Yevrosiyoning geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefi



Yüklə 133,72 Kb.
səhifə10/13
tarix16.12.2023
ölçüsü133,72 Kb.
#180922
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1350805488 19027

Ordos yassi tog‘ligi. Ordos Xitoy platformasi ustida vujudta kelgan yassi tog‘likdir. Uning hududini bir qismi Ordos sineklizasiga va ikkinchi qismi Shanxay anteklizasiga to‘g‘ri keladn. Aksariyat qismining balandligi 1000-2000 m atrofida Yassi tog‘lik qumtoshlardan, qumli slaneslardan va gillardan tarkib topgan. Yer yuzasiniig‘ tuzilishida qum massivlari bilan qoplangan yassi tekisliklar, uzoq masofata cho‘zilgan pastqam joylar va qiya yon bag‘rli balandliklar birin-ketin takrorlanib ko‘pchilikni tashkil etadi. Ahyon-ahyonda uncha baland bo‘lmagan kryajlar ham uchraydi. Yassi tog‘likning 50% maydonini turli xil relef shakllariga ega bo‘lgan qum massivlari egallab olgan.
Tibet tog‘ligi. Tibet tog‘ligi Markaziy Osiyoning janubiy qismida joylashgan bo‘lib, Yer yuzidagi eng baland va yirik tog‘lik hisoblanadi. Tibetnint dentiz sathidan o‘rtacha balandligi 4000-5000 m ni tashkil etadi. Kenglik bo‘ylab cho‘zilgai tog‘ tizmalarining balandligi 6000-7000 m gacha yetadi. Keng bo‘ylama cho‘zilgai pastliklar tizmalarni bir-biridan ajratib turadi. Tibet tog‘ligining shimoliy va markaziy qismlarini relefi balandligi 4600-5200 m bo‘lgan yassi va to‘lqinsimon tekisliklardan hamda balandligi 6000 m dan ziyod bo‘lgan kenglik bo‘ylab cho‘zilgan, qiya yon bag‘rli tog‘ tizmalaridan iborat. Ayrim tog‘ cho‘qqilari uchun al’p tipidagi relef shakllari harakterli. Sina-Tibet va Himolay tog‘ tizimlariga tutash joylardagi tog‘oralig‘i botiqlarining balandligi 3500 m dan oshadi. Chekka tizmaparning yon bag‘rlari tik, kuchli parchalangan, daryo vodiylari tog‘lari 2000-3000 m chuqurlikkacha o‘yib tushgan.
Tibet tog‘ligining katta qismi qumtoshlardan, ohaktoshlardan, kvarsitlardan, gilli slaneslardan tarkib topgan. Granit va gneyslar ham keng tarqalgan. Uning poydevorini Xitoy platformasining tarkibiy qismi bo‘lgan Tibet massivi tashkil etadi. Tibet tog‘ligining shimoliy qismi gersin burmalanishida va janubiy qismi alp burmalanishida vujudga kelgan.
Old Osiyo tog‘liklari. Old Osiyo tog‘liklari. Osiyoning g‘arbiy qismida bir-biriga tutash joylashgan Kichik Osiyo, Armaniston va Eron tog‘liklaridan tarkib topgan. Bu tog‘liklar mintaqasiiing uzunligi g‘arbdan sharqqa qarab 4000 km masofaga va shimoldan janubga qarab 600-1500 km masofaga cho‘zilgan. Umumiy maydoni 3,6 mln km2. Yassi tog‘liklar relefi uchun hududiy yaxlitlik, yer yuzasining gipsometrik yuksakligi, ichki rayonlarini past tog‘liklar massivi egallab olganligi va chekka qismlarini baland tog‘ tizmalari o‘rab olganlik xususiyatlari harakterli. Ichki yassi tog‘liklarning dengiz sathidan balandligi 1000-2000 m bo‘lsa, chekka yassi tog‘liklarning balandligi 2000-4000 m ga yetadi.
Old Osiyo tog‘liklarining harakterli xususiyati shundan iboratki, ularning shimoliy va janubiy chekka qismlari yoy shaklida cho‘zilib yotgan bir necha tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan. Jumladan, Old Osiyoning shimoliy chekka qismida g‘arbdan sharqqa qarab cho‘zilib yotgan tog‘ tizmalari Qichik Osiyo tog‘ligida Pontiya tog‘laridan, Armaniston tog‘ligida Kichik Kavkaz va Eron Ozarboyjoni tog‘laridan, Eroy tog‘ligida Elburs, Turkman-Xuroson tog‘ tizmalaridan, Paropamiz va Hinduqush tog‘ tizmalaridan tarkib topgan. Old Osiyoning janubiy chekka qismida g‘arbdan sharqqa qarab cho‘zilib yotgan tog‘ tizmalari Kichik Osiyo tog‘ligida Tavr tog‘laridan, Armaniston tog‘ligida Armaniston Tavri va Kurd tog‘ tizmalaridan, Eron tog‘ligida Zagros, Makran, Sulaymon tog‘laridan va Xaybar tog‘ tizmasi yoyidan tashkil topgan. Materikning janubiy qismida Arabiston yarim orolida Arabiston tog‘ligi va Hindiston tog‘ligi mavjud.

Yüklə 133,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin