Yo‘l belgilari
Yo‘l belgilarining ahamiyati
«Yo‘l harakati qoidalari» bizning hayotimizda muhim o‘rin tutadi,
chunki xohlaymizmi, yo‘qmi har bir harakatlanish ishtirokchisi (yosh
bolalar, o‘smirlar, kattalar) qatnov qismlarida harakatlanadi. Shu bilan
bir qatorda ular «Yo‘l harakati qoidalari»ga rioya qiladilar.
«Yo‘l harakati qoidalari»ning asoslaridan biri bo‘lgan yo‘l belgilari
transport vositalarining haydovchilariga, piyodalarga, va umuman,
barcha harakatlanish ishtirokchilariga taalluqlidir.
Yo‘llarda sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalarining aksari
belgilarga qaramay yoki ahamiyat bermay harakatlanayotgan yo‘l
ishtirokchilariga tegishlidir.
Yo‘l belgilari quyidagi yettita guruhga bo‘linadi:
1) ogohlantiruvchi belgilar;
2) imtiyoz belgilari;
3) taqiqlovchi belgilar;
4) buyuruvchi belgilar;
5) axborot-ishora belgilari;
6) servis belgilari;
7) qo‘shimcha axborot belgilari.
Ogohlantiruvchi belgilar haydovchiga yo‘lning xavfli qismiga
yaqinlashayotganligini, xavfning turi va shakli haqida axborot beradi.
Ogohlantiruvchi belgilarning asosi oq, hoshiyasi qizil rangda
bo‘lgan aksari teng tomonli uchburchak shaklidan iborat.
Imtiyoz belgilari chorrahalarda, yo‘lning qatnov qismlari kesishgan
joylarda, shuningdek, yo‘lning tor qismida yo‘l harakati
qatnashchilarining harakatlanish navbatini belgilash uchun qo‘llaniladi.
Bu guruh belgilari boshqa guruh belgilaridan olingan bo‘lib, ularning
shakllari turlichadir.
Taqiqlovchi belgilarning asosiylarining foni oq, hoshiyasi qizil,
doiradan iborat bo‘lib, harakatlanishni ma’lum darajada cheklaydi yoki
umuman taqiqlaydi.
Buyuruvchi belgilar asosi havo rang, belgisi oq, ko‘rinishi doira
shaklida bo‘lib, transport vositalarining muayyan tartib bo‘yicha
harakatlanishini talab etadi.
Axborot-ishora belgilari harakatlanishga muayyan tartib kiritadi yoki
uni bekor qiladi, shuningdek aholi yashaydigan joylar va manzillarning
joylashuvi haqida axborot beradi. Bu belgilarning shakli to‘rtburchak
bo‘lib, yashil, ko‘k, sariq va oq ranglardan iboratdir.
Servis belgilari transport vositalari, yo‘lovchilar va haydovchilarga
yo‘l yoqasida joylashgan xizmat ko‘rsatish joylari haqida ma’lumot beradi.
Qo‘shimcha axborot belgilarining asosi oq rangda bo‘lib, yakka
holda qo‘llanilmaydi. Ular doimo boshqa belgilar bilan birga qo‘llaniladi
va ularning ta’sirini muayyanlashtiradi yoki cheklaydi.
Yo‘l belgilarini o‘rnatishda ma’lum bir talablar qo‘yilgan.
1. Harakatlanish ishtirokchilariga yaqqol ko‘rinishi.
Yo‘l belgilari o‘rnatilganda harakatlanish ishtirokchilariga
daraxtlarning shoxlari yoki boshqa xil qurilmalar ularni ko‘rishga xalaqit
bermasligi lozim.
2. Transport vositalari yoki boshqa narsalar belgilarni yopib
qo‘ymasligi.
Haydovchilar o‘zlariga tegishli bo‘lgan transport vositalarini shunday
joylashtirishlari lozimki, ular harakatlanish ishtirokchilariga belgilarni
ko‘rishga xalaqit bermasligi kerak (36-rasm).
3. Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati belgilagan joylarda
qo‘yilishi.
Transport vositalari haydovchilariga yo‘lning sharoiti qanchalik
murakkab va jiddiy bo‘lsa, ular takror o‘rnatiladi.
Aholi yashamaydigan joylardagi yo‘llarda qaytariluvchi
ogohlantiruvchi belgilarga quyidagilar kiradi
Dostları ilə paylaş: |