Yog'ni ajralish to'liqligining efir ekstraktorini
I soat davomitla
oqib tushish soniga ko‘ra baholash maqsadga muvofiqdir. Odatda,
1 soat davomida efirning 10— 15 marotaba oqib tushishi ro‘y be-
radi. Bunday sharoitlarda mahsulotdan yog'ning to'liq ekstrak-
siyalanishi 4—5 soatdan keyin yakunlanadi.
Ekstraksiya jarayoni
yakunlangach, kolbani isitish to ‘xtati!adi va uning sovishiga im-
kon
beriladi, suv berilishi to ‘xtatilib, sovitgich ajratiladi. So'ngra
ekstraktorni bir tomonga og‘dirib, undagi efir sifon tmbkasi orqali
qabul kolbasiga quyiladi va kolba ekstraktordan ajratiladi.
Agar
efir ekstraktori, unga m ahsulot zarrachalari tushishi-
dan birm uncha xiraroq bo‘lsa, u quruq qog'ozli filtr orqali o ‘z-
garmas massaga keltirilgan boshqa kolbaga filtrlanadi. Kolbadagi
qoldiqlar yangi
efir porsiyalari bilan yuvilib, o ‘sha filtr orqali
filtrlanadi.
Efirni haydash asbobi 3.17-rasmda ko‘rsatilgan.
Eritmali kolba
(1) sovitgich (2)ga ulanadi, forshtoss (3) erkin holda tiqinsiz,
qabulqilgich (4)ga tushiriladi. Efirning
b u g ian ib ketishini ka-
maytirish maqsadida kolba (1) og‘zidagi tirqish paxta bilan yopi-
ladi. Efirni yakuniy haydash va nam yog‘ni quritish 100—105°C da
quritish shkafi, termostat yoki inert
gaz muhitida vakuum ter-
mostatda amalga oshiriladi. Shundan so‘ng kolba quritilgan yog‘
bilan birgalikda sovitiladi va analitik tarozilarda tortiladi.
3.17-rasm. Efirni haydash asbobi:
/ — k o l b a ;
2 —
s o v i t g i c h ;
3 —
f o r s h t o s s ;
4
— q a b u l q i l g i c h .
221