus mashinalar, to‘shash komplekslari qo‘llaniladi. Kiyim bichiladigan
mexanizatsiyalashtirilgan kompleks qatorning umumiy sxemasi 6-rasmda ko‘rsatilgan.
Korxonaga o‘ram, to‘p yoki tax-tax bo‘lib keltirilgan gazlama 1 supacha tagliklar 2 ga
joylashtiriladi. Gazlama ortilgan supacha tagliklar tashish vostiasi 3 yordamida javonlarga
o‘rnatiladi.
Supacha tagliklar javonlardan elektr tashish vositasi yordamida enini, uzunligini o‘lchash va
nuqson topish mashinasi 4 ga, undan keyin esa har qaysi to‘p alohida o‘lchash mashinasi 5 ga


o‘tkaziladi. Nuqson topib va o‘lchab bo‘lingan gazlama o‘ziyurar aravachalar 6 yordamida
elevator 7 ga ortiladi. Elevatorlar qatori bo‘ylab o‘rnatilgan transportyor 8 tushirilgan rulonlarni
o‘lchab-qirqish mashinasi 9ga o‘tkazib beradi. Bu mashinada aniq uzunlikda kesilgan gazlama
bo‘laklari mexanizatsiyalashtirilgan to‘shash stoli 10ga o‘tkaziladi. To‘shama tayyor bo‘lgandan
keyin qirqish stoli 11 ga beriladi. To‘shamaning qirqib olingan qismlari qirqish stoli ustiga
qoplangan uzatish qurilmasi yordamida lentali bichish mashinasi 12 ga o‘tkazilib, unda tekislab
qirqiladi.
7 -rasm. Gazlamani o‘lchab qirqish mashinasining sxemasi.
Gazlamani mashinada to‘shash sifati yanada yaxshiroq bo‘lsin uchun uni yangi yo‘l bilan
to‘shash ishlab chiqildi. Mashinada to‘shashdagi bu yangi yo‘lning mohiyati shundan iboratki,
unda ma’lum uzunlikdagi to‘shama qavatlari oldin kesib olinib, keyin to‘shaladi. Shu maqsadda
maxsus o‘lchab-qirqish mashinasi yasaldi (7-rasm). Unda qirqilayotgan to‘shama qavatiga
gazlama rulonning massasi o‘zgarib turishi ta’sir etmaydi, gazlama stol yoki ekran sathiga
ishqalanmaydi, o‘lchash paytida gazlama qavatiga ta’sir etayotgan kuchlar o‘zgarmas bo‘ladi.
O‘lchab-qirqish mashinasida rulon o‘ramini ochish mexanizmi 1, transportyor 2, qirqish
mexanizmi 3 va uzunlik o‘lchash hisoblagichi 4 bo‘ladi.
O‘lchab-qirqish mashinasining aravachasi Q5 mm xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin. To‘shash uchun
qirqilayotgan gazlama qavatlari uzunligini belgilashda buni ham hisobga olish kerak.Ba’zi
gazlamalar o‘lchab qirqish mashinasida cho‘zilishi mumkin. Cho‘zilish darajasi gazlamaning
turiga bog‘liq. Lekin u hech qachon normadan ortiq bo‘lmaydi.O‘lchab-qirqish mashinasida
mo‘ljaldagi uzunlikka nisbatan yo‘l qo‘yiladigan quyim hamma vaqt hisob kartasida nazarda
tutilganidan kam bo‘ladi. Shuning uchun bu mashinada gazlama ko‘proq tejaladi. Tajribalar
o‘lchab-qirqish mashinasidagi quyim odatdagiga nisbatan 25-50% kam bo‘lishi mumkinligini
ko‘rsatdi. o‘lchab qirqish mashinasida gazlama tekisroq qirqilgani sababli, qirqim notekisligi
natijasidagi chiqindilar 2-2,5 marta kamayadi.
5- MA’RUZA
MAVZU: MR-3 VA MNT-2 TO‘SHASH MASHINALARI VAZIFASI TURLARI, KONSTRUKSIYASI VA
ISHLASH PRINSIPI
O‘lchab-qirqish mashinasida tayyorlangan qavatlarni to‘shash uchun esa MNT-2-00-000
to‘shash mashinasi (8-rasm) ishlab chiqilgan. Bu mashinada to‘Shama qavatlarining uzunligi,


o‘ramning massasi kabilar to‘shash uchun sarf bo‘ladigan kuchga ta’sir etmaydi.
8 -rasm. MNT-2-00-000 to‘shash mashinasining sxemasi.
Gazlamalar bunday to‘shalganda, har qaysi to‘shash stolining "mahsuldorligi" ortib, zarur
stollarning umumiy soni anchagina kamayadi, chunki bu mashinada faqat qirqilgan qavatlarni
to‘shashning o‘zi uchungina vaqt ketadi. Qavatlarni qirqish, to‘shamada ularni tekislash,
milklarini to‘g‘rilash kabi hamma ishlarni to‘shash jarayoni bilan bir vaqtda bajariladi. MNT-2-0-
000 mashinasida tashish tasmalari 1 gazlama 2 ni karetka 3 yordamida torta borib, to‘shama 4
ga taxlaydi.
6- MA’RUZA
MAVZU: IL – FOTOYELЕKTRON ANDAZALAR YUZASINI O‘LCHASH MASHINASI.
Modelning tejamliligi andazalar orasidagi chiqindilar miqdoriga qarab xarakterlanadi. Bu
ko‘rsatkich andazalarning o‘lchangan yuzasi bilan andazalarning eksperimental joylashgan
yuzasi orasidagi farq orqali aniqlanadi. Andazalarning yuzasini kontaktsiz o‘lchaSh uchun
fotoyelektron mashina IL-2 ishlatiladi.
Gazlamalardan unumli foydalanish asosan andozalar yuzasini to‘g‘ri o‘lchaShga bog‘liq
bo‘ladi. IL fotoyelektron mashinasi tekis figuradagi andozalarni o‘lchaSh uchun mo‘ljallangan. Bu
mashinada 100-500 mm uzunlikdagi va 100-750 m endi andozalarni o‘lchaSh mumkin.
9-rasm. IL fotoyelektron o‘lchash mashinasi
O‘lchanadigan andoza 4 qo‘zg‘aluvchan stol 3 ga joylashtiriladi. Stol ostki qismida yoysimon
tirqishli po‘lat list mahkamlangan. Qo‘zg‘aluvchan stol doimiy tezlikda 2 yo‘naltirgichlarda
bo‘ylama harakatlanadi. Stol ustki qismiga 5-yoritgich o‘rnatilgan bo‘lib, undan tuShadigan
yorug‘lik optik trubkalarga tuShadi. Trubkalar stol ostida joylashgan turel valiga o‘rnatilgan (132-
rasm). Turel-8 trubkalar bilan birgalikda doimiy burchak tezlikda aylanadi. Turelning bir
aylanishda stol-4 smga siljiydi. Turelning har bitta trubka ketma-ket aylanma harakatlanib, 80
sm uzunlikda va 1 sm enli yuzani o‘lchaydi. Turel bir to‘liq aylanishda 4x80x320 sm yuza
o‘lchanadi. Mashinada turelning har bir aylanishida 320 impuls beruvchi induktsion generator
mavjud. Impulslar generator kuchaytirgichi orqali 10 fotorelega va elektron hisoblagich 11 ga
uzatiladi. Tablo-12 kv. smda o‘lchaSh natijalarini ko‘rsatadi. Stol 3, turel-8 va impulslar
generatoriga harakat tishli uzatmalar sistemasi orqali beriladi. Mashinada bir smenada 200-250
dona andozalar yuzasini o‘lchaSh mumkin.


Andazalar, bo‘rlamalar va trafaretlar tayyorlash
Andazalar qalinligi 0,9-1,2 mm qattiq pressshpat kartondan tayyorlanadi. Qo‘shimcha andazalar
kartondan tayyorlangan bo‘lsa, atrofiga tuno‘qa qoplanadi. Uzoq vaqtgacha o‘zgarmaydigan
kiyim detallarini bichishga mo‘ljallangan qo‘Shimcha andazalar esa dyuralyuminiy yoki boShqa
metall tuno‘qalardan tayyorlanadi.Ustiga biror kiyim andazalari to‘plamini yoki bir necha kiyim
andazalari ma’lum tartibda joylashtirib, andazalar Sakli tuShirib olingan gazlama yoki qog‘oz
bo‘lagi burlama deb ataladi.
Ma’lum tartibda joylashtirilgan andazalar Shaklini gazlama yoki qog‘ozga tushirib olish uchun,
odatda, andazalar atrofidan bo‘r yoki qalam yuritib chiqiladi. Hozir joylashtirilgan andazalar
Shaklini tuShirib olishning ilg‘orroq yo‘llari ham topilgan. Masalan, andazalar gazlama ustiga
joylashtirilib, ular ustidan tez quruvchi rang sepish mumkin.Trafaretlar ham, xuddi burlama
tayyorlangandek, oldin eksperimental bo‘limda andazalarni kam chiqindi chiqadigan ratsional
joylashtirish yo‘lini topib tayyorlanadi. Trafaretlar tayyorlashda ham burlama tayyorlashdagi
barcha texnik Shartlarga rioya qilinadi. Tayyor bo‘lgan trafaret nomerlab qo‘yiladi.
Trafaret ishlatilganda burlama olish uchun 8-10 marta kam vaqt ketadi; ish andazalari soni
kamayadi, burlama tayyorlash narxi pasayadi.
Tayyorlov va bichish ishlarini avtomatlashtirish muammosi eng muhim ishlardan biri hisoblanadi.
Bu ishlarni kompleks avtomatlashtirish ustida ko‘pgina oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tekshirish
institutlari tadqiqotlar o‘tkazib, texnologik kompleks vositasini ishlab chiqdilar. Texnologik
kompleks vositasi «Siluyet» deb ataladi.
«Siluyet» kompleksi uchta mashinadan iborat bo‘lib, «Siluyet-S», «Siluyet-K», «Siluyet-R» deyiladi.
«Siluyet-S» mashinasi eHM bilan birga quyidagi ishlarni bajaradi:
a) andaza konturlarini hisoblab ma’lumotini avtomatik yoki yarim avtomatik ravishda bosib
chiqaradi;
b) andazalarni kerakli o‘lcham va bo‘yiga ko‘paytirib, andaza yuzasini va andaza perimetrlarini
hisoblab, ma’lumotini bosib chiqaradi;
v) andazalarni tabiiy kattalikda yoki kerakli masShtabda chizib chiqaradi;
g) kichiklashtirilgan andazalarni qo‘llab, bichishga mo‘ljallab mexanikaviy ravishda dastur tuzadi;
d) tanlangan masshtabda andaza konturini yoki andazalar joylashmasini ko‘rib nazorat qilish
uchun uni grafik tarzida chizib beradi. «Siluyet-S» mashinasi EHMda yoki boshqa qurilmada
hisoblab olingan andazalarni yoki andazalar joylashmasining istalgan masShtabda chizib beradi.
Bundan tashqari «Siluyet-K» mashinasi dasturlashtirilgan bichish mashinasi «Luch»ga bog‘liq
bo‘lgan jarayonlarni bajaradi va qo‘lda bichish ishlariga mo‘ljallab andazalar joylashmasini chizib
tayyorlab beradi.


«Siluyet-K» mashinasi ham «Siluyet-S» mashinasidek ikkita koordinata (x va u o‘qi)
sistemasida ishlaydi. Mashina ikkita g‘altagi: uzatuvchi-passiv va qabo‘l qiluvchi-yuritadigan
g‘altaklari bor qo‘zg‘almas stoldan iborat. Stol ustida ish asbobi I ni tashuvchi ijrochi mexanizm
(portal) 2 harakatlanib turadi. ISH asbobi 1 - stol 13 ustidagi material (qog‘oz) 12ga tegadigan
bo‘ladi.
Stol chetiga qo‘zg‘almas qilib mahkamlangan ikkita vertikal yo‘naltirgich 4 va 8 Shtanga 6
ning ikki uchiga mahkamlangan ikkita burilma yarim o‘q 5 va 7 ichidan bemalol o‘tadi.
Yo‘naltirgichlarning birini yuqori uchiga PIX-6-1 kontaktsiz elektr ajratgich 9 o‘rnatib
qo‘yilgan.G‘altakdan uzatilayotgan qog‘ozni bir oz ortig‘i bilan stolga mahkamlanadi. Qog‘ozning
yon tomonlari elektr qamragichlar orasidan o‘tkaziladi, bunda qog‘ozning mo‘ljaldagi kengligiga
moslab, portal bo‘ylab surilma qamragich oldin o‘rnatib olinadi. Qabo‘l g‘altagini pult orqali ishga
tuShirib, kerakli qog‘oz o‘rab olinadi.
10 -rasm. «Siluyet-K» mashinasining ishchi plansheti.
Keyin ikkala koordinata bo‘ylab ish mexanizmini dastlabki boshlang‘ich holatga chiqariladi.
Boshqaruv qurilmasiga chizish dasturini to‘g‘rilab, uni «Siluyet-K»ga uzatib ishga tushiriladi.
Mashina ishga tushirilganda, oldin materialni (qog‘ozni) tortib turadigan vakuum ulanadi, keyin
andazalar joylashmasi chizila boshlanadi.
«Siluyet-R» mashinasi karton yoki qog‘ozdan yasaladigan andazalarni tabiiy kattalikda yoki
istalgan kattalikda qirqish uchun mo‘ljallangan.
«Siluyet-R» ning ish organi gazli lazer bo‘lib, asosiy ish asbobi lazerli kesgichdir. Bu mashina
ham ikki koordinatali surilma sistema bo‘lib, andaza qirqiladigan material qo‘yilgan qo‘zg‘almas
ish stoli ustida harakatlanadi. Mashinaning konstruktsiyasi 250-300Vt quvvatda ishlaydigan har
qanday lazerga mo‘ljallangan. Lazer 4 mashina 1 dan tashqariga joylashgan bo‘lib, dasturga
qarab, lazer nurini to‘xtatish uchun, unga elektromagnitli boshqaruv to‘siq 3 o‘rnatilgan bo‘ladi.
Nurga nisbatan 45 burchak ostida joylashgan og‘ma ko‘zgu 2 lazerli kesgich 5 ga nur uzatib
beradi.
11-rasm.»Siluyet-R» mashinasidagi a-ishchi planshet bilan lazerning joylashishi; b-lazerli
kesgich.«Siluyet-R» mashinasidagi kesgich asosiy ish asbobi hisoblanadi. U ichi bo‘sh
to‘ntarilgan konus shaklida bo‘ladi. Keskichning ostki uchi ingichkalashgan va diametri 2 mmli
teshigi bor soplo 1 dan iborat. Yuqori qismini esa orasidan gazli lazer nuri o‘tadigan optik linza 3
qo‘yib germetik yopilgan bo‘ladi. Qirqayotgan zonadan material 5 ning qo‘ygan mahsulini havo
oqimi yordamida soplo teshigidan chiqarib tashlash uchun, linza bilan soplo orasidagi kesgich
korpusiga 0.5.10 Pa bosim ostida havo kiritadigan rezbali detal 2 mahkamlangan.


Nazorat savollari.
1. Andazalar qanaqa materiallardan tayyorlanadi?
2. «Siluyet» texnologik kompleksi qanday ishlarni bajarishga mo‘ljallangan?
3. «Siluyet»-R mashinasining asosiy ishchi asbobi nima? Uning tuzilishi qanday?
4. Moskva eksperimental mexanika zavodining nuqson topish va gazlamalarning enini hamda
uzunligini o‘lchaSh mashinasining ishlashini tushuntiring?
5. IL-2 mashinasida andazalar yuzasi qanday o‘lchanadi?
6. IL-2 andazalar yuzini o‘lchash mashinasidagi optik trubkalarning vazifasi nimada?
7. Gazlamalarni to‘shashning qanday usullari mavjud?
7-MA’RUZA
MAVZU: EKSRIMЕNTAL BO‘LIM VA UNDA BAJARILADIGAN ISHLAR.
RЕJA:
1Eksprimental bo‘limda kiyimga gazlama sarflash normasini aniqlash
2. Andozalarni joylashtirishda razmer va rostlarni birlashtirish.
Kiyimga gazlama sarflash normasini aniqlash. Kiyimlarni ishlab-chiqarish uchun tayyorlov ishlari
eksoerimental sexidan boshlanadi. Bu ishlar quyidagilardan iborat:
1. Modellashtirish, konstruksiyalash, xar bir model uchun xujjatlarni tayyorlash.
2. Andazalar tayyorlash.
3. Barcha materiallarning sarflash normasini aniqlash.
4. Trafaretlar tayyorlash.
5. Yangi modellar namunalarini tayyorlash, ustalar va ishchilarga o‘rgatish.


6. Yangi ishlov berish usullarini ishlab chiqish.
7. Yangi jixozlarni sinash, tekshirish va qo‘llash.
8. Gazlamalarning fizik-mexanik xususiyatlarini sinash.
Yangi modellarni yaratish bilan yuqori malakali rassom-modelerlar shuullanadi.
Konstruktorlar ikki guruxga bo‘linadi:
1-gurux modellar baza asoslarini ko‘rib, rasmga asoslanib, modelning birlamchi andazalarini
tayyorlaydilar.
2-gurux modelning baza asosiga asoslanib o‘rtacha razmer rost uchun ishchi andazalar,
yordamchi andazalar, model uchun xujjatlar tayyorlaydilar.
Normativ texnik xujjatlar. Xar bir ommaviy tayyorlash uchun qabul qilingan mo-del uchun
buyumning o‘rtacha razmer, rost va to‘lalikdagi namunasi tikiladi, shu model uchun etalon
andazalar tayyorlanadi, tashqi ko‘rinishining yozuvi beriladi va o‘lchov tabeli, yaxni andazalar va
tayyor buyumning xamma razmer va rostlarining o‘lchov jadvali tuziladi.
Modelning texnik yozuviga quyidagilar kiradi:
— modelning tashqi ko‘rinishining yozuvi va rasmi, taklif etiladigan razmer, rost, to‘laligi, detallar
soe-sifikatsiyasi, taklif etiladigan avra, astar, qotirma-lik gazlamalar va furnituralar, buyum tikish
texnologi-yasi xaqida yo‘l-yo‘riqlar.
O‘lchov tabelida andazalar va tayyor bugomning asosiy o‘lchov joylari va o‘lchov qiymatlari,
ishlov berish uchun xaqlar va oishlar beriladi.Bu xujjatlar ishchi andaza-larini nazorat qilish va
tayyor buyumlarni qabul qilish uchun ishlatiladi.
Konstruksiya aniq bo‘lgandan keyin andazalar texnik ko‘oaytirishga yuboriladi Andazalarni texnik
ko‘oayti-rish kartondan andazalarni kesish bilan birga AQSH ning "Multigreyder" asbobida va
Germaniyaning "SUZE" qurilmasida elektron-xisoblash texnikasi yordamida bajariladi. Bunda bir
vaqtda 7 xil razmerdagi andazalar tayyorlanadi.Bir kunlik ishlab chiqarish unumdorligi 250 dona
andaza. Texnik ko‘paytirishni qo‘lda bajarish uchun 18—24 soat kerak bo‘ladi, mashinada esa 3
soat. "Trud" stanogida esa bir necha o‘yeratsiyani bajarish mumkin: bir necha qavat kartonni bir-
biriga biriktirish, andazalar-ni belgilangan chiziqlar bo‘yicha kesish va andazalarga osib qo‘yish
uchun teshiklar o‘yish.
Bundan tashqari andazalarga figurali teshiklar xosil qilish uchun VLO-1, rulondan karton kesib
olish uchun RLZ-2, karton varaqlarini bir-biriga biriktirish uchun 266 kl. mashinalari, andazalarga
tama qo‘yish uchun KLS-
1 stanogi, andazalar tashqi konturlarini kesish uchun VLN-2, ichki konturlarini kesish uchun
VDV-1 mashinalaoini qo‘llash mumkin.


Andazalar 3 xil bo‘ladi: etalon andazalar, ishchi anda-zalar va yordamchi andazalar.
Etalon andazalar model namunasini tayyorlash uchun ishlatiladi.Ish andazalar 5 ta to‘la
komolektda tayyorlanadi. 2 tasi eksoerimental sexiga gazlama sarfini aniqlash uchun, 1 tasi
tayyorlov sexiga bo‘rlama tayyorlash uchun,
2 tasi bichish sexiga berilib, ulardan biri nuqsonli gazlamalarni bo‘rlash, yana biri to‘shama
ustiga qo‘yilib, bo‘rlamaning o‘chib ketgan joylarini bo‘rlash uchun ishlatiladi, lentali bichuv
mashinasiga detallarni qirqish uchun beriladi.
Yordamchi andazalar tikuvchilik sexida kiyim detallaridagi bort burchaklari, cho‘ntak o‘rinlari,
vitachkalar va izmalar o‘rnini belgilash uchun ishlatiladi.
Andazalar qalinligi 0,9—1,2 mm. qattiq oressshoat kartondan tayyorlanib, atrofiga tunuka
qo‘lanishi mumkin.
Andazalar chetiga tunuka qo‘lanmagan bo‘lsa ish anda-zalar sinchiklab tekshirilgandan keyin,
ularning cheti aylantirilib, tamalab chiqiladi.Xamma andazalarga modelnin nomeri, razmeri, rosti
yoziladi;Ish va yordamchi andazalar oyda bir yoki ikki marta etalon andaza bilan solishtirib,
tekshirib turiladi.Etalon andazalarning o‘zi xam yilning xar choragida bir marta tabelda ko‘rsa-
tilgan o‘lchamlarga solishtirib tekshiriladi, chunki, kar-ton qurishi natijasida kirishishi mumkin.
Ular temoe-raturasi 18—20°C, namligi 60—70% bo‘lgan joyda kronshteynlarda osilik tarzda
saqlanishi lozim.
Tikuvchilik maxsuloti tannarxining 80—90 foizini ularni tikishga sarf bo‘lgan materiallar qiymati
tashkil qiladi.Shuning uchun maxsulot tannarxini kamaytirishning, ishlab-chiqarish rentabelligini
oshirishning eng samarali yo‘li — maxsulot sifatini yomonlashtirmay turib chiqindilarni
kamaytirish, rezervlarni to‘ish va materiallarni tejashdir.
Andazalar satxini o‘lchash
Andazalar tayyorlangandan keyin ularning satxi o‘lchanadi. Xisoblashning bir necha usuli bor:
geometrik usul, andazalarni tarozida tortish usuli, aralash usul, mexa-nizatsiyalashtirilgan usul.
Geometrik usul
Bunda andaza satxi mayda geometrik shakllarga bo‘linib„ shu shakllar satxi xisoblanib
chiqiladi. Ular yiindisi andaza satxiga teng bo‘ladi.
Tarozida tortish usuli
Andazalarni tarozida tortib, ularning oirligi to‘iladi.Keyin shu kartondan Yux 10 sm. bo‘lak qirqib
olinib, uning oirligi aniqlanib, quyidagi formula orqali andazalar satxi to‘iladi:
Bunda: (?a — andazalarning umumiy oirligi;
5b — karton bo‘lagining satxi;


0b — karton bo‘lagining oirligi.
Aralash usul
Andaza satxining katta qismi to‘ri burchakli to‘rtburchak satxi tarzida to‘ilib, efi chiziqli
qismlarining satxi qutbli olanimetr bilan o‘lchab to‘iladi.
6-rasm. Andazalar satxini aralash usul bilan o‘lchash.
So‘ngra egri chiziqli qismlarning satxlari to‘ri burchakli to‘rtburchak satxidan ayrilib andaza satxi
to‘iladi:
Mexanizatsiyalashtirilgan usul
Buning uchun fotoyeltronli IL-1 va Svet-103 (Chexos-lovakiya) mashinalari ishlatiladi.
Mashinalar yorulik nuri yordamida ishlaydi. O‘rtacha xatoligi 5% dan oshmaydi. Mashinalarning
ish unumi oldingi usullardan 10 baravar ortiq.
Bir kiyimga gazlama sarflash normasini aniqlash uchun stol ustiga bitta kiyim andazalari
komolekti yoki bir necha kiyim andazalari komolektlari maxlum tarzda joylashtirilib,
eksoerimental joylashma tayyorlanadi.
Tejamli joylashma tayyorlash uchun maxlum qoidalarga rioya qilish kerak. Ayniqsa, bunga
andazalarning shakli katta taxsir ko‘rsatadi. Murakkab shaklli andazalarni joylashtirganda
chiqindilar soni ko‘oayadi. Kiyimning mayda detallari ko‘o bo‘lsa, ularni bo‘sh joylarga joylashtirib,
chiqindi sonini kamaytirish mumkin. Kiyimdagi simmetrik joylashgan detallarning gullari bir xil
joyga to‘ri kelishi kerak. Bobrik, baxmal, yarim baxmal, chiyduxoba kabi gazlamalardan tikilgan
kiyimlar barcha detallarining tuki yuqoriga yo‘nalgan bo‘lishi kerak, aks xolda kiyimning ko‘o
ishqalanadigan joyi yaltirab ketadi. Tuki uzun bo‘lsa oastga qarab turadigan qilib bichish kerak.
Gulsiz sidira gazlamalarni bichishga mo‘ljallangan joylashmada andazalar qarama-qarshi
joylashtirilsa xam bo‘ladi. Agar bichiladigan gazlama yo‘l-yo‘l yoki katak bo‘lsa, tikilayotganda
yo‘llari yoki kataklarini to‘ri keltirish uchun detallar mo‘ljaldagidan kattaroq qilib bo‘rlanadi.
Andazalarni gazlamaning o‘rish va arqoq iolari yo‘nalishiga moslab joylashtirishning nixoyatda
katta axami-yati bor, chunki gazlama o‘rish yo‘nalishida kam cho‘ziladigan bo‘ladi. Andazalar
joylashmada qanchalik zich joylashsa, bichish jarayonida gazlamalardan shunchalik kam
chiqindi chiqadi.
Andazalar orasidan chiqadigan chiqindilar tikyladigan kiyim turiga qarab quyidagicha bo‘lishi
mumkin: er-kaklar kostyumida 12,5—16%, erkaklar oaltosida — 9,5— 13,5%, ayollar kostyumida
9,5—13,5%, ayollar ko‘ylagida 13,5—18%. Gazlama katak yoki yo‘l-yo‘l bo‘lsa andazalar orasidagi


chiqindilar 2% dan 5% gacha ortadi.
Chiqindi kamroq bo‘lishi gazlamaning enlik-yensizligiga, shuningdek, to‘shama qanday usulda
to‘shalganiga xam boliq bo‘ladi.
Bir necha xil kiyimlar andazalarining birga joylashtirganda gazlama ancha tejaladi.
Buning uchun avval razmer va rostlarni qanday birlashtirish mumkinligi xisoblab chiqiladi.
Joylashtirishda andazalarning kamida ikkita to‘la komolektini birlashtirgan maoqul. Razmer va
rostlarni birlashtirishning ikki xil usuli bor:
1. Bir xil yoki ketma-ket razmer va rostlarni tanlab birlashtirish.
2. Andazalar satxi orta boradigan tartibda birlashtirish.
Erkaklar oalto va kostyumlarida bir xil yoki ketma-ket razmerlar va rostlarni birlashtirish
(92/158—96/152; 92/158—92/152) tavsiya etiladi.
Ayollar oaltolarida bir xil yoki ketma-ket razmerlar va bir xil rostlarni birlashtirgan
(92/158—96/152; 92/ 158—92/152) maxqul. Ich kiyimlarida esa bir xil yoki ketma-ket razmerlar
va bir xil yoki ketma-ket rostlarni birlashtirish (88/152-88/152; 96/158-100/152) yoki andaza
satxlari orta boradigan tartibda birlashtirish maxqul. Kiyim ko‘oroq tikiladigan bo‘lsa bir xil
razmer va rostlarni yoki andazalar satxi orta boradigan usulda bir lashtirgan maxqul.
Gazlama yalang qavat to‘shalsa uning sarf bo‘lishi buklab to‘shalgandagiga qaraganda 1 —
1,5% kamayadi. Lekin bunda xam o‘ngini o‘ngiga qaratib yalang qavat to‘shalsa, o‘ngini
oastga qaratib to‘shalganiga nisbatan kamroq gazlama sarflanadi.
Addazalar joylashmasi shakli bo‘r yoki qalam bilan tushirib olingan gazlama yoki qooz
bo‘rlama deb ataladi.Bo‘rlama chiziqlari aniqchiqishi va yaxshi ko‘rinishi uchun, bo‘r bilan
chizilgan chiziqlarning qalinligi 2 mm., qalam bilan chizilganning qalinligi 1 mm. dan oshmasligy
1erak, detallar orasidagi masofa 2 mm. dan kam bo‘lmasligi kerak.
Bir xil kiyim juda ko‘o miqdorda tikiladigan va buning uchun eni bir xil gazlamalar xam yetarli
bo‘lganda, ayniqsa kiyim astarlarini, yordamchi detallarini yoki fasoni uzoq vaqt o‘zgarmaydigan
kiyimlarni bichishda, bir xil bo‘rlama bir necha marta kerak bo‘ladi. Bunday oaytlarda bo‘rlamani
qayta-qayta tayyorlamaslik uchun trafaret tayyorlanadi.Buning uchun qalin V markali oatron,
KVM-170 va KM-179 markali kabel qoozlariga va kleyonkalarga andazalar joylashmasining
shakli chizilgan chiziqlar bo‘ylab bir-biridan 3 mm. masofada, diametri 1—1,5 mm. li teshiklar
o‘yib chiqiladi.
Trafaretni to‘shamaning ustiga yozib, trafaret teshiklariga bo‘r yoki sinka seoilsa to‘shama
ustki qavatida andazalarning joylashishi shakli xosil bo‘ladi. Trafaret ishlatilganda bo‘rlama olish
uchun 8—10 marta kam vaqt ketadi. Gazlamani ratsional xisoblash osonroq bo‘lishi uchun
uzunligi xar, xil bir nechta joylashma tayyorlangani ma’qul.


Eksoerimental sexi uchun Fransiyaning "Lektra", Isoaniyaning "Investronika" firmasining
"Invesmark" va AQSH "SegG‘eg" firmasining AM-50 avtomatik loyixalash sistemalari (SAoR) bor.
Bu sistemalar yordamida kiyimning yangi modeli, andazalari yaratiladi, andazalar texnikaviy
usulda ko‘paytiriladi, andazalar joylash-masi tayyorlanadi. "Lektra" va "Invesmark" sistemalari
avtomatik tarzda joylashma tasvirini qoozga tushiradi va bichuv sexida bu qooz joylashma
to‘shamaning yuqori qavati ustiga qo‘yiladi va u bo‘yicha bichiladi. AQSH ning AM-50
sistemasida esa joylashma tasviri programmasi lentaga yozilib, uning yordamida bichuv sexida
shu "SegG‘eg" programmasining 5-91 bichuv sistemasi avtomatik tarzda to‘shamani bichadi.
NAZORAT SAVOLLARI

Eksoerimental sexining vazifalari qaysilar?

Konstruktorlar necha guruxga bo‘linadi?

Modelning texnik yozuviga nimalar kiradi?

Andazalar necha xil bo‘ladi?

Etalon andaza nima uchun ishlatiladi?

Ishchi andaza nima uchun ishlatiladi?

Andazalar satxini necha xil usulda xisoblash mumkin?

Geometrik usulda qanday xisoblanadi?

Tarozida tortish usulida qanday xisoblanadi?
8-MA’RUZA
MAVZU: XOM ASHYOLARNI TASHISH VA JOYLASHTIRISH QURILMALARI
RЕJA:
1. Tikuvchilik korxonalari tayanch bo‘limining vazifalari.
2.Vertikal-berk konveyerlarning quyidagicha turlari
3. KZ konveyerlari haqida ma’lumot.


Hozirgi vaqtda tikuvchilik korxonalarida texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish va
avtomatlashtirishda mikroprotsessor vostitalari keng qo‘llanilgan transport vositalaridan
foydalanilayapti.
Korxonalarda tikilayotgan buyum bir ish o‘rnidan ikkinchisiga mexanik transportyorlar yordamida,
texnologik jarayonning bajarilish tartibiga moslab o‘tkazib turiladi. Konveyerli usulda ishni
ta’minlab turadigan transportyor qurilmalarini konveyer qurilmalari yoki majoziy ma’noda
konveyerlar deb yuritish odat bo‘lgan.
Konveyrsiz va guruhlangan-agregatda detallarni bir ish joyidan ikkinchisiga ihtiyoriy ritmda, ya’ni
qat’iy bo‘lmagan ritmda ishlaydigan mexanik transportyorlar yordamida yoki qo‘lda uzatib
turiladi. Lentali, zanjirli, osma konveyerlar bo‘ladi.
Zamonaviy tikuvchilik korxonalarida avtomatik boShqaruvli, kontaktsiz usulda buyumlarni sonini
aniqlab yozib boruvchi elektron sistemali osma konveyerlar qo‘llanilmoqda.
Transportyorlarning harakatlanish xususiyatiga qarab konveyerlar uzluksiz ishlaydigan yoki vaqti
-vaqti bilan ishlaydigan bo‘ladi. Uzluksiz ishlaydigan konveyerlarda transportyor to‘xtovsiz
harakatlanib turadi. Vaqti-vaqti bilan ishlaydigan konveyerlarda esa transportyor to‘xtab-to‘xtab
harakatlanadi.
Harakatlantiruvchi barabanlar o‘qining qanday turishiga qarab konveyerlar vertikal-berk yoki
gorizontal-berk bo‘ladi. Vertikal-berk konveyerlarning bir qismi salt harakatlanib turadi.
Gorizontal-berk konveyerlarning esa salt yuradigan qismi bo‘lmaydi.
Vertikal-berk konveyerlarning quyidagicha turlari bor.
1.Bir chiziqda joylashgan bir qatorli konveyer. Bunda bir chiziq bo‘ylab joylashgan transportyor
bo‘lib, uning bir yonida ish o‘rinlari qatori bo‘ladi.
2.Bir chiziqda joylashgan ikki qatorli konveyerlar. Bunda bir chiziq bo‘ylab joylashgan
transportyorning ikki yonida ish o‘rinlari qatori bo‘ladi.
3.Ikki chiziqda joylashgan ikki qatorli konveyerlar. Bunda transportyorlar ikkita chiziq bo‘ylab bir-
biriga parallel o‘rnatilgan bo‘lib, ularning orasi zich yoki 0,6 m ochiq bo‘lishi mumkin. Har qaysi
transportyorning faqat bir yonida ish o‘rinlari qatori bo‘ladi. Bu transportyorlarning harakat
yo‘nalishi va tezligi har xil bo‘lishi mumkin.
Har qanday konveyer qurilma harakatalantiruvchi mexanizmdan, karkasdan, taranglovchi
mexanizmdan va tashish qurilmasidan iborat bo‘ladi.
Tashish qurilmasi konveyerning yuk ko‘taradigan va yuk tortadigan qismidir. Tashish qurilmasi
sifatida rezinkalangan, ip tolali yoki brezent lentalar ishlatiladi. Ularning eni 400-700 mm gacha
bo‘lib,ikkita barabanga tortib qo‘yiladi. Barabanlardan biri lentani harakatga keltiradi, ikkinchisi
esa uni taranglab turadi. Tortuvchi element sifatida lentadan tashqari kajavalar o‘rnatilgan,


vtulka va rolikli zanjir ham ishlatiladi. Hozirgi vaqtda aralash tashuv qurilmalari ko‘proq
ishlatiladigan bo‘lib, ular ham zanjir, ham lentadan iboratdir. Bunday qurilmalardagi zanjir
lentaning uzunasi bo‘ylab uning o‘rtasiga biriktirilgan bo‘ladi. Zanjir yulduzsimon tishlarga
kiydirilgan bo‘lib, uning ikki yonidagi erkin aylanib turadigan ikkita baraban lentani tutib turadi.
Lenta taxta to‘siqlar bilan bo‘limlarga (ish zonalariga) bo‘lingan bo‘ladi.
12-rasm. Kajavali transportyor. 13-rasm. Lentali transportyor.
Ikki zanjirli vertikal-berk tipdagi KZ konveyeri mayda detallar tayyorlash bo‘limiga mo‘ljallangan.
Bu konveyerda yarim mahsulotlar kronShteynlarda va kajavalarda tashiladi. KronShteynlarga
yirik detallar (old bo‘lak, eng kabilar) osiladi, kajavalarga esa mayda detallar
solinadi.Transportyor ish zonasining qadami qanday buyum tikilayotganiga qarab 0,22 0,30 m
bo‘ladi. Transportyorning o‘rtacha tezligi 0,12 m/min, kengligi 0,40, balandligi 0,85 m.
14-rasm. KZ konveyeri.
Bir zanjirli vertikal-berk tipdagi KM konveyeri montaj bo‘limiga mo‘ljallangan (14-rasm). Bu
konveyerda yarim mahsulotlar karetkalarga osilgan holda tashiladi. Konveyer ish zonasining
qadami qanday buyum tikilayotganiga qarab 0,14-0,30 m bo‘ladi.Transportyorning o‘rtacha
tezligi 0,12 m/min, kengligi 0,12 m, balandligi 0,75 m.
15-rasm. KM konveyeri.
KZ va KM konveyerlarida buyumlar ratsional tezlikda uzatib turiladi, tikuvchilar ish bilan bir tekis
ta’minlanib turiladi. Bu esa ish unumini oShirishga, tikish sifatini yaxShilashga yordam beradi.
Osma konveyerlar ayollar jun kuylagini pardozlash bo‘limlariga mo‘ljallangan (15-rasm). Bu
konveyerlarda zanjir yuk ko‘taradigan va yuk tortadigan qism vazifasini o‘taydi. Uning uzunasi
bo‘ylab bir xil oraliqda ilgaklari bo‘lib, ularga tikiladigan buyumlar osiladi. Ilgaklarning Shakli
buyum turiga qarab har xil bo‘lishi mumkin. Ular orasidagi masofa esa lentali transportyordagi
ish zonalari qadamiga teng bo‘ladi. Bu konveyer 6 m/min o‘zgarmas tezlik bilan harakatlanadi.
Osma konveyerlardan yana biri-ikki chiziqli burama konveyer bo‘lib, u pardozlash bo‘limlarida
ishlatiladi (15-rasm). Bunday konveyerlarda yarim mahsulotlar odatdagi kiyim ilgichlarda
tashiladi.
Uning burama valiklari diametri 30 mm po‘lat trubalardan yasaladi. Trubalarning tashqi
tomoniga diametri 5 mm sim o‘raladi. O‘ralish qadami 26 mm. Ikki chiziqli burama konveyerda
harakatlantiruvchi stantsiya valiklari ularni bir-biriga ulaydigan zanjir yordamida aylantirilib
turiladi. Vaqti-vaqti bilan ishlaydigan konveyerda transportyor lentasi vaqti-vaqti bilan harakatga


kelib, ish zonasi qadamiga teng masofaga suriladi va belgilangan harakat tezligiga mos vaqt
ichida to‘xtab turadi. Bunday konveyerning takti quyidagi qiymatga teng:
Vaqti-vaqti bilan ishlaydigan konveyerlarda transportyor lentasining harakat tezligi rostlagichi
tuzilish jihatidan har xil bo‘ladi.
To‘ntarilmaydigan kajavalari bor kichik gabaritli vaqti-vaqti bilan ishlaydigan qo‘shqavat
konveyerlar eni tor binolarda ishlatiladi.
16-rasm. Osma konveyer.
17-rasm. Osma konveyerning bir turi-ikki chiziqli burama konveyer.
Bunday konveyer jarayondagi ish o‘rinlari ikkita qatoriga xizmat ko‘rsatadi. 1-qatordagi ishchilar
ustki Shahobchadan, 2-qatordagilari esa ostki Shahobchadan foylanadilar. Bu konveyerning
kengligi tikiladigan buyum turiga qarab 0,4-0,6 m bo‘ladi.
Kam seriyali transportyorlar TMS-1 va TMS-2 kam seriyali buyumlar tikiladigan potoklarga
mo‘ljallangan.
TMS-1 o‘rnatilgan potoklarda 18-30 ta ish o‘rni bo‘ladi. Bu qurilmaning uzunligi ish o‘rinlari
nechtaligiga bog‘liq. Kengligi esa 1,32 m, lentasining harakat tezligi 6-8 m/min. Transportyorning
lentasi 2 ta bo‘lib, ularning ostki Shahobchasi salt yuradi.
TMS-2 (17-rasm) transportyorida faqat bitta vertikal-berk lenta bo‘lib, uning ikkala Shahobchasi
ham salt yurmaydi.
TMS-2 o‘rnatilgan bo‘limlarda 20-40 ta ish o‘rni bo‘ladi.Bu qurilmaning uzunligi ham ish o‘rnining
soniga bog‘liq. Kengligi esa 0,74 m, lentasining harakat tezligi 6-8 m/min. Qutichalar lentaning
ustki Shahobchasidan pastki Shahobchasiga va pastki Shahobchadan tuShiruvchining stoliga
avtomatik ravishda o‘taveradi.
18-rasm. Kajavasi bor, vaqt-vaqti bilan ishlaydigan konveyer.
19-rasm. TMS-2 transportyori.
Yuqorida tasvirlangan transportyorlar chalafabrikat solingan qutichalarni ish o‘rinlariga
avtomatik etkazib bermaydi. Ya’ni ular avtomatik adresli emas. Endilikda avtomatik adresli
transportyorlar TKT-1 (----rasm) ishlatilmoqda. Lentali konveyer TKT-1 ning Shartli belgilari


quyidagicha: 1-yurituvchi mexanizm; 2-ish o‘rni; 3-qutichalarni qabo‘l qilish joyi (ustki qavat); 4-
qutichalarni qaytarib yuborish joyi (ostki qavat); 5-transportyor lentasi; 6- tortuvchi qurilma; 7-
boShqarish pulti; 8-tokchali javon (qutichalarni va bichiq detallarini saqlaydigan joy); 9-rolikli
konveyer; 10-yordamchi konveyer; V1-konveyerning kengligi; V2-ish o‘rni bilan birgalikdagi potok
kengligi; L-konveyerning uzunligi (11,5 dan 49 m gacha); L1-javon va yordamchi konveyer bilan
birga konveyerning uzunligi (14,9 dan 52,4 m gacha); L2-ish joyining minimal uzunligi (16,5 m
dan 54 m gacha); t -ish o‘rnining oralig‘i (1,25 m). Potokda ishlaydigan ishchilar o‘rni 13 dan 73
tagacha bo‘ladi. Bunday transportyorlarda maxsus qutichalar ishlatiladi. (----rasm).
20-rasm. Chalafabrikatni ish o‘rniga avtomatik yetkazish uchun ishlatiladigan
quticha.Zamonaviy tikuvchilik korxonalarida tayyor kiyimlar omborlari avtomatlashtirilgan.
Omborlarga konveyer qatordan kelayotgan kiyimlarning asosiy ko‘rsatkichlari va soni elektron
hisoblash mexanizmlarida qayd qilinadi (20-rasm).
Har bir kiyim ko‘rsatkichlari va o‘lchamlari eHMga ulangan maxsus bosma qurilmasida
etiketkalar bosib chiqariladi. Konveyer qatorlardan uzatilayotgan kiyimlar ajratish
transportyorlari material tutgichlarida avtomatik ravishda kodlanadi va kiyim

Yüklə 161,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin