3. Ishqalanish va yeyilishni o’rganuvchi mashinalar.
4.Yeyilishga chidamli materiallarni aniqlash.
Yeyilma va uning turlari.
Yeyilma deb, ishqalanuvchi detallar ishqalanuvchi yuza ko’rsatkichlarining yeyilish va deformasiya jarayonida o’zgarishiga aytiladi. Uning chiziqli, massali va hajmli turlari mavjud. Chiziqli yeyilmani ta'sir etuvchi kuch yo’nalishiga perpedikulyar va uning miqdori yuzasiga o’tkazilgan normal bo’yicha aniqlanadi. Massali yeyilma deb, yeyilish jarayonida ajralib chiqqan zarrachalarning miqdoriga aytiladi. Hajmiy yeyilma deb, ishqalanish jarayonida ishqalanuvchi hajmining yeyilish va deformasiya ta'sirida o’zgarishiga aytiladi.
Halqaro standartlarda yeyilish miqdori etib chiziqli yeyilma qabul qilingan:
Yeyilmani aniqlash turlari
Eng oson aniqlanadigan yeyilma bu massaviy yeyilmadir. Shuning uchun uni amalda keng qo’llaniladi. Umumiy holda yeyilmani aniqlash turlari quyidagilar: mikrometrlash, tarozilash, profilograflash, sun'iy kertmalar usuli, radiaktiv izotoplar, siqilgan gaz va havo yordamida aniqlash.
Mikrometrlashda, tajribadan oldin va keyin o’lchash bilan aniqlanadi. Profilograflashda, profilgrammadan aniqlanadi.
Xosil bilgan profilogrammani ishlash yo’li bilan, ya'ni yeyilgan va yeyilmagan yuzalarni profilogrammasini olib ishlash yo’li bilan g’adir-budirlikni o’rtacha balandligi aniqlanadi. Tarozilash standartlashgan usullardan biri bo’lib, mashina detallari yeyilmasini moy tarkibida xosil bo’lgan zarrachalar miqdorini oshib borishiga qarab aniqlanadi. Bunda detal burlari bo’yicha yeyilma miqdorini aniqroq baholash uchun spektral tahlil ham qilinadi.
Radiaktiv qurilmalar radiaktiv nurlanish xossalaridan foydalanishga asoslangan. Chiziqli o’lchamlarni o’lchash uchun radiaktiv nurlar materialdan o’tganda bir qismi yutilib, qolgan qismi qaytishiga asoslangan usuldan foydalaniladi.