Detallarning ish chizmalarini chizishda ularning o’lchamlari bevosita yig’ish chizmasidan lineyka va sirkul, yig’ish chizmasi masshtabini nazarda tutgan holda o’lchab olinadi.
Yig’ish chizmasini detallarga ajratib chizishdan oldin spetsifikatsiya bilan tanishib chiqish lozim. Spetsifikatsiyadaga pozitsiya nomerlariga qarab yig’ish chizmasidan har bir detalning tasviri shakli va o’lchamlari aniqlanadi.
Bir detalning o’zi hamma qirqimlarda bir tomonga shtrixlanishi, tutash (yondosh) detallar esa turli yo’nalishlarda shtrixlanishi esda tutish zarur.
Detalning ish chizmasidagi tasvirlarning joylashishi yig’ish chizmasidagiga o’xshash bo’lishi shart emas. Ko’rinishlarni, qirqimlarni va kesimlarni chizishda GOST 2.305-68 tavsiyanomalariga amal qilish zarur.
Detallarning ish chizmalari standart formatli alohida listlariga chiziladi.
Yig’ish chizmasiga asosan detalning ish chizmasini bajarish misoli. Yig’ish chizmasida (12-shakl) quyma buyumlarni karbonat angidrid gazini purkab tozalash uchun mo’ljallangan klapan – pistolet tasvirlangan.
12-shakl
Detallarga ajratishga kirishdan oldin buyumning tuzilishi va bu buyumning ishini tushuntiruvchi tekstini ukib chikish va buyumning shakli to’g’risida umumiy tasavvur hosil qilish kerak
Yg’gma birlikning (12-shakl) vazifasi va tuzilishini aniqlab olgandan keyin spetsifikatsiyasining mazmuni (13-shakl) bilan tanishib chiqish kerak.
Har bir detalning shaklini ko’z oldimizga keltirib olganimizdan keyin (13-shakl) detallarni o’quv ish chizmasini bjarishga kirishish mumkin.
Klapan-pistolet korpusining ish chizmasi 14-shaklda keltirilgan.