Yillar fakat Turkiston xalqlari uchungina emas, balki Xiva uchun ham jiddiy larzalar keltirgan davr bo’ldi. 1917 yilning boshlarida O’rta Osiyo xonliklari Rossiya protektorata ostida edi



Yüklə 26,71 Kb.
tarix17.06.2023
ölçüsü26,71 Kb.
#131801
1-rejamizniki


1917—1920 yillar fakat Turkiston xalqlari uchungina emas, balki Xiva uchun ham jiddiy larzalar keltirgan davr bo’ldi. 1917 yilning boshlarida O’rta Osiyo xonliklari Rossiya protektorata ostida edi. Usha yili sodir bulgan fevral inqilobi natijasida chor samoderjaviesi ag’darilib, Xivada xonlik tuzumi saqlanib koldi. Chorizmga vassal bo’lgan Buxoro amirligi bilan Xiva xonligi ko’rinishidan mustaqil davlatlar bulsa-da, ular aslida o’z mustaqilligini yo’qotgan va amalda chorizmning mustamlakasiga aylangan edilar. Shuning uchun ham 1917 yil fevralda Rossiyada bo’lgan demokratik inqilobning g’alabasi va ≪oq podsho≫ning taxtdan voz
kechganligi haqidagi xabar xonliklar xalqlari tomonidan katta quvonch bilan kutib olindi. Ular bu tarixiy voqeani o’z mamlakatlarining chorizm imperiyasi mustamlakachilik zulmidan ozod bo’lishi hamda mustaqillik va taraqqiyot yo’lidan rivojlanishi uchun imkon beradigan ilohiy kuch sifatida qabul qildilar.Shuning uchun ham 1917 yil fevralda Rossiyada bo’lgan demokratik inqilobning galabasi va ≪oq podsho≫ning taxtdan voz kechganligi haqidagi xabar xonliklar xalqlari tomonidan katta quvonch bilan kutib olindi. Ular bu tarixiy voqeani uz mamlakatlarining chorizm imperiyasi mustamlakachilik zulmidan ozod bo’lishi hamda mustaqillik va taraqqiyot yo’lidan rivojlanishi uchun imkon beradigan ilohiy kuch sifatida qabul qildilar.
Rossiyadagi fevral inqilobi Xiva xonligida ham siyosiy jarayonlarning kuchayishiga turtki berdi. Ko’pgina yig’ilishlar, mitinglar va namoyishlar bo’lib o’tdi. 1917 yil 4-aprelda xonlik poytaxtida yosh xivaliklar boshchiligida bo’lib
o’tgan namoyishda ko’pchilik ishtirok etdi. Ularga qo’shilgan Xivadagi Rossiya garnizoni askarlari tinch namoyishga xonga qarshi yo’nalish berishga urindilar va uning qatnashchilarini xonga karshi qurolli qo’zgolon ko’tarishga da’vat etdilar. Aynan shu tarixiy sharoitda bunday da’vat qilish g’alamislik, nopok maqsadni ko’zlab qilingan bo’lib, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Shuning uchun ham osoyishta namoyish qilishga qaror qilgan yosh xivaliklar ularni qo’llab-quvvatlamadilar. Yosh xivaliklar ruhoniylar va qishlok oqsoqollari vakillari kengashida islohotlar talabini ishlab chiqdilar, ularda konstitutsion monarxiyaga o’tishni, xon hokimiyatining majlis tomonidan cheklanishini yoqladilar va hokazo. Yosh xivaliklar bunga tinch y ’l bilan, ya’ni xonning bu talabga yon berishi asosida erishishga umid qilgan edilar.
Yosh xivaliklarning bu talablari manifest loyihasi sifatida bayon qilingan bo’lib, uni xon imzolashi lozim edi. Loyiha Matmurodov boshlik yosh xivaliklar delegatsiyasi tomonidan Asfandiyorxonga topshirildi. 5 aprelda manifestni xon imzolaydi va uni xon xokimiyati vakillari yig’ilishida uqib beriladi. Manifestga ko’ra Xivada xon boshchiligida konstitusion monarxiya o’rnatilishi, uning xokimiyati majlisda saylangan ruxoniylar va savdogarlar vakillaridan iborat kishi va nozirlar kengashi tomonidan cheklanishi lozim edi. Xon manifestda ko’rsatilgan ko’pchilik masalalarda yon bergan bo’lsada, bular vaqtinchalik bo’lib, junbushga kelgan xalqni tinchlantirish uchun ataylab qilinganligini voqealarning keyingi
jarayonlari yaqqol ko’rsatgan edi. Manifest qoidalari asosida tezda yangi davlat idoralari — majlis va nozirlar kengashi tuzildi, ulardagi eng muhim o’rinlarni yosh xivaliklar egallagan edilar. Majlis raisi qilib yosh xivaliklar vakili Bobo Oxun saylandi, nozirlar kengashiga yosh xivaliklar yetakchisi Matmurodov boshchilik
qildi.1917 yil iyun oyining birinchi yarmida Muvaqqat hukumatning Xivadagi vakili, general Mirbadalovning yordami va qo’llab-quvvatlashiga tayangan Asfandiyorxon Matmurodov boshlik yosh xivaliklar raxbarlarini xibsga oldi va yosh xivaliklar partiyasining barcha a’zolarini dindan qaytgan, deb e’lon kilib, ularga qarshi qatagon boshladi. Xonning yosh xivaliklar ustidan g’alabasini mustahkamlash, xonlikda mavjud bo’lgan tuzumga qarshi yangi chiqishlarga barham berish uchun Muvaqat xukumat 25 iyulda Xivada komissar lavozimini ta’sis qildi. Bu komissarga Xiva xonligini boshqarishni tashkil etish qoidalarini ishlab chiqish vazifasi topshirilgan edi. Ayni vaktda Muvakkat xukumat tomonidan xonlikka chorizm qo’shinlarining yangi qismlari, asosan kazak qo’shinlari yuborildi. Shunday kilib, Buxoro va Xivadagi yosh demokratlar — yosh xivaliklar va yosh buxoroliklarning xonliklardagi monarxiya tuzumiga qarshi karatilgan birinchi hujimi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bunda shu xolat muhim rol o’ynadiki, chorizm o’rniga kelgan Muvaqat xukumat o’zi erkinliklar e’lon qilishiga qaramay, amalda xonliklarda o’sha eski chor ma’murlarining mustamlakachilik siyosatini davom ettirdi, xonliklarda tub o’zgarishlar bo’lishi mumkinligidan cho’chib, bu yerdagi mavjud rejimlarni butun kuch va vositapar bilan ximoya qildi. Chunki xonliklarda ruy berishi mumkin bulgan uzgarishlar
natijasida chorizm imperiyasi o’zi uchun shu qadar qulay va muhim bulgan sharqiy mustamlakalardan mahrum bo’lib qolishi mumkin edi. Petrograddagi 1917 yil oktabr tuntarishi xamda Muvaqqat xukumatning ag’darib tashlanishi natijasida Buxoro va Xiva chorizm ≪protektorati≫dan ozod bo’lishdi, unga qaram bo’lmagan davlatlarga aylanishdi. Ularning mustaqilligini RSFSR Xukumati va Turkiston Xalq Komissarlari Kengashi xam e’tirof etdilar. Lekin yangi bolsheviklar rejimi o’rnatilishi bilan xonlik va amirlik Rossiya hukumati tomonidan ko’rsatiladigan va ko’p yillar davomida ega bo’lib kelgan xarbiy-siyosiy yordamdan maxrum etildilar. Shundan keyingi tarixiy voqealar jarayoni shuni ko’rsatdiki, bolsheviklar rejimi Markaziy Osiyodagi bu xonliklarning mustaqilligini faqat qog’ozdagina tan olgan. Uning raxbarlari Buxoro bilan Xivani Rossiyaning ta’siridan chiqarib yuborishni mutlaqo istamasligi, butun kuch va vositalar bilan xonliklarni ≪jahon inqilobi olovi≫ga tashlashga xarakat qilayotganliklari kundan-kunga yaqqol sezila boshladi. Bolsheviklar rejimi sovet Turkistonidan, avvalo xonliklar hududiga tutashib ketgan Amudaryo bo’limi va Buxoro rus manzilgohlaridan (bu joylarda 1917 yil oxirida sovet xokimiyati o’rnatilgan edi) foydalanishga urindi. Bu joylarga xonlik rejimlariga qarshi turgan va uning qatagonidan qochib kelgan muxolifatdagilar muxojir sifatida ataylab yuborildilar. Ulardan ana shu joylardagi partiya va sovet organlari yordamida xonliklarga bostirib kirish uchun qurolli otryadlar va mazkur mamlakatlar aholisi orasida tashviqot ishlari olib borish uchun targibotchi kadrlar tayyorladilar. Bolsheviklar yordamida yosh buxoroliklar va yosh xivaliklarning inqilobiy tashkilotlari tuzildi. Shu tariqa, Amudaryo bo’limi va Buxorning rus manzilgohlari xonliklarga hujum qilish va ulardagi mavjud tuzumni ag’darib tashlash uchun bolsheviklar tomonidan plassarmga aylantirildi.
Yüklə 26,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin