2 -§.Topografik xarita ,plan va yer sirti profili Yer sirti aylanish ellipsoidi shaklida bo`lib, 71% ga yaqini dengiz va
okeanlardan iborat. Uning xar bir nuqtasi balandligi yoki chuqurligi dengiz va
okeanlar suvining sathiga nisbatan o`lchanadi. Buning uchun dengiz va okean
suvining sathi yer sirti bo`ylab xayolan davom ettiriladi. Hosil bo`lgan sirt sath
sirti (H
1
) bo`lib, yer sirtining istalgan nuqtasi (K)dan shu sirtgacha bo`lgan masofa
(KK
1
) K
1
nuqtaning balandligi bo`ladi (KK
1
┴
H
1
) (1- shakl,a).
Yer sirti ABCD to`rtburchagining sath sirti (H
1
) dagi proyeksiyasi a
1
b
1
c
1
d
1
(1- shakl,b), shu to`rtburchakning sath sirtiga urinma bo`lgan gorizontal tekislik
(H) dagi to`g’ri burchakli proyeksiyasi abcd (1- shakl, c). Sath sirti (H
1
) dagi
proyeksiya a
1
b
1
c
1
d
1
to`rtburchakni geodezik asboblar (o`lcham lentasi, teodolit va
b.) yordamida tekislikka yoyilsa, yer egriligini hisobga olib ABCD
to`rtburchakning tekislikdagi ko`rinishi hosil qilingan bo`ladi.
H tekislikdagi abcd to`rtburchak yer egriligini hisobga olmasdan ABCD
to`rtburchakning tekislikdagi ko`rinishi bo`ladi.
Yer maydoni qancha kichik bo`lsa, uning yer egriligini hisobga olib hosil
qilingan proyeksiyasi bilan yerning egriligini hisobga olmay hosil qilingan
proyeksiyasi orasidagi farq shuncha kam bo`ladi. Shuning uchun radiusi 20 km
gacha bo`lgan maydonlarni tasvirlashda yerning egriligi hisobga olinmaydi ya`ni
sath sirtiga urinma bo`lgan gorizontal H tekislikka proyeksiyalanadi.
Yer sathi sirti egriligini hisobga olgan holda chizilgan yer umumiy sathi
yoki uning bir qismining tekislikdagi tasviri
xarita deyiladi.
Yerning uncha katta bo`lmagan qismining sath sirti egriligini hisobga
olmay tekislikda chizilgan tasviri
plan deyiladi.
Joyning relefi tasvirlanmagan plan konturli plan deyiladi. Bunday planda
joyning holati, ya`ni yaylovlar , o`rmonlar, botqoqliklar, haydalgan yerlar, aholi
yashaydigan joylarning chegaralari ko`rsatiladi ; daryolar, ko`llar, yo`llar va
hokazolar tasvirlanadi. Agar planda joyning holatidan tashqari uning relefi ham
tasvirlangan bo`lsa, unga