Yil dekabr oyining o'zida frontdagi askarlar tarafidan jami besh million olti yuz to'qson bir litr aroq ichilgan


 Ulug' Vatan urushida 6 mingdan ziyod it ham faol ishtirok etgan. 16



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə2/3
tarix14.06.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#61463
1   2   3
2-jahon urush haqida

15. Ulug' Vatan urushida 6 mingdan ziyod it ham faol ishtirok etgan.
16. Urush davomida sanitar itlar jang maydonidan 7 mingga yaqin yarador ofitser va askarlarni olib chiqqan. Sapyor itlar esa uch yuzga yaqin yirik shaharlarni minadan tozalagan. Sanitar itlar jang maydonidagi yarador hushidan ketgan bo'lsa, uning yuzini yalagan. To hushiga kelmaguncha yalashda davom etgan.
17. 1942 yil dekabr oyidan Germaniyada haftasiga bir marta «Nutq» deb nomlangan nemis gazetasi sof rus tilida chop etilgan.
18. Sobiq sovet askarlarining ovqatiga albatta narkotik qo'shib berilgan.
19. Nemis qo'shinlariga urush avvalida to'rt yuz mingga yaqin politsiyachi ko'ngilli sifatida kelib qo'shilgan. Ammo oradan ko'p o'tmay, ular sovet partizanlari safiga qochib o'tib ketgan.
20. Gitler xavfli dushman sifatida Stalinni emas, balki diktor Yuriy Levitanni tan olgan ekan.
https://hordiq.uz/2019/10/11/xoh-ishonmang-xoh-ishonmang-3/?lang=lat

kkinchi Jahon Urishi haqida bilishimiz kerak bo’lgan faktlar


Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 1 sentyabrdan 1945 yilning 2 sentyabriga qadar davom etgan bo’lib, insoniyat tarixidagi eng yirik qurolli urush hisoblanadi. Bu urushda o’sha davrda mavjud bo’lgan 73 ta davlatlardan 62 tasi ishtirok etgan – bu dunyoning 80% ini tashkil etardi.
Hozirgi kunda Ikkinchi jahon urushi yadroviy qurol qo’llanilgan yagona urush hisoblanib kelinmoqda. 
Ikkinchi jahon davrida harbiy harakatlar 40 ta mamlakat hududida olib borilgan. 
Dunyo bo’yicha qurbonlar soni 65 million kishini tashkil etadi, shulardan 26 millioni SSSR fuqarolari, 500 000 nafari esa vatandoshlarimiz bo’lgan.
Ushbu urush natijasida ba’zi mamlakatlar mustaqillikka erishdi: Efiopiya, Islandiya, Siriya, Livan, Vyetnam, Indoneziya.
Gitlerning taxmini bo’yicha, Sovet Ittifoqi 1941 yilning o’zidayoq yo’q bo’lib ketishi kerak edi. 

Leningrad Blokadasi davrida turli hisoblarga ko’ra, 600 mingdan 1,5 milliongacha inson halok bo’lgan. Ularning faqatgina 3% bombardirovka va otishmalar qurboni bo’lgan, qolgan 97%i ochlikdan o’lgan.
Urushgacha Leningrad Sovet Ittifoqining yirik sanoat markazlaridan biri bo’lgan. Blokadaga, o’lim, ochlik va ko’pgina zavodlarning yopilishiga qaramasdan shahardagi korxonalar ishlashdan to’xtamagan. 
Hayoti davomida Gitlerga 20 marotaba suiqasd uyushtirilgan, ulardan birinchisi 1930 yilda sodir bo’lgan bo’lsa, oxirgisi 1944 yilda sodir bo’lgan.

1945 yilning 30 aprel kuni, Berlin Sovet askarlari bilan qurshab olinganda Adolf Gitler rafiqasi Yeva Braun bilan birgalikda o’z joniga qasd qilishgan. Ularning jasadlariga benzin sepib, yoqib yuborilgan.
Ulug’ Vatan urushining boshlanishida Qizil Armiya safida 4 million nafar askar qo’lida qurol bilan turgan bo’lsa, urush davomida Vatan himoyasi uchun yana 29 million nafar odam chaqirildi. 
Ikkinchi jahon urushi davridagi Stalingrad jangi insoniyat tarixidagi eng qonli to’qnashuvlardan biri bo’ldi. 1942 yilning 17 iyunidan 1943 yilning 2 fevraliga qadar davom etgan bu jangda 470 ming Sovet askarlari va 300 ming nemis askarlari halok bo’ldi. Sovet qo’shinlarining bu jangdagi g’alabasi Sovet Ittifoqining siyosiy va harbiy nufuzini oshirdi.

Nemis qurolli kuchlarining so’zsiz kapitulyatsiyasi 7 may kuni Frantsiyaning Reyms shahrida imzolandi. Germaniyaning kapitulyatsiyasi markaziy Yevropa vaqti bilan 8 may 23:01 da, Moskva vaqti bilan esa 9 may 01:01 da kuchga kirdi.
Ikkinchi jahon urushi esa 1945 yilning 2 sentyabrida Amerikaning linkorni “Missuri” bortida Yaponiyaning so’zsiz kapitulyatsiyasi haqidagi aktning imzolanishi bilan tugadi.

https://odam.uz/Qiziqarli/ikkinchi-jahon-urishi-haqida-bilishimiz-kerak-bo-lgan-faktlar
O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qahramonlari xotirasiga bag‘ishlangan xotira.archive.uz sayti ishga tushirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu sayt orqali Ikkinchi jahon urushida qatnashgan askarlar, urush qahramonlari haqida to‘liq ma’lumot olish mumkin. Ushbu loyiha G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan taqdim etildi.
Ma’lumot uchun, Rossiyada ham xuddi shunday pamyat-naroda.ru sayti ishga tushirilgan. Unda urush faxriysining ismi-sharifi kiritilsa bas, uning jangavor hayot yo‘li (qachon urushga yuborilgan, qaysi frontt chizig‘ida xizmat qilgan, jangavor mukofotlari) haqida ma’lumotlar taqdim etiladi.(2020-yil 6-maydagi ma’lumot)
https://qalampir.uz/uz/news/uzbekistonda-ii-zha%D2%B3on-urushi-k-a%D2%B3ramonlari-%D2%B3ak-ida-ma-lumot-beruvchi-sayt-ishga-tushdi-18998
kkinchi jahon urushi tarixidan. Dnepr daryosini kechib o‘tishda Toshkentda tuzilgan 441-o‘qchi diviziya jangchilari alohida jasorat namunalarini ko‘rsatdilar. Fashistlar o‘q yog‘dirib, ularni yo‘q qilishga qattiq harakat qiladi. Tirik qolganlardan 10 jangchi rota komandiri Jo‘raxon Usmonov boshchiligida madad kelgunicha ikki kecha-yu kunduz istehkomni mahkam egallab turdi. Nihoyat, yordamga qo‘shimcha bo‘linmalar kelishga ulgurdi. Bo‘linmaning barcha jangchilari yuksak mukofotlarga sazovor bo‘ldi.
Jo‘raxon Usmonov o‘zbekning mard va jasur farzandlaridan. Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi Savat qishlog‘ida tug‘ilib o‘sgan Jo‘raxon navqiron yoshida frontga otlanadi. Urush shoshilinchi bo‘lsa ham harbiy bilimlarni puxta egallab, jangovar qurollarni to‘la-to‘kis o‘rganadi. 1943 yilning kuzida Belarusda serjant Jo‘raxon Usmonov xizmat qilayotgan qismga “Soj daryosidan o‘tib, uning g‘arbiy yoqasidagi plasdarm egallansin”, degan jangovar buyruq keladi. Bu murakkab va og‘ir topshiriqni bajarish uchun baquvvat, kuchli askarlar tanlab olinib, shturmchi otryad tuziladi. Ular orasida o‘zbek jangchisi Jo‘raxon Usmonov ham bor edi. Baquvvat, kelishgan Jo‘raxon otryad komandirining yordamchisi etib tayinlanadi. Otryadning maqsadi qat’iy: qo‘qqisdan hamla qilib, tong yorishguncha dushman egallab turgan tepalikni tozalab uni to‘la ishg‘ol qilish edi. 1944 yilda chiqarilgan jangovar varaqada bu jang tafsilotlari, o‘zbek farzandi serjant Jo‘raxon Usmonovning ko‘rsatgan jasorati haqida shunday deb yozilgan: “...Tepalik yoniga Usmonov guruhi yashirincha chuqurlikdan o‘tib bordi. Shunday bo‘lsa ham dushman payqab qoldi va birdan tarillab pulemyot ishga tushadi. Jangchilar yerga yotib oladilar. Tepalikning tagi ochiq bo‘lib barcha xatti-harakatlar dushman nazorati ostida edi. Qilt etishning iloji yo‘q. Tong yaqinlashib kelayotir. Vaqt ziq. Ana shunda Usmonov bir qarorga keladi... Jo‘raxon pulemyot otib turgan tepalikka emaklab boradi. Yo‘lda granatasini chekasini sug‘urib dushmanga qaratib irg‘itdi. Granata pulemyotchining naq ustiga tushib portlaydi. Olov, o‘t, o‘lim yog‘dirib quroldosh do‘stlarini qirayotgan pulemyot tinadi... Lekin jang davom etardi. Ertalab dushman jangchilarimizni egallab olgan pozitsiyasidan surib chiqarmoqchi bo‘lib, hujum boshlaydi... Patronlar tamom bo‘layotgan, granata ham tugagan edi. Boz ustiga shu payt otryad komandiri leytenant Ozerovga o‘q tegib qattiq yarador bo‘ladi. Mas’uliyatni Jo‘raxon o‘z zimmasiga oladi. Jangchilarning yuzida dovdirash alomatlari paydo bo‘lganini ko‘rib, serjant Usmonov: “Bir qadam ham chekinmaysizlar! Dushmanni yo‘q qilguncha shu yerda turamiz!” deydi. Komandirning epchilligi va topqirligi jangchilarni ancha ruhlantiradi... Jang yanada ashaddiy tus oladi. Jo‘raxonning o‘zi o‘n fashistni o‘ldiradi. Qolganlarini uning jangchilari va yetib kelgan bo‘linma askarlari qirib tashlaydi”. Serjant Jo‘raxon Usmonov avvalgi ko‘rsatgan qahramonliklari uchun Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlangan edi. Bu jangda ko‘rsatgan mardligi, jasorati, qahramonligi uchun unga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni beriladi.
Дnеprni birinchi bo‘lib kechib o‘tganlar orasida buxorolik starshina Vali Nabiev, andijonlik Qambarali Do‘stmatov, qoraqalpog‘istonlik Xudoybergan Shoniyozov, shofirkonlik Xalloq Aminov, romitanlik Sharif Ergashev, Buxorodan chiqqan T.A.Tixonov va boshqalar bor edi. Dneprni kechib o‘tishda, uning o‘ng qirg‘og‘idagi istehkomlarni egallashda ko‘rsatgan jasorati uchun jami 26 o‘zbek yigitiga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan. Kurskdagi g‘alaba va dushmanning Dneprdan uloqtirib tashlanishi natijasida Ikkinchi jahon urushining borishida tub burilish yasaldi, harbiy strategik tashabbus dushman qo‘lidan batamom tortib olindi. Stalingraddagi g‘alaba Gitler Germaniyasining yengilishi muqarrarligini ko‘rsatgan bo‘lsa, Kursk va Dneprdagi g‘alaba fashist qo‘shinlarini halokatga mahkum etdi.
Bir kuni O‘zbekiston televideniesining “Axborot” dasturida muharrir bo‘lib ishlayotgan hamkasblarimdan Abdumajit Azimov meni ko‘rib, salomlashdida:

– Hech aytolmay yurgan edim, iltimos, – dedi biroz iymanib. – Mening otam Ikkinchi jahon urushining qatnashchisi, nogiron, orden va medallari ham bor va biroz sukut saqlab ma’yus ohangda, urushdan avval ne-ne orzulari ham bo‘lgan ekan, – deb qo‘shib qo‘ydi. Ilgarilari dutorni «o‘ynatib» chalar, uni «gapirtirib» yuborar ekan. Dutor chertishda unga teng keladigan odam yo‘q ekan, – dedi tirik otasi haqida negadir o‘tgan zamonda.


Abdumajit menga bundan qariyb yarim asr ilgari otasi tushgan suratni ko‘rsatdi.Hamkasbimning otasi yoshligida – uzun bo‘yli, qaddi-qomati kelishgan yigit bo‘lgan ekan. Navqiron yigitlik chog‘ida tushgan bu suratda u Neva daryosida qayiq palubasida ko‘ylagining ikki yengini bilagigacha shimarib olgan va qon tomirlari, paylari burtib chiqqan baquvvat qo‘llari bilan ikki do‘stini quchoqlab turar edi. Ular – 25-27 yoshlar chamasidagi novqiron yigitlar edi. Barchasining nihoyatda baxtiyorligi chehrasidan ufurib turar edi. Bu fotosurat Hamza nomidagi O‘zbek akademik katta drama teatrining (hozirgi O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri) urushdan oldin Leningrad (Sankt-Peterburg)ga gastrolga borgan paytida suratga tushirilgan ekan.

Qahramonim yonida o‘zbek sahnasining bo‘lajak mashhur yulduzlari – aktyorlar, o‘sha kunlarda butun respublikaga taniqli O‘zbekiston xalq artistlari, navqiron: Shukur Burxonov, Nabi Rahimov, Amin Turdievlar suratdan menga qarab turishar edi.


Qahramonimning qon tomirlari bo‘rtib chiqqan bilagigacha ochiq kuchli qo‘llari nigohimni o‘ziga qayta-qayta tortar edi. Buning sababi bor edi.
Urushda u portlab turgan snaryadlar, yog‘ilib turgan o‘qlar ostida Висла daryosidan kechib birinchilar qatorida narigi qirg‘oqqa o‘tib, o‘rnashib, nemislar jangini qaytarib turganda uning yonginasiga dushman snaryadi tushib portlaydi. Ko‘zoldi qorong‘ulashib, keyingi voqealarni qahramonimiz eslay olmaydi. Gospitalda ko‘zini ochganda, ikkala qo‘li ham yelkasiga qadar kesib tashlangan edi. O‘sha dutor torlarini mohirlik bilan chertadigan o‘ynoqi qo‘llaridan, musiqiy barmoqlari-yu, baquvvat bilaklaridan mahrum bo‘lgan edi. Ikki qo‘li yo‘q nogironning urushdan keyingi hayotini esa aytmasa ham bo‘ladi. U nafaqaga chiqqunga qadar Toshkent bozorlarining birida bozorqo‘m vazifasida mehnat qilib, muhrni tishi bilan tishlab qog‘ozga bosgan.
Висла daryosi uchun kurashda jarohatlangan qahramonim jonini gospital vrachlari arang saqlab qolgan, hamkasbim mendan otasi haqida Buyuk g‘alabaning 40 yilligiga, bundan 35 yil muqaddam reportaj tayyorlashimni iltimos qilganda bu haqda menga negadir hech narsa degan emas edi.
Qattiq ta’sirlanganimdan xayolimni ham yo‘qotib qo‘yay deganman. Bir payt hamkasbimning baqirib chaqirgan ovozidan o‘zimga keldim. «Topdim xodni», reportajni “qanday berish yo‘lini topdim”, deb yubordim. Xayolimga kelgan bu fikr qandaydir buyuk bir kashfiyotdek tuyuldi menga.
– Men bu reportajni qilaman, – dedim qat’iy suratda o‘zimga-o‘zim.

Qaynoq, azob va ayni bir paytda lazzatlarga to‘la ijodiy jarayonni boshdan kechirib, lavha matnini bitdim. Mana u tayyor. Endi shu so‘zlarga, ehtiroslarga, obrazli badiiy tashbehlarga boy, qahramonim boshidan kechirgan azob va uqubatlariga monand, televizorchilar so‘zi bilan aytganda, «tasviriy qatorni» suratga tushirish qolgan edi.


Nima ham sabab bo‘ldiki, suratga tushirish jarayonida o‘zim ishtirok eta olganim yo‘q. Aytgandek, men shu paytda urush avjiga chiqqan Afg‘onistondan “Vremya”ning maxsus muxbiri Mixail Leshinskiyning operativ reportajini Toshkent yonidagi Chkalov aeroportiga uchib kelgan harbiy samolyotdan olib fuqarolar tayyoragohidan Moskvaga Domodedovo aeroportiga zudlik bilan jo‘natib yuborishim kerak edi.
Shu kuni men kinooperatorim Qo‘ysin Ro‘zmatovning (Alloh rahmat qilgan bo‘lsin) qo‘liga tayyor bo‘lgan reportaj matnini ushlatib, shu yerda nima haqda gap ketayotgan bo‘lsa barchasini suratga tushirasiz, ayniqsa, fotosuratdagi qahramonning baquvvat bilaklarini umumiy plandan yirik planga «наезд», «отъезд» qilib, ta’sirchan planlarda tasvirga oling, devorga osig‘liq turgan dutorni esa umumiy, o‘rta, torlarni esa yirik va o‘ta yirik planlarda, maxsus undalma berib oling, bosh qahramonni Anhor bo‘yida suratga tushirish yodingizdan chiqmasin, u Visla daryosi bo‘yida ikki qo‘lidan ajralgan-a, erinmang, mahoratingizni ko‘rsating, dedim-da, ishlarimiz o‘ngidan kelsin, deb, yuzimga fotiha tortdim.
Operator ikki kun davomida lavhani suratga tushirdi. So‘ngra men reportajim matnini o‘qib, ovozimni magnit tasmasiga yozdim-da, proyavka qilinmagan rangli kinolentani o‘z qutisiga solib har galgidek, Moskva, Korolyova ko‘chasi 12-uy, «Vremya» dasturiga, deb yozib aeroportga olib chiqib jo‘natdim.
Ma’lumki, ilgarilari 9 may kunlari «Vremya» dasturida faqat Moskvaning Qizil maydonidagi harbiy paraddan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reportaj olib berilar va Ittifoqdosh respublikalar poytaxtlari hamda Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan, nemis-fashistlari ustidan g‘alaba qilgan davlatlar poytaxtlarida o‘tgan namoyishlar haqida kichik-kichik syujetlar bo‘lar edi.
Shu sababli bizning lavhamiz efirga berish kuni nuqtai nazaridan 6 -, yoki 7- , eng oxirgi kuni 8 - mayda – G‘alaba kuni arafasida efirga chiqish ehtimoli bor edi.
Reportajimizning efirga chiqishini orziqib kutadigan damlar ham yetib keldi. Lekin, 6 may ham o‘tdi – reportaj berilgani yo‘q, 7 may ham o‘tdi – reportajdan darak yo‘q, 8 may kungi «Время» ham boshlandi. Agar bugun berilmasa, ertaga material aktualligini yo‘qotadi va umuman berilmasligi ham mumkin, dedim o‘zimcha. Sababi, ertasiga Moskvadagi Qizil maydonda o‘tadigan harbiy paraddan reportaj olib berilar edi, holos.
«Время» dasturida yana bir holat mavjud эdi. U ham bo‘lsa, haqiqiy va shafqatsiz ijodiy raqobat edi. Axir, SSSR Teleradioqo‘mitasining qariyb hamma ittifoqdosh respublikalarda, Rossiya, Boltiqbo‘yi, Ukraina, Qozog‘iston respublikalarining bir qator yirik viloyatlarida ham, shuningdek, 60 dan ziyod chet davlatlarida o‘z muxbirlik punktlari, u yerda faoliyat ko‘rsatayotgan maxsus muxbirlari bor edi. Buning ustiga urushda yongan, bombardimon qilinib yer bilan yakson bo‘lgan qanchadan-qancha shahar va qishloqlar, janggohlarda jasoratlar ko‘rsatgan ne-ne qahramonu pahlavonlar bor edi. Shu sababli urushdan uzoq bo‘lgan O‘zbekistondagi bir nafar urush qatnashchisi haqidagi reportaj bunday xotira va bayram kunlari efirga ketmay qolishi ham mumkin degan xayolda televizor ekrani oldida o‘tirganimda, bir mahal diktor kadrga chiqib:
Endi sizning diqqatingizga O‘zbekistondagi muxbirimizning (ismi-sharifim qayd qilinib) urush qatnashchisi Malik Azimov haqidagi lavhasini taqdim etamiz, – deb, «Vremya» ning Ikkinchi jahon urushiga bag‘ishlangan butun bir materiallar bloki o‘zbekistonlik qahramon haqidagi lavha bilan boshlandi.
Reportajning saqlangan qismini originalda keltirayapmiz.
Matn «Время» dasturining firma qog‘oziga bitilgan:
Дата события: 15 апреля 1985 г. *
Оператор: К Разуматов, Автор: И.Абдухаликов (Ташкент)
Редатор: А.Федорович (Москва)
Жизн – подвиг. К 40 летию Победы
Диктор (в кадре) – Об одном из участников Великой Отечественной войны, ветеране войны и труда из Узбекистана Малике Азимове рассказывает наш ўзбекский корреспондент...
Fotosurat ...
Leningradda Neva daryosida ketayotgan kater palubasida o‘zbekistonlik bir guruh yosh aktyorlar bir-birlarining yelkalariga qo‘llarini tashlashib, xursand holda suratchining fotoapparat tugmachasini bosishini kutib turishibdi. Keyingi kadrda – Malik Azimovning surati yirik planda ko‘rsatiladi.
Корр (за кадром) – Посмотрите, вот на этого молодого человека, крепко-накрепко обнявшего своих друзей. Это – Малик Азимов. Фотография снята в 1930 году, когда он в составе артистической молодёжи из Узбекистана, с гастролями приехал в Ленинград.
Если внимателно присмотрется то, среди них можно увидет и Наби Рахимова и Шукура Бурханова, ставших затем знаменитыми мастерами ссены, народными артистами СССР, Лауреатами Государственных премий СССР.
Не берам на себя смелос утверждат, что точно также могла бы сложится судба и Малика Азимова. Но, как свидетелствуют его коллеги, в нем было все, что необходимо для настоящего актера. Пленял он и прекрасной исполнителской манерой, обаянием, а ещё какой-то особой, исходящей iz glubinы dushi эnergiey i vdoxnoveniem.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin