Yõl ustalarining asosiy vazifalari va ularni ishini tashkil etish reja: Yõl ustalarining asosiy vazifalari 2



Yüklə 18,79 Kb.
tarix14.10.2023
ölçüsü18,79 Kb.
#155261
YÕL USTALARINING ASOSIY VAZIFALARI VA ULARNI ISHINI TASHKIL ETISH


YÕL USTALARINING ASOSIY VAZIFALARI VA ULARNI ISHINI TASHKIL ETISH
Reja:
1. Yõl ustalarining asosiy vazifalari
2. Avtomobil yo'llari va sun'iy inshoatlar
3. O'zbekiston Respublikasining avtomobil yo'llari

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev 2017 yilning 14 fevral kuni "Yo'l xo'jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmon bilan bir qatorda "2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo'llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" hamda "O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarorlarni ham imzoladi.



Yo'l xo'jaligi sohasining ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yuksak ahamiyatga ega ekani uning muhim xususiyati hisoblanadi. Iqtisodiyotning umumiy rivoji, aholi barcha qatlamlarining hayot sifati ayni shu tizimning samarali faoliyat ko'rsatishiga bog'liq. 
Mustaqillik yillarida viloyatlar va tumanlarning ma'muriy markazlarini bog'lovchi keng tarmoqli transport aloqalari hamda davlatlararo xavfsiz transport tashuvlarini ta'minlashga qaratilgan yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha katta miqyosdagi ishlar amalga oshirildi. 
Ayni vaqtda, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini boshqarish tizimi, avtomobil yo'llarini saqlash, ta'mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish ishlariga yo'naltirilayotgan mablag'lardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda ana shu yo'llarning bugungi kundagi holati bilan bog'liq bir qator muammolar hal etilmasdan qolmoqda. 
Mamlakatimizda avtomobil yo'llari tarmog'i bo'yicha yuzaga kelgan haqiqiy holat va rivojlanish darajasi yo'l xo'jaligining barcha yo'nalishlariga doir aniq va samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishni, avtomobil yo'llarini boshqarishda hamda iqtisodiyot va aholi ehtiyojlariga muvofiq respublikamizda yo'l tarmog'i holatini sifat jihatidan o'zgartirishga qaratilgan qo'shimcha choralar qabul qilishni taqozo etmoqda. 
Avtomobil yo'llari va sun'iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish ishlariga kompleks yondashish asosida yo'l xo'jaligini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, ularni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, bu borada loyihalashtirish va yo'l-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini beradigan to'laqonli buyurtmachi xizmatini yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yo'l xo'jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni qabul qilindi. Farmonda tugatilayotgan Avtomobil yo'llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ("O'zavtoyo'l" DAK) negizida O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasini tashkil etish nazarda tutiladi. 
Avtomobil yo'llarini boshqarish bo'yicha maxsus vakolatlarga ega bo'lgan davlat organi sifatida Davlat qo'mitasining asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi: 
avtomobil yo'llari sohasida yagona texnik siyosatni olib borish; 
avtomobil yo'llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash
avtomobil yo'llarining xalqaro tranzit yo'laklarini shakllantirish; 
zamonaviy transport oqimi sharoitida avtomobil yo'llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo'llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta'mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini ta'minlash hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish; 
xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarining mavjud tarmog'i saqlanishini ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish, ulardan transportda foydalanish darajasi yuqori bo'lishini ta'minlash; 
ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, sifat standartlariga rioya etilishini ta'minlash; 
avtomobil yo'llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, jumladan, chet ellarda o'quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish. 
Farmonda, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Yo'l-qurilish ishlarining sifati ustidan nazorat olib boradigan Davlat inspeksiyasini tashkil etish nazarda tutilgan. 
Quyidagilar Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari hisoblanadi: 
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo'l qurilishi ishlarida, yo'l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish; 
qurilishi tugallangan yo'l obyektlarini foydalanishga qabul qilish bo'yicha komissiyalar ishida qatnashish; 
yo'l qurilishi bo'yicha shaharsozlik qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritish va unda ishtirok etish; 
yo'l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini olib borish. 
Farmonga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo'ysundirilib, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: 
Respublika yo'l jamg'armasi mablag'lari tushumi va sarf-xarajatlarining yillik va choraklik balanslarini shakllantirish; 
yo'l xo'jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va jihozlashning manzilli ro'yxatlarini belgilangan tartibda kelishish; 
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llaridan foydalanish va ularni saqlash xarajatlari smetasini ro'yxatdan o'tkazish; 
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash, jihozlash hamda ulardan foydalanish borasidagi tadbirlarni tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq moliyalashtirish. 
Keng qamrovli avtomobil yo'llari tarmog'ini yanada rivojlantirish, yuksak xalqaro talablarga javob beradigan transport kommunikatsiyalari tizimining xalqaro transport yo'laklariga keng integratsiyalashuvini ta'minlash, avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, ta'mirlash va saqlashga yo'naltiriladigan davlat moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish, shu bilan birga, yo'l korxonalari tuzilmasini takomillashtirish va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Qarorda: 
– O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi huzurida Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasini tashkil etish; 
– "O'zavtoyo'l" davlat aksiyadorlik kompaniyasining Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy yo'llardan foydalanish tashkilotlarini O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining hududiy bosh boshqarmalari etib qayta tashkil etish; 
– O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmalari huzurida mintaqaviy yo'llarga buyurtmachi xizmatini belgilangan tartibda tashkil etish; 
– O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmalari huzurida mintaqaviy avtomobil yo'llarini ta'mirlash bo'yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar tashkil etish nazarda tutiladi. 
Shuningdek, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish instituti hamda ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari O'zbekiston Respublikasi avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tarkibiga berilmoqda. 
Ayni vaqtda qishloq avtomobil yo'llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarining holati bilan bog'liq bo'lgan bir qator muammolar hal etilmasdan qolmoqda, ushbu avtomobil yo'llarining aksariyat qismi belgilangan sifat va xavfsiz harakatlanish talablariga javob bermaydi. 
Yangi turar joy mavzelarining barpo etilishi, shaharlarning kengaytirilishi, transport vositalari sonining jiddiy ko'payishi mintaqaviy avtomobil yo'llari holatini tubdan yaxshilash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko'rishni talab qiladi. 
Tuman va shaharlarning yo'l tashkilotlari yo'l-ta'mirlash texnikasi, moddiy-xomashyo resurslari bilan yetarli darajada ta'minlanmagan, har yili ajratilayotgan mablag'lar xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarini zarur darajada saqlash va ta'mirlash ishlarining sifatli bajarilishini ta'minlash uchun yetarli emas. 
Shu munosabat bilan mintaqaviy avtomobil yo'llarining yo'l qoplamalari holatini zarur darajaga keltirish va ularni ekspluatatsiya qilish xususiyatlarini oshirish orqali yo'l-transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish, aholining hayot faoliyati uchun, ayniqsa, qishloq joylarda qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini va hududlarini istiqbolli rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2018-yillarda mintaqaviy avtomobil yo'llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. 
Dasturda quyidagi vazifalar nazarda tutilgan: 
2017-2018-yillarda 5454 kilometr, jumladan, 2017-yilda – 2700 kilometr, 2018-yilda – 2754 kilometr xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullarning ko'chalarini kapital va joriy ta'mirlash; 
xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullarning ko'chalarini joriy ta'mirlash ishlarini bajarish uchun mintaqaviy yo'llarni ta'mirlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni 330 ta yo'l texnikasi bilan ta'minlash; 
mavjud respublika xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullar ko'chalarini bosqichma-bosqich xatlovdan o'tkazish va ularni pasportlashtirish, bu boradagi ishlar natijalari bo'yicha elektron ma'lumotlar bazasini yaratish. 
Shu bilan birga, Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha 295 kilometr, Andijon viloyati bo'yicha – 324 kilometr, Buxoro viloyati bo'yicha – 439 kilometr, Jizzax viloyati bo'yicha – 222 kilometr, Qashqadaryo viloyati bo'yicha – 679 kilometr, Navoiy viloyati bo'yicha – 216 kilometr, Namangan viloyati bo'yicha – 309 kilometr, Samarqand viloyati bo'yicha – 479 kilometr, Surxondaryo viloyati bo'yicha – 535 kilometr, Sirdaryo viloyati bo'yicha – 267 kilometr, Toshkent viloyati bo'yicha – 516 kilometr, Farg'ona viloyati bo'yicha – 520 kilometr, Xorazm viloyati bo'yicha – 321 kilometr va Toshkent shahri bo'yicha – 332 kilometr yo'llar va ko'chalarni ta'mirlash nazarda tutilgan. 
Yuqoridagi qarorlarning amalga oshirilishi quyidagi masalalarni hal qilish imkonini beradi: 
birinchidan, yo'l xo'jaligini boshqarish tizimini takomillashtirish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarining zamonaviy tarmog'ini yanada rivojlantirish; 
ikkinchidan, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini saqlash, ta'mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish ishlariga yo'naltirilayotgan mablag'lardan foydalanish samaradorligini oshirish; 
uchinchidan, loyihalashtirish va yo'l-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini beradigan to'laqonli buyurtmachi xizmatini tashkil etish; 
to'rtinchidan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo'l qurilishi ishlarida, yo'l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish; 
beshinchidan, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash, jihozlash hamda ulardan foydalanish chora-tadbirlarini tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq o'z vaqtida moliyalashtirish; 
oltinchidan, avtomobil yo'llarini, ayniqsa, qishloq avtomobil yo'llarini rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlarini amalga oshirishda yangi tuzilma, yashash uchun qulay ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimiz aholisining turmush darajasini yaxshilash; 
ettinchidan, Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish instituti va kasb-hunar kollejlari negizida, jumladan, bevosita ishlab chiqarish korxonalarida, laboratoriyalarda va ilmiy-loyiha tashkilotlarida amaliy mashg'ulotlarni tizimli tashkil etish yo'li bilan ta'lim sifatini oshirishni ta'minlash va umuman, soha uchun professional kadrlarni tayyorlash; 
sakkizinchidan, mintaqaviy avtomobil yo'llarini saqlashga tegishli xodim va mutaxassislarni jalb etgan holda, yo'llarni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash; 
to'qqizinchidan, avtomobil yo'llarini pasportlashtirish va yo'llarning joriy holatini aks ettirgan holda, elektron ma'lumotlar bazasini yaratish. 
Muxtasar qilib aytganda, ushbu vazifalarning amalga oshirilishi iqtisodiyot rivojiga, shahar va qishloqlarimizni yanada obod qilish, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
1. Quyidagilar Qo'mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
avtomobil yo'llari sohasida yagona texnika siyosatini olib borish;
avtomobil yo'llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
avtomobil yo'llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash;
avtomobil yo'llarining xalqaro tranzit yo'laklarini shakllantirish;
zamonaviy transport oqimi sharoitlarida avtomobil yo'llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo'llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta'mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini ta'minlash hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish;
avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshirish;
xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarining mavjud tarmog'i saqlanishini ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish, ularning yuqori transport-foydalanish darajasida bo'lishini ta'minlash;
ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish;
avtomobil yo'llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan chet ellarda o'quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish.
2. Yuklangan vazifalarga muvofiq Qo'mita quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
a) avtomobil yo'llari sohasida yagona texnika siyosatini olib borish sohasida:
yo'l xo'jaligi sohasidagi zamonaviy texnologiyalarni va yetakchi xorijiy mamlakatlarning tajribasini hisobga olgan holda avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritish va takomillashtirishda ishtirok etish;
avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash, shuningdek yo'l-qurilish materiallari, buyumlar va konstruktsiyalarni ishlab chiqish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini ta'minlash;
avtomobil yo'llari qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlashda uchastkalarda harakat xavfsizligini ta'minlashga yo'naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;
yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida avtotransport vositalari harakatini vaqtincha cheklash yoki to'xtatishni joriy etish bo'yicha takliflar kiritish;
safarbarlik tayyorgarligini, shuningdek idoraviy mansub tashkilotlarning safarbarlik tayyorgarligi bo'yicha ular faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari davlat kadastrini yuritish;
avtomobil yo'llari, shaharlar va boshqa aholi punktlari ko'chalarining hisobini yuritish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari bundan mustasno;
b) avtomobil yo'llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
avtomobil yo'llari va sun'iy inshootlarning texnik holatini har yili ko'zdan kechirish, tekshirish;
avtomobil yo'llarining texnik holatiga qarab avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta'mirlashning har yilgi dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish;
xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarini ta'mirlashning har yilgi dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
v) avtomobil yo'llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash sohasida:
O'zbekiston Respublikasining avtomobil yo'llari ro'yxatini shakllantirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va ularni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
iqtisodiyot va aholining ehtiyojlaridan hamda davlatning strategik vazifalarini hal etishdan kelib chiqib respublika avtomobil yo'llari tarmog'ini ilmiy asoslangan istiqbolli rejalashtirish, takomillashtirish va rivojlantirish;
mamlakat mintaqalarini bog'lovchi va kecha-kunduz, uzluksiz va xavfsiz avtomobil transport aloqasini ta'minlaydigan transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish;
respublika avtomobil yo'llari tarmog'ini takomillashtirish va rivojlantirish;
g) avtomobil yo'llarining xalqaro tranzit yo'laklarini shakllantirish sohasida:
avtomobil yo'llari masalalari bo'yicha xalqaro yo'l va transport tashkilotlari bilan belgilangan tartibda o'zaro hamkorlik qilish va ularda O'zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash, O'zbekiston Respublikasining avtomobil yo'llari va transport sohasida xalqaro shartnomalarda ishtirok etishini ta'minlash;
avtomobil yo'llari va transport sohasida xalqaro hamkorlik qilish, xalqaro yo'l va transport tashkilotlari, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari, shuningdek xorijiy kompaniyalar bilan samarali o'zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish borasida takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Qo'mita vakolatiga kiradigan masalalar bo'yicha boshqa davlatlarning avtomobil yo'llari va transport bo'yicha vakolatli organlari bilan o'zaro hamkorlik qilish;
maxsus ruxsatnoma bergan holda, shu jumladan xalqaro tashishlarni amalga oshirayotgan yirik o'lchamli va og'ir yuk ko'taradigan avtotransport vositalarining avtomobil yo'llari bo'yicha harakati yo'nalishlarini belgilash;
xalqaro transport yo'nalishlaridan foydalanishda xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy integratsiyaviy tuzilmalar bilan hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish;
d) zamonaviy transport oqimi sharoitlarida avtomobil yo'llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo'llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta'mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini ta'minlash hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish sohasida:
avtomobil yo'llarini, shaharlar va boshqa aholi punktlari ko'chalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta'mirlash ishlariga, shu jumladan investitsiya loyihalari va mukammal ta'mirlash ob'ektlarini texnik-iqtisodiy asoslashni (texnik-iqtisodiy hisob-kitobni), avtomobil yo'llarini mukammal ta'mirlash ob'ektlarining ish hujjatlarini va avtomobil yo'llarini jihozlash bo'yicha tanlov hujjatlari ekspertizadan o'tkazish bo'yicha buyurtmachi funktsiyalarini amalga oshirish;
idoraviy mansub tashkilotlarning muassisi funktsiyasini amalga oshirish, ular faoliyati monitoringini olib borish va iqtisodiy tahlil qilish, shuningdek idoraviy mansub tashkilotlarda moliya-xo'jalik faoliyatini va mol-mulkdan foydalanilishini tekshirish;
qulay va xavfsiz harakatni ta'minlash uchun avtomobil yo'llaridan foydalanish, avtomobil yo'llaridan foydalanishda yo'l harakati xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar organlari bilan o'zaro hamkorlik qilish;
yo'l qurilishining yirik loyihalarini moliyalashtirishga xalqaro moliya institutlarini jalb etish;
fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning og'zaki va yozma murojaatlari o'z vaqtida va to'liq ko'rib chiqilishini ta'minlash, ular bo'yicha qarorlar qabul qilish va ariza beruvchilarga qonun hujjatlarida belgilangan muddatda javoblar yuborish;
e) avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida:
avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va ulardan foydalanish sohasida sifat nazoratini amalga oshirish;
avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash ustidan texnik kuzatish;
avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta'mirlashda qo'llanadigan yo'l-qurilish materiallari, buyumlar va konstruktsiyalarning sifati ustidan nazorat qilish;
j) ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish sohasida:
xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarining mavjud tarmog'ini ta'mirlash va saqlash bo'yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini muvofiqlashtirish;
xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalari tarmog'ini rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan shaharlar va tumanlarning bosh rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
z) ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish sohasida;
avtomobil yo'llari sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish, takomillashtirish va o'z vakolatlari doirasida qabul qilish;
avtomobil yo'llari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Qo'mita faoliyatiga tegishlilik yuzasidan tarmoqlarni rivojlantirish bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar, shuningdek boshqa hujjatlar loyihalarini ko'rib chiqish va kelishish;
avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va olib borish;
avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida zamonaviy texnologiyalarni va yangi materiallarni joriy etish bo'yicha tajriba ishlari olib borish;
i) avtomobil yo'llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan chet ellarda o'quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish sohasida:
tarmoqda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha bazaviy ta'lim dasturlarini kelishish;
yo'l qurilishini prognozlashtirish, muvofiqlashtirish va amalga oshirishning zamonaviy usullari talablariga muvofiq avtomobil yo'llari sohasida malakali kadrlar tayyorlanishini ta'minlash;
o'quvchilarning olingan nazariy bilimlarini ishlab chiqarish amaliyotida mustahkamlash maqsadida ta'lim muassasalarining idoraviy mansub tashkilotlar bilan o'zaro hamkorligini ta'minlash;
avtomobil yo'llari sohasida kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashni, shu jumladan xorijiy ta'lim muassasalarida tajriba orttirishini ta'minlash.
3. Qo'mita o'ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bevosita, shuningdek hududiy organlar va idoraviy mansub tashkilotlar orqali bajaradi.
Yüklə 18,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin