Yillarda Angliya


Mamlakatning siyosiy hayoti



Yüklə 73 Kb.
səhifə3/5
tarix28.11.2022
ölçüsü73 Kb.
#70961
1   2   3   4   5
1918-1939-yillarda Angliya

Mamlakatning siyosiy hayoti
Bu davrda mamlakat hayotini uchta partiya — Liberallar, Konservativ va Leyboristlar partiyalari o'rtasidagi kurash belgilar edi. Birinchi jahon urushi yillarida hokimiyat tepasida turgan Liberal partiya yuqorida qayd etilgan omillar ta'siri ostida tobora o'z mavqeyini yo'qotib bordi. Liberal partiya rahbari, mamlakat bosh vaziri D. Lloyd-Jorj (1863—1945) o'z partiyasining mavqeyini saqlab qolish niyatida 1918-yil dekabr oyida parlament saylovini o'tkazdi. Birinchi jahon urushida erishilgan g'alabaga qo'shgan hissasi tufayli Liberal partiya harbiylar orasida salmoqli mavqega ega bo'ldi. Liberallar va Konservatorlar partiyasi saylovda birgalikda ish-tirok etdilar.
Ular saylovda mamlakatni iqtisodiy va siyosiy qayta qurish shiori bilan ishtirok etdilar. Saylovchilarga yalpi ish o'rni, mehnatni adolatli taqdirlash, arzon uy-joy, tinchlik, chuqur ijtimoiy islohotlarni o'tkazishni va'da qildilar.
Leyboristlar saylovchilarga ishlab chiqarish vositalariga jamoaviy egalik qilishga imkon beruvchi yangi jamiyat qurishni, ishchilar hukumati tuzishni, milliy transport, energiya manbalari va banklarni egalaridan sotib olish yo'li bilan milliylashtirishni va'da qildilar.
Saylovda Liberal-Konservatorlar ittifoqi g'alaba qozondi. Ular parlamentdagi 707 o'rindan 477 tasiga ega bo'ldilar (undan 136 tasi Liberal partiyaga tegishli edi). Leyboristlar 62 o'ringa ega boigan boisalarda, 1910-yildagi saylovga nisbatan 5 baravar ko'p (2,5 mln.) ovoz oldilar. Shu tariqa bu partiya borgan sari Liberal partiyani siyosiy kurash maydonidan siqib chiqara boradi.
Lloyd-Jorj yana bosh vazir lavozimini egalladi va 1922-yilgacha hukumatni boshqardi. Bu davr ichida koalitsion hukumat ham ichki, ham tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizliklarga uchradi. Hukumat saylovchilarga bergan va'dasi ustidan chiqa olmadi. Natijada, birinchi navbatda ishchi-larning kuchli zabastovka harakatlari boshlandi. 1919-yilda bu harakatda 2,5 mln. dan ortiq ishchilar qatnashdilar.
Ishchilar 40 soatlik ish haftasi joriy etilishini, ish haqi kamaytirilmasli-gini talab etdilar. Ayniqsa, konchi ishchilar harakati to'4qini kuchli bo'ldi. Ular ish haqini 30 foiz oshirishni, 6 soatlik ish kuni belgilanishini talab eta boshladilar.
Shunday sharoitda hukumat ishchilar harakati to'lqinini yo'qqa chiqarish yo'lini tutdi. 1920-yil oktabr oyida mamlakat parlamenti hukumatga ishchilar harakatini bostirish uchun favqulodda vakolatlar berdi. Konchilar talabini qondirishni istamagan kon egalari 1921-yil 1-aprelda lokaut e'lon qildilar. Hukumat esa favqulodda holat e'lon qildi va ko'mir konlariga armiya qismlarini jo'natdi.
Temir yo'l va transport ishchilari ularga birdamlik ramzi sifatida zabastovka boshladilar. Biroq hukumat ishchilar harakatini bostirishga muvaffaq bo'ldi.
Yuqorida qayd etilgandek, Lloyd-Jorj hukumati tashqi siyosatda ham qator muvaffaqiyatsizliklarga uchradi. Milliy-ozodlik harakati Buyuk Britaniya mustamlakachilik imperiyasini larzaga sola boshladi. Chunonchi, 1919-yilda Hindistonda mustaqillik uchun kurash kuchaydi. 1919—1921-yillarda Misrda mustamlakachilikka qarshi qo'zg'olon bo'lib o'tdi. 1919-yilda Afg'onistonda Buyuk Britaniyaga qarshi mustaqillik urushi boshlandi. Buyuk Britaniya hukmron doiralari mustamlakachi imperiyani halokatdan saqlab qolish uchun qator yon berishlarga majbur bo'ldi. Xususan, 1918-yilda Hindistonda mahalliy kadrlarga davlat ishlarini boshqarishda qatnashish imkonini beruvchi Konstitutsiyaviy islohotlaro'tkazildi. Dominionlarga Parij tinchlik konferensiyasida mustaqil subyekt sifatida qatnashish huquqi berildi. Afg'onistonning mustaqilligini tan olishga majbur bo'lindi. Misr esa nomiga bo'lsada, mustaqil davlat deb tan olindi. Buyuk Britaniya hukumati Irlandiya masalasida juda katta qiyinchiliklarga uchradi.
Buyuk Britaniya hukmron doiralari o'zlarining — «bo'lib tashla, hukmronlik qil», degan an'anaviy shiorlariga bu safar ham sodiq qoldilar. Irlandiya milliy-ozodlik harakatida bo'linish yuz berdi. Uning o'ng qanoti Buyuk Britaniya bilan muzokaralarga kirishdi. 1921-yilda Buyuk Britaniya — Irlandiya shartnomasi imzolandi. Unga ko'ra Irlandiya ikkiga bo'lindi. Poytaxti Dublin shahri boigan Janubiy Irlandiyaga dominion huquqi berildi. Shimoliy Irlandiya esa Buyuk Britaniya tarkibida qoldi. Shu vaqtdan boshlab mamlakat rasman «Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qo'shma qirol-ligi» deb ataladigan bo'ldi.
Buyuk Britaniya hukumatining Sovet Rossiyasiga qarshi kurashi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Buning ustiga u 1921-yilning 16-martida Rossiya bilan savdo shartnomasini imzolashga majbur bo'ldi. Bu shartnoma amalda Sovet Rossiyasining tan olinganligini ham anglatar edi.
Bundan tashqari Buyuk Britaniyaning Gretsiya bilan birgalikda Turki-yaga qarshi uyushtirgan agressiyasi mag'lubiyatga uchradi. Vatanparvar kuchlar Kamol Otaturk boshchiligida Turkiya mustaqilligini saqlab qoldilar.
Tashqi siyosatdagi bunday muvaffaqiyatsizlik Konservatorlar partiyasini qattiq larzaga soldi. Endi bu partiya koalitsion hukumat tarkibidan chiqishga qaror qildi. 1922-yil 19-oktabrda Lloyd-Jorj ham bosh vazir lavozimidan iste'fo berishga majbur bo'ldi. Bosh vazir lavozimini oldin konservatorlar partiyasi rahbari boigan B. Lou, birozdan so'ng esa S. Bolduin egalladi. S. Bolduin hukumatining asosiy vazifasi mamlakat iqtisodiyotini inqiroz-dan olib chiqish edi. Shundagina jamiyatning asosiy ijtimoiy xastaligi — ishsizlikka barham berish va ayni paytda korxonalar to'la quwat bilan ishlashini ta'minlash mumkin edi.
Shu maqsadda hukumat iqtisodda proteksionizm usulini qo'llashga o'tdi. Biroq bu ko'zlangan natijani bermadi. Aksincha, 1923-yil oxiriga kelib Buyuk Britaniya iqtisodiyoti boshi berk ko'chaga kirib qoldi. Natijada mamlakatda norozilik uyg'otdi. Ana shu sharoitda, 1923-yili parlamentga saylov o'tkazildi. Unda garchand Konservatorlar partiyasi g'alaba qilgan bo'lsa-da, (258 o'rin), Leyboristlar partiyasi (191 o'rin) ham katta yutuqqa erishdi. Bu partiya saylovchilarga ko'mir sanoatini milliylashtirishga va'da bergan edi. Leyboristlar va Liberallar partiyasi (158 o'rin) birgalikda S. Bolduin hukumatiga ishonchsizlik bildirdi. Natijada hukumat iste'fo berishga majbur boidi.
Endi Buyuk Britaniya tarixida birinchi marta Leyboristlar partiyasiga hukumat tuzish topshirildi. 1924-yil yanvarda bu partiya rahbari R. Mak-donald (1866—1937) boshchiligida yangi hukumat tuzildi. R. Makdonald hukumati uzoq yashamadi. Bunga bu hukumatning yirik kapital tazyiqi ostida saylovchilarga bergan va'dasini (ko'mir sanoatini milliylashtirish, ishsizlikni bartaraf etish, ishchilar uchun uy-joy qurish va h. k) bajara olmaganligi sabab bo'ldi.
1924-yil 8-oktabrda Konservatorlar partiyasi deputatlari parlamentda ko'pchilikka ega boimagan leyboristlar hukumatiga ishonchsizlik bildirishga muvaffaqbo'ldilar. R. Makdonald iste'fo berishga majbur bo'ldi. 29-oktabrda bo'lib o'tgan yangi parlament saylovida Konservatorlar partiyasi g'alaba qozondi (415 o'rin). Noyabr oyida S. Bolduin yana bosh vazir lavozimini egalladi.

Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin