Yilda Musiqa madaniyati yo’nalishi bo’yicha quydagi ishlar amalga oshirildi



Yüklə 22,94 Kb.
tarix02.05.2023
ölçüsü22,94 Kb.
#106404
HISOBOTI Mamarasulova



Andijon shahar 33-umumiy o’rta ta’lim maktabining Musiqa madaniyati fani o’qituvchisi Mamarasulova Munojatxonning 2022-2023 o’quv yilida amalga oshirgan ishlari bo’yicha

HISOBOTI
Mamarasulova Munojatxon Adiljanovna 1997-yil Andijon Pedagogika bilim yurtini tamomlab 2003-yil sentabr oyidan boshlab 33-maktabda Musiqa madaniyati fani bo’yicha ish faoliyatimni boshladim. 2008 yil Andijon davlat Pedagogika institutining “Musiqiy ta’lim” yo’nalishini tamomladim.


2022-2023-yilda Musiqa madaniyati yo’nalishi bo’yicha quydagi ishlar amalga oshirildi.
1-qo’ng’iroq uchun o’quvchilarni 2023-yil 20-avgustda chaqirib tadbirga tayyorgarlik ko’rildi. Avgust oyida Kundalik.com ni o’zlashtirish uchun o’quv jarayoniga qatnashdim. 2023-yil 30-avgustda Kundalik.com ga ish rejalarimni joyladim.
Sentabrning 2-kuniga “Birinchi qo’ng’iroq” tadbirini tashkil etishda o’quvchilarni Vatanimizni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar, raqslar, vatan haqidagi she’rlar bilan boshlab ko’tarinki ruxda o’tkazdik.
2023 yil 2-sentabrdan boshlab o’z dars jarayonlarimni boshladim. Sentabr oyidan har hafta chorshanba va juma kunlari “Iste’dod” to’garagini boshladim. To’garakga 3-4-5-6-7 sinf o’quvchilarini ro’yxatga kiritib, to’garakni tashkil etdim. To’garak faoliyaniti 2 kun ichida boshladim. Chorshanba kuni o’g’il bolalar, juma kuni esa qizlar guruhi bilan shug’ullanmoqdaman.
2023-yil 1-oktabr kuniga bag’ishlab ustozlarni o’quvchilar bilan 2023-yil 30-sentabr kuni kutib olishga amaliy yordam berdim. Kundalik.com ga birinchi chorak yakuni bo’yicha 2023-yil 3-noyabr kuni baholar qo’yildi.
2023-yil 19-noyabr kuzgi attestatsiyaga tayyorgarlik ko’rib ikkinchi toifadan birinchi toifaga o’tdim va o’z oldimga yanada kata maqsad qo’ydim. O’z ustimda yana ham ishlab o’quvchilarga yangi metodlar bilan darsga qiziqtirishga harakat qilaman.
2023-yil 18-noyabr kuni madhiya bayroq qo’yib bayrog’imiz qabul qilingan kunini o’quvchilar bilan ko’tarinki ruxda o’tkazdik.
2023-yil 7-dekabrt kuni 8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlab boshlang’ich sinflarda o’tkazilgan tadbirlarga Vatanga bag’ishlangan qo’shiqlarga yordam berdim. Boshlang’ich va yuqori sinflarda yangi yil tadbiriga tayyorgarlik ko’rildi.
2023-yil 28-dekabr II-chorak yakuni bo’yicha Kundalik.com ga o’z vaqtida baholar qo’yildi.
2023-yil 11-fevral oyida bo’lib o’tgan “Ibratli ustoz” ko’rik-tanlovining shahar bosqichida qatnashib, “Ibratli ustoz” sertifikatini qo’lga kirita olmadim. O’z ustimda yanada ko’proq ishlashga o’z-o’zimga vada berdim. Kelgusida shu unvonni olishga o’zimga maqsad qo’ydim.
2023-yil 6-mart kuni mehnat o’qituvchisi Tillayeva D. tomonidan 7-sinf qizlar o’rtasida o’tkazilgan “Balli qizlar” ko’rik-tanlovida o’quvchilarga raqs va qo’shiqlar “Kulcha non”, “Qizlarjon” o’rgatib tadbirda namoyish etdim.
2023-yil 26-aprel Amir Temur tavalludiga bag’ishlab o’tkazilgan Qodirova H.ning sinfi 3-“B” “Amir Temur”, “Diyor madhi” qo’shiqlarim bilan ishtirok etdim.
Yangi o’quv yilida amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar
Keyingi 2023-2024 o’quv yilida quyidagi vazifalarni bajarishni o’z oldimga maqsad qilib qo’ydim. Sinflardagi iqtidorli o’quvchilarni jalb qilib xor, va raqs to’garak faoliyatini yana ham jonlantirib, bu yo’nalish bo’yicha maktab o’quvchilari iqtidorini oshirib shahar, viloyat, Respublika miqyosida yoyishni o’quvchilarimizning musiqa san’atiga bo’lgan muhabbatini oshirish hamda prezidentimizning musiqa madaniyatini rivojlantirsh bo’yicha chiqargan qarorlarini hayotga tadbiq etishda o’z hissamni qo’shishni maqsad qildim.
Yüklə 22,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin