Yevropada uyg`onish davridagi tilshunoslik Reja



Yüklə 24,25 Kb.
səhifə1/4
tarix29.04.2022
ölçüsü24,25 Kb.
#56654
  1   2   3   4
Yevropada uyg`onish davri tilshunosligi


Yevropada uyg`onish davridagi tilshunoslik
Reja:

  1. O`rta asrlarda umumiy va ratsional grammatika yaratish an’anasining vujudga kelishi.

  2. Xalqaro sun’iy tillar loyihalari va ularning ahamiyati.

  3. Rossiyada tilshunoslik.



Asosiy tayanch tushunchalar:

Qiyosiy lug`atlar, «Ratsional yoki falsafik grammatika» tushunchasi, sun`iy xalqaro tillar, esperanto sun`iy tili, «Rossiya grammatikasi» (1755yil) asari haqida.

Uyg`onish davri tilshunosligi XV-XVIII asrlarni o`z ichiga oladi. Uyg`onish davrining boshlanishi bilan cherkovning obro`-e`tibori susayib, antik davrga bo`lgan e`tibor, qiziqish, uni qadrlash kuchaya bordi. Anig`i, Uyg`onish davrining vakillari, ziyolilari yunon va rimliklarning boy milliy madaniyatiga murojaat qila boshlashdi.

Uyg`onish davri kapitalizmning feodalizm ustidan bo`lgan g`alabasi bilan yakunlandi. Shunga ko`ra ushbu davrda insoniylik g`oyalari, milliy o`zini anglash, san`at va adabiyotga bo`lgan qiziqish, fanga bo`lgan jiddiy qarash, e`tibor kuchaydi, o`sdi.

Yangi asr Yevropada Kolumb, Magellan, Galiley, Kopernik, Dekart, N`yuton, Leybnic, Lomonosov kabi dastlabki kashfiyotchilarni va ulkan olimlarni yuzaga chiqaradi.

Uyg`onish davrida, dastavval, dunyo tillari haqidagi ma`lumotlar ancha ko`paydi. Tilshunoslik fanining keyingi taraqqiyoti uchun muhim va zarur bo`lgan lisoniy materiallarni, faktlarni to`plash, yig`ish jarayoni amalga oshirildi.

Kapitalizmga o`tish, uning rivoji, millatlar va milliy tillarning yuzaga kelishi, milliy iftixor kabilar qator tillarning grammatikasini tuzishga, yaratishga undadi. Ayni davrda arman, fors, venger, yapon, koreys, ispan, niderland, Fransuz, ingliz, polyak, chex, nemis, ukrain va boshqa tillarning grammatikasi hamda leksikasiga oid asarlar yaratildi.

Ushbu davrda lisoniy materiallarni to`plab, yig`ib borish ularning mohiyatini tushunish, mazmunini anglash bilan birgalikda olib borildiki, natijada til haqida e`tiborli fikrlar o`rtaga tashlandi. Jumladan, faylasuf Bekon tildan boshqa aloqa vositasi mavjud desa, faylasuf Lokk tovush bilan tushuncha o`rtasida tabiiy bog`lanish yo`q, degan asosli fikrni ta`kidladi. Faylasuf Leybnic mantiqiy-matematik asosga qurilgan xalqaro til yaratish masalasini ko`tardi.

Ovrupo olimlarining – yunon va rimliklarning boy madaniy va ma`rifiy merosini egallashlari juda katta mehnat natijasida va lotin tiliga oid qator asarlarning-matnlarning nashr qilinishi hamda ularni sharhlash natijasida mumkin bo`ldi.

Antik (yoki klassik filologiya) davrining adabiy asarlarini nashr qilish va ularga lisoniy sharhlar yozishda, ayniqsa, quyidagi olimlarning xizmatlari, mehnatlari katta bo`ldi. Bular: Jyul` Cezar` Skaliger (1484-1558), Robert Stefanus (1503-1559), uning o`g`li Genrix Stefanus (1528-1598), Gerxardt Iogann Fossiy, Sharl` Dyukanj, Iogann Reyxlin, Iogann Melanxton va boshqalar.

J.Skaliger «Lotin tili asoslari haqida» (1540) asarini yaratgan bo`lsa, R. Stefanus «Lotin tili xazinasi» (1553) tadqiqotini e`lon qiladi. G.Stefanus esa yunon tiliga bag`ishlab, «Grek tili xazinasi» asarini chop ettirdi.

Ayni vaqtda Sharq tillarini, ayniqsa, semit tillarini o`rganishga bo`lgan qiziqish kuchaydi, semit filologiyasi maydonga keldi. Ya`ni qadimgi yahudiy, aramiy, arab, efiopiya tillari tadqiq qilindi. Qator asarlar yaratildi. I.Reyxlin qadimgi yahudiy tili grammatikasini (1506) yaratib… unda birinchi bo`lib, «affiks» terminini qo`lladi va bu termin XVI-XVIII asrlarda faol ishlatila boshlandi. P.de Alkam arab tili grammatikasiga oid asarlarini (1506) e`lon qildi. Yakov Xolius va erleniylar arab tili tadqiqi bilan shug`ullangan bo`lsalar, Iov Ludol`f efiopiya tili yuzasidan ish olib bordi.

Ayniqsa, XVI asrda qator tillarning – nemis (1527), Fransuz (1531), ingliz (1538), venger (1539), chex (1567), polyak (1568), slavyan (1596) va boshqa tillarning gramatikasiga oid asarlar maydonga keldi.

1696 yilda Angliyada (Oksford) Genrix Vil`gelm Ludol`f-ning lotin tilida tuzilgan «Rus grammatikasi» asari yaratildi. Birinchilardan bo`lib, ital`yan (1612) va Fransuz (1694) tili lug`atlari chop etildi.

Agar o`rta asr va Uyg`onish davrida klassik filologiyaning g`oyalari taraqqiy ettirilgan bo`lsa, XVII va, ayniqsa, XVIII asr tilshunosligida tubdan o`zgarish bo`lib, yangi tipdagi grammatika, lug`atlar-ko`p tomli katta lug`atlar maydonga keldi.

Ana shunday lug`atlardan biri rus sayyohi akademik Pyotr Simon Pallasning «Barcha tillar va shevalarning (lahjalarning) qiyosiy lug`ati» asaridir. 272 tilga oid to`rt tilli bu lug`at Peterburgda 1786-1791 yillarda nashr qilingan bo`lib, unda ruscha so`zlarning 272 tilga qilingan tarjimasi beriladi va qiyoslanadi. Bu lug`at qiyosiy-tarjima lug`at sifatida e`lon qilinadi. Mazkur lug`atga Osiyo, Evropa, Afrika va Amerika tillari kiritiladi, ushbu tillarga oid materiallar beriladi.

Yana bir katta lug`at ispaniyalik Lorenco Gervasning «Ma`lum xalqlar tillarining katalogi» (Madrid 1800-1804) asaridir. Ushbu lug`at 307 tilga oid leksik va grammatik ma`lumotlarni berishi bilan ajralib turadi.

Leksikografik tadqiqotlar yo`nalishida ma`lum bo`lgan ishlardan biri nemis olimlari I.K.Adelung va I.S.Faterlarning «Mitridat yoki umumiy tilshunoslik» lug`atidir. Ushbu lug`at 500 ta tilni qamrab olishi, ular haqida ma`lumotlar berishi bilan e`tiborga loyiq bo`lgan.

Xullas, ko`plab tillarni o`z ichiga olgan qator lug`atlarning nashr qilinishiga, ulardagi ma`lumotlarning to`liq va mukammal emasligiga qaramay, bunday ishlar tillarni taqqoslab, qiyosiy o`rganishga - qiyosiy – tarixiy tilshunoslikka zamin yaratdi.


Yüklə 24,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin