Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: A1 sinfida va oilada necha nafar kishi borligini, sinf xonasi jihozlari va o‘quv qurollari sonini bilish;
Mamlakatimizda nishonlanadigan bayram kunlari sanalarini aniq aytish;
kundalik faoliyatida turli jadvallardan foydalanish;
ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan narsalardan (o‘quv qurollari, kiyim-kechagi va h. k.) tejab foydalana olish;
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuzish, kundalik faoliyatda mavzuga oid jadvallarni o‘qish.
A1+ aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda mavzuga oid jadvallarni o‘qiy olish.
Shuningdek, me`yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.
TK - tayanch kompetensiyalar TK1 - kommunikativ kompetensiya