1.O'rta Osiyoda o'tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi. O'zbekiston SSR tuzilishi. Rossiya Sovet Federatsiyasi hukumati Turkistonning emin-erkin rivojlanish yo'lidan ilgarilab borishini emas, balki uni doimiy o'z nazoratlari ostida bo'lishini xohlardilar. Oikaning mehnatsevar, jafokash xalqi, lining bitmas-tuganmas boyliklari, tabiiy va mineral resurslari Markaz foydasiga ishlashi ularning birdan-bir muddaolari edi. Hukmron Markaz tashabbusi bilan tashkil etilgan Turkkomissiya, O'rta Osiyo Byurosi, O'rta Osiyo Iqtisodiy Kcngashi singari nufuzli organlarning o'lka hayotining barcha jabahalarini o'z nazoratiga olish, o'z izmlariga bo'ysindirish yo'lida harakat etib kelganligining boisi ham mana shunda.1 SSSRning tashkil etilishi Bolsheviklar boshliq Sovetlar hokimiyati sobiq imperiyasi hududlarida vujudga kclgan mustaqil Sovet respubiikalari jiiovini o'z qo'liga olish maqsadida Sovet Respubli-kalari Ittifoqini tuzishga, ularni RSFSR atrofigajipslashtirishga asosiy e'tibor qaratdi. RSFSR hukumati 1918-1920— yillarda yangi sovet respublikalariga diplomatik, siyosiy-iqtisodiy, harbiy, moliyaviy ta'sir o'tkazib bordi.
Garchi bo'lajak ittifoq sovet respublikalarining do'stlik va tenglikka asoslangan ixtiyoriy ittifoqi bo'ladi, deyilsa-da, biroq uzoqni ko'ra bilgan respublikalarning qator rahbarlari bunga qarshi edilar. Masaian, Ukrainada UKP(b) Markaziy Qo'mitasi kotiblari X.G.Rakovskiy va D.L.Pyalakov yagona ittifoq davlati g'oyasiga qarshi chiqib, umumit-tifoq hokimiyat organlari bo'lmagan "коnfederalsiya" tuzishni yoqlab chiqdilar. RKP(b) Markaziy Qo'mitasi Siyosiy byurosida, bolsheviklar partiyasining syezdlari va plenumlarida, shuningdek, sovet tashkilotlarida bu masala kcng muhokama qilindi.
Nihoyat, RKP(b) rahbarligida joylarda uzoq vaqt olib borilgan tashviqot-targ'ibot ishlari va ko'rsatilgan tazyiqlar o'z natijasini berdi. Ukraina, Belorussiya, Zakavkazye Federatsiyasi Kompartiyalari, bu respublikalar sovetlarining syezdlari RKP(b) Markazqo'mining "SSSRni tuzish toig'risida"gi takliflarini qo'llab-quvvatlashlarini bayon qildilar.
1922— yil 26-dekabrda Butunrossiya Sovetlarining X syezdi Sovet respubiikalarini yagona sovet davlatiga birlashtirishni zaair deb topdi. Syezd o'zi saylagan delegatsiyaga USSR, BSSR va ZSFSR delegatsiyalari bilan birgalikda Sovet Sotsialistik Respubiikalari lltifoqini tashkil etish to'g'risidagi Deklaratsiya loyihasini ishlab chiqish va Ittifoq shartnomasini tayyorlashni topshirdi.
1922— yil 29-dekabrda Moskvada to'rt respublika vakolatli delegalsiyalarining konferenlsiyasi bo'lib o'tdi. Konferentsiya SSSRni tuzish to'g'risida RKP(b) Markaziy Qo'mitasi plenumi tasdiqlagan Deklaratsiya va Shartnoma loyihasini muhokama qilib, uni maqullaydi. 30-dekabrda uni to'rt respublikalarning vakolatli delegatsiyalari imzoladilar.2 1922— yil 30-dekabrda Moskvada Butunittifoq Sovetlarining I Syezdi o'z ishini boshladi. Syezd RSFSR, USSR, ZSFSR va BSSR Sovetlari syezdiari saylagan vakolatli delegatlari imzolagan SSSRni tuzish to'g'risidagi Deklaratsiya loyihasini ko'rib chiqib, Deklaratsiya va Ittifoq Shartnomasini tasdiqlaydi.
Syezd yangi ittifoq - SSSRning yuqori hokimiyat organlari -Markaziy Ijroiya Qo'mitasini va hukumatini tuzdi. SSSR MIQ 4 ta rais (har bir respublikadan bittadan) - RSFSRdan M.I.Kalinin, Ukrainadan G.I Petrovskiy, Belorussiyadan A.G Chervyakov, ZSFSR dan N.N.Narimanovdan iborat MIQ Rayosatini sayladi. V.I Lenin SSSR hukumati - Xalq Komissarlari Soveti raisi etib tasdiqlandi. Shunday qilib, 1922- yil 30-dekabrda SSSR tuzildi.
Bu ittifoqqa asos solgan barcha dasturilamal hujjatlar va g'oyalar qanchalik jimjimador ohanglarda bitilmasin va ular tenglik, barobarlik, birodarlik tushunchalarini aks ettirmasin, biroq amalda u hukumron Markaz uchun butun-butun xalqlarning taqdir-qismati, inon-ixtiyorini tamomila o'z tasarrufiga bo'ysundirishga xizmat qilgan tuzoq rolini o'tab keldi.
Ma'lumki, O'rta Osiyo hududida qadim-qadimdan tili, dini, tarixi, mada-niyati, an'analari bir-biriga juda yaqin va mushtarak qardosh va qondosh xalqlar yashab kelganlar. Bu yerda istiqomat qilgan o'zbeklar, turkmanlar, tojiklar, qozoqlar, qirg'izlar, qoraqalpoqlarning xo'jalik hayoti, turmush tarzi, udumlari ham o'xshash bo'lib, shu muqaddas ona-zaminni o'zlarining asl Vatanlari deb bilganlar3.
Biroq, afsuslarbo'lsinki, pixini yorgan Sovet hokimiyati arboblari tarixan bir yagona hududda yashab kelgan birodar xalqlarni bir-biridan ajratib tashlash, ularning birlashib, yagona davlat tuzishlariga izn bermaslik uchun barcha choralarni ishga soldilar. Bundan ko'zlangan bosh maqsad - o'lka xalqlarining birlashuviga, o'z istiqlolini va istiqbolini birgalikda bunyod etishiga yo'l qo'ymaslik va shu asosda Markazning bu yerdagi hukmronligiga, sotsialistik qayta qurish jarayonining avj olishiga keng maydon yaratish edi. Shu maqsadda, Turkistonni milliy o'ziga xoslik, til birligi asosida bo'lib tashlash g'oyasi ilgari surildi. Markaz irodasini bajarishga da'vat etilgan Turkiston ishlari bo'yicha maxsus komissiya - Turkkomissiya zim-masiga o'Ikada milliy-davlat chegaralanishini o'tkazish va shu asosda bu hududda bir qator Sovet milliy va muxtor respublikalarini tashkil qilish vazifasi yuklangan edi.
Markaz mo'ljallayotgan milliy siyosat mazmuni, mohiyatidan xabardor bo'lgan Turkistonning ilg'or ziyolilari, uzoqni ko'ra bilgan donishmand arboblari o'lka birligi, yaxlitligini, uning qardosh xalqlari jipsligini zo'r berib himoyaqilishga urindilar. Biroq o'lka jilovini qo'lda mahkam tutgan bolshevik mutasaddi xodimlar ularning haqqoniy fikrlarini hisobga oimadilar. Bugina emas, yagona va mustaqil Turkiston g'oyasi uchun kurashgan vatanparvar kuchlar, milliy ziyolilar millatchilikda, turkparastlikda va Sovet hokimiyatiga qar-shilikda ayblandilar4.Shunday qilib, O'rta Osiyoni milliy - hududiy jihatdan alohida respublikalarga bo'lib tashlash masalasi bir necha bor Markazda, Turkiston, Buxoro, Xorazm Respublikalarida, ularning Kompar-tiyalari plenumlarida, shuningdek, ularning faoliyatini muvofiq-lashtirib turuvchi organ - RKP(b) MQ O'rta Osiyo Byurosi Plenu-mida muhokama etilib, mahalliy xalqqa kuchli bosim o'tkazib borildi.Shu bilan birga, 1922-1923— yillarda mahalliy millatlarning bir qator rahbar xodimlari sovet hokimiyatining Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalarida olib borilayotgan milliy siyosatiga ochiqdan-ochiq norozilik bildira boshladilar. Ammo ularning qarashlari noto'g'ri topilib, o'zlari faol siyosiy hayotdan chetlatila boshladi. RKP(b) MQ, uning O'rta Osiyo Byurosi Turkiston, Buxoro va Xorazm Kompartiyalari faoliyatiga tazyiq o'tkazib, milliy - hududiy chegaralash o'tkazish siyosatini ma'qullab, qaror qabul qilishlariga erishib bordi.Milliy-hududiy chegaralanish masalasi 1924— yil 5-aprelda RKP(b) MQ Siyosiy Byurosida, П-mayda RKP(b) MQ O'rta Osiyo Byurosida ko'rib chiqildi. Unda O'rta Osiyo respublikalarida milliy-hududiy chegaralash loyihasini tayyorlovchi maxsus komissiya tuzildi. Loyiha RKP(b) O'rta Osiyo Byurosining 1924— yil 2-iyundagi yig'ilishida muhokama etilib, asosan ma'qullandi.Bundan norozi bo'lgan mahalliy aholi vakillari, xususan, Xorazm Respublikasining bir guruh mas'ul xodimlari, chunonchi, XKP MQ kotibi Odinayev, ichki ishlar noziri Abdusalomov, Turkiston va Buxoro vakillari: S.Xo'janov, S.Asfandiyorov va boshqalalar yagona Turkistonni bo'lib tashlash maqsadga muvofiq emas, deb e'tiroz bildirdilar. Shuningdek, 1924— yil 8-mayda RKP(b) Markaziy Qo'mitasiga "Xorazmda milliy masalani hal etish to'g'risida xat" kelib tushdi. Bu xatda ham Xorazm Respublikasini bo'lib yuborish maqsadga muvofiq emasligi aytilgan edi. Ha, o'lka xalqlari milliy chegaralanish siyosatiga qat'iyan qarshi edilar, biroq mahalliy xalqlarning talab va takliflari inobatga olinmadi. Aksincha, 1924—yil 12-iyulda RKP(b) MQ Siyosiy Byurosi "O'rta Osiyo Respublikalarida milliy chegara-lanish to'g'risida"gi masalaga yana qaytib, uni o'tkazish to'g'risida qaror qabul qildi.1924- yii 25-sentabrda RKP(b) MQ Siyosiy Byurosi, 9 va 11-oktabrda RKP(b) Markaziy Qo'mitasi bu masalani ko'rib chiqib, milliy chegaralanishni rasmiylashtirishni maqsadga muvofiq deb topdi. Bu qaror 14-oktabrda SSSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi tomonidan ham ma'qullandi. Shu tariqa, Sovet hukumati, RKP(b) MQ va uning joylardagi mahalliy tashkilotlarining 1920-1924— yillar davomida O'rta Osiyoda olib borgan, xalqqa katta va'dalar berishni ko'zda tutgan "lenincha milliy siyosaf'ni hayotga tatbiq etish bobidagi amaliy ishlari yakun topdi. Nihoyat, 1924— yilning 27-oktabrida bo'lib o'tgan SSSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi II sessiyasida O'rta Osiyoda milliy-davlat chegaralanishi o'tkazish tadbirlari toia ma'qullandi5. Shunday qilib, hukmron Markaz sa'y-harakatlari bilan O'rla Osiyoning siyosiy jug'rofiyasi sun'iy ravishda o'zgaitirildi. O'rta Osiyo hududidagi Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm Respublikalari oLrnida oltita milliy davlat birlashmaiari tashkil etildi.
> O'zbekiston SSR.
> Turkmaniston SSR.
> O'zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR.
> Qirg'izlar yashagan hududlar RSFSR tarkibida Qoraqirg'iz (Qirg'iziston) muxtor vijoyati.
> Qozoqlar yashaydigan tumanlari RSFSR tarkibida Qozog'iston ASSR.
> Qoraqalpoqlar yashaydigan hududlar Qozog'iston ASSR tarkibida Qoraqalpoq muxtor viloyati. Natijada, yagona Turkiston xalqlari bir - biridan sun'iy ravishda uzoqlashlirildi. Bu hoi sovetlarga o'lkada o'z hokimiyatini mustah-kamlash uchun katta imkoniyatlar yaratib berdi.O'zbekiston SSR. Milliy chegaralanish natijasida O'zbekiston SSR tashkil etildi. O'zbekiston SSR hududida butun hokimiyat O'zbekiston SSR sovetlarining ta'sis qurultoyiga qadar Muvaqqat inqilobiy qo'mita ixtiyoriga berildi. Sobiq Buxoro Respublikasihukumati raisi, taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo'jayev O'zbekiston SSR Inqilobiy Qo'mitasi raisi etib tasdiqlandi. O'zbekiston SSR tarkibiga quyidagi hududlar kiritildi:> sobiq Turkiston ASSR dan 9 ta uyezd, 133 tuman va 7 qishloq okrugi;
> sobiq Buxoro respublikasining 9 ta tumani;
> sobiq Xorazm respublikasining 23 ta tumani. O'zbekiston SSR tashkil etilgan paytda uning hududi 312394 kv.km.ni, aholisi 4 mln. 447 ming 55 kishini tashkil etaredi. 1926— yil ma'lumotlari bo'yicha milliy tarkibiga ko'ra aholining 74,2 foizini o'zbeklar, qolganini esa boshqa xalqlar vakillari tashkil etar edi.
1924—yil 5-dekabrda Inqilobiy Qo'mita butun O'zbekiston xalqiga murojaat qilib, O'zbekiston SSR tuzilganligini, uning tarkibiga Tojikiston ASSR kirganligini ma'lum qildi. Milliy chegaralanish bilan bir vaqtda iqtisodiy bo'linish ham o'tkazildi. Sobiq Turkiston, Buxoro, Xorazm Respublikalariga tegishli barcha boyliklar yangi milliy respublikalar O'rtasida qayta taqsimlandi. Bu ishlar Sovet hukumati tomonidan maxsus tuzilgan O'rta Osiyo tugatish komissiyasi boshchiligida amaiga oshirildi.1925—yil 13-fevralda Buxorodagi "Xalq uyi"da Butun o'zbek sovetlari birinchi qurultoyi ochildi. Qurultoy «O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligi to'g'risidagi Deklaratsiya»ni qabul qiidi. Qurultoyda davlat hokimiyati oliy organlari tuzilganligi rasmiylashtirildi. O'zbekiston SSR Sovetlari MIQ Raisi lavozimiga farg'onalik dehqon, "Qo'shchi" uyushmasi rahbarlaridan biri Yo'l-dosh Oxunboboyev saylandi. O'zbekiston SSR hukumati - Xalq Komissarlari Kengashi Raisi lavozimiga Fayzulla Xo'jayev tasdiqlandi. Samarqand shahri O'zbekiston SSRning poytaxti etib belgilandi, 1930— yilda poytaxt Toshkentga ko'chirilgan6.