1.1991-yil 31-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqilligi eʼlon qilingan. Inson uchun ozodlikdan qadrli neʼmat yoʻq.1991-yil 1-sentabr xalqimizning maʼnaviy hayotida beqiyos oʻrin egallagan har yili eng ulugʻ, eng aziz bayram sifatida katta shodu xurramlik bilan nishonlanadigan qutlugʻ ayyomga aylandi.
2. Oʻzbekiston Davlat Bayrogʻi
Davlat Ramzlaridan biri hisoblangan bayroq 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan va '407-XXI sonli qonun bilan tasdiqlangan hisoblanadi.
Bayroqning uzunligi 250 sm, kengligi 125 sm ga teng.
Davlat Gerbi
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi 1992-yil 2-iyulda Oliy kengashning oʻninchi sessiyasida qabul qilingan.
Davlat Madhiyasi
Oʻzbekiston Davlat Madhiyasi 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan va Oliy Kengashning XI sessiyasida tasdiqlangan. Madhiya xalq shoiri Abdulla Oripov she'ri va Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan. Madhiya oʻn olti qator va ikki naqorotdan iborat hisoblanadi.
3. O’zbekiston Davlat Konstitutsiya
1992-yil 8-dekabrda 12-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan. „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida“gi Konstitutsiyaviy qonun (1991-yil 31-avgust) ushbu Konstitutsiya uchun asos boʻlib xizmat qilgan.
4. 2023 yil shiori.
O‘zbekistonda 2023 yil «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb e’lon qilindi.
5. Oʻzbekistonning ma’muriy-hududiy boʻlinishi.
Oʻzbekistonning ma’muriy-hududiy boʻlinishi 2012-yil holatiga koʻra uch bosqichga ega: birinchi bosqichga 12 viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahri kiradi.
6. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79-moddasida vakolatlari berilgan. Qonunchilik palatasi, uning Kengashi majlislariga tashkiliy-texnik xizmat koʻrsatilishini ta’minlash;
ish yuritishni olib borishda Qonunchilik palatasining qoʻmitalariga (komissiyalariga), deputatlar birlashmalariga va Qonunchilik palatasi Devonining tuzilmaviy boʻlinmalariga uslubiy yordam koʻrsatish.
7. Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari.
Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari hozirgi vaqtda 150 nafar azodan iborat.
8. Senat azolari.
Hududiy vakillik palatasi bo‘lgan Senat a’zolari teng miqdorda – Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridan 6 nafardan – jami 84 nafardan saylandi. 2020-yilgi Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotlariga koʻra, 23 nafar ayol senator va 61 nafar erkak senator boʻlgan edi. 84 nafar senatordan 77 nafari yoki 92 foizi oʻzbeklar, 3 nafari qoraqalpoqlar, 2 nafari tojiklar, 1 nafari qozoq va 1 nafari ruslar boʻlgan edi.
9. Prizident va Vazirlar mahkamasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi — Oʻzbekiston Respublikasi hukumati; ijro etuvchi hokimiyatning markaziy organi.
10. O’zbekiston Respublikasing Chegaradosh Davlatlari.
O.zbekiston Respublikasi 5ta Davlat bilan chegaradosh Qozog’iston, Qirg’isizton, Tojikiston, Afg’oniston va Turkmaniston.
11. 2026 yildagi rejalari.
Mamlakatimizni 2017 — 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.
12. Maxam-Chirchiq Aj.
Maxam-Chirchiq Aj Mineral o’g’itlar, Kimyoviy maxsulotlar, Qatronlar, katalizatorlar va Xalq iste’monlar maxsulotlar ishlab chiqaradi.
13. Mexnat kodeksi.
Mehnat kodeksi — mehnat haqidagi qonunlarining muayyan tizimga solingan majmui. U mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjati hisoblanadi.
14. Mexnat shartnomasi.
Mehnat shartnomasi - xodim bilan ish beruvchi oʻrtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim boʻyicha ishni ichki mehnat tartibiga boʻysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuv.
15. Dastlabki sinov.
Dastlabki sinov — OʻzR MKning 84-m.siga asosan xodimni ishga qabul qilish chogʻida uning topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib koʻrish, xodim mehnat shartnomasida shartlashilgan ishni davom ettirishining maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishiga imkon berishidir.
16. Mexnat shartnomasini bekor qilish.
Mehnat shartnomasini bekor qilish deganda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni tugatish tushuniladi.
17. Hujjat turlari.
1.Ariza
Ariza (huquqda) (arz) — davlat organi, sud, korxona, muassasa, tashkilotga, jamoat birlashmasi va fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlariga biron-bir masala boʻyicha yakka tartibda yoki jamoa boʻlib ogʻzaki yoxud yozma ravishda qilingan shikoyat.
2.Tushuntirish xati.
Tushuntirish xati xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo'lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo'llanuvchi hujjatdir.
3.Dalolatnoma.
Dalolatnoma — muayyan shaklda tuzilgan rasmiy yozma yuridik hujjat.
4.Bayonnoma.
Bayonnoma — biror masala yuzasidan rasmiy yozma bayonot, bildirish, tushuntirish.
18.birinchi Tez yordam.
Birinchi Tez yordam berish Suniy nafas berish, suniy masaj qilish, qo’l singanda bog’lash zaxarlanganda zaxarlangan joydan op chiqish va hokazolar.
19.Yong’in xafsizligi qoidalari. birinchi yong’in ochirish qoidalari.
Yonuvchi narsa va suyuqliklar olovdan va isitish asboblaridan uzoqda saqlanishi kerak;
Nosoz elektr asboblaridan foydalanish mumkin emas;
Bir nechta elektr asboblari vilkalarini bir razetkaga birdaniga tiqma;
Gugurt o’yinchoq emas, buni doimo yodda tut;
Yong’in sodir bo’lib qolsa uydan tez chiqishga halaqit bermasligi uchun zina maydonchalari, balkon ortiqcha buyumlardan xoli bo’lishi kerak;
Transport vositalarida ham yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qil;
Transport vositalarida yonuvchan moddalarni olib yurish taqiqlanadi, yengil alangalanuvchan suyuqliklarni yo’lovchilar ko’p vagonda tashish juda xavfli;
Uyda iloji bo’lsa ixcham o’t o’chirgich hamda telefon oldida avariya xizmatlari telefon raqamlari ko’rsatilgan qo’llanma osig’liq turishi lozim
Birinchi yong’in o’chirish vositalari suv, qum ,agnitushitel ,Uglekislotali o’t o’chirgich, Kukunli o’t o’chirgich
20. sanoatda va xizmat ko'rsatish sohalari da qanday shaxsiy muxofaza vositallari qo'laniladi.
Kaska, shitok, qo’lqop, maxsus kiyim, niqob(prativa gaz) va hokozalar.
21.BMT
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) — Yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945-yil 24-oktyabrda tuzilgan.
BMTning doimiy ish oʻrni (shtab kvartirasi) New Yorkda joylashgan.
Bundan tashqari, tashkilotning rasmiy tillari — ingliz, fransuz, rus, ispan va xitoy tillari boʻlib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi.
22.Azo bo’lishi.
Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan keyin koʻp oʻtmay — 1992-yil 2-martda BMTga aʼzo boʻldi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarildi. 1993-yil 24-avgustda BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi.
23. Hozirgi kunda Respublikamizda yuz berayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohatlat.
Internet bor oziz toping !!!!!!!!!!