Dunyo okeani osti quyidagi yirik elementlarga bo‘linishi mumkin. Bular geoteksturalar yoki planetar morfostrukturalar: materikning suv ostidagi davomi, o‘tkinchi zona, okean lojasi va okean ostidagi suv osti tizmalari.
Materikning suv ostidagi davomi shelfdan, materik yonbag‘ridan va materik etagidan iborat. O‘tkinchi zona o‘z navbatida o‘tkinchi oblastlarga bo‘linadi. Har bir oblast tarkibida chekka kolovina yoki o‘rta dengiz, orollar yoyi va chuqur yoriq yoki cho‘kmalar. Okean Lojasi okean kotlovinalaridan va turli tipdagi balandliklardan tarkib topgan. Okean osti tizmalari rift va chekka zonalarga bo‘linadi.
Dunyo okeani ostining asosiy geomorfologik elementlarini maydoni. (Leontev va boshqalar, 1974 y)