3. MDP-1 diskli mashinasi, materiallarni ishqalanish koeffisientini va yeyilish tezligini aniqlash uchun mo’ljallangan.
3. MDP-1 diskli mashinasi, materiallarni ishqalanish koeffisientini va yeyilish tezligini aniqlash uchun mo’ljallangan.
4. MPT-1 mashinasi, materiallarni normal va yuqori haroratda ishqalanish jarayonini o’rganishga mo’ljallangan.
5. MAST-1 mashinasi, materiallarni antifriksion xossalarini baholash uchun mo’ljallangan. U materiallarni normal va yuqori haroratda, yog’lab va yog’lamasdan tekshirish uchun, ishqalanish koeffisientini, metalldagi yog’lovchi qoplamani kritik haroratini, ishqalanayotgan materialning yeyilishga baholash uchun mo’ljallangan.
6. MPI-2 mashinasi plastmassalarni abraziv yeyilishini tekshirish uchun mo’ljallangan.
Yeyilishga chidamli materiallarni aniqlash.
Material tanlash quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
A. Ishlash sharoitini tahlil qilish.
1. Bu bosqichda quyidagi ishlar bajariladi:
-tashqi muhit tasnifi va yuklanish sharoiti aniqlanadi;
Tahlil asosida ishqalanuvchi juftlikni loyihalash uchun texnik vazifa tuziladi.
B. Materialni boshlang’ich tanlash. Bir gurux materiallar asosida ayrimlari alohida qilib olinadi.
V. Ishqalanuvchi uzelning ishlash qobiliyatini konstruktiv hisoblash yo’li bilan baholash. Uzelning eng maqul shakli va o’lchamlari aniqlanadi, tutashmaning tirqishlari va qo’yilgan yukka bardoshliligi aniqlanadi, ishqalanish koeffisienti aniqlanib, uzelning yeyilish tezligini hisoblab topiladi va uning natijasida konstruktiv o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.
G. Yakuniy tanlov. Hisob kitoblar asosida detal uchun tanlangan materiallar ekspluatasiya sharoitida sinaladi. Oldin laboratoriya sharoitida, so’ngra bevosita stendda sinaladi. Oxirida bevosita ishqalanuvchi uzelda tajriba qilinib, sinalgan bir nechtasini ichidan eng yaxshisini tanlab olinadi.