Yo`nalishi 3-kurs talabalari uchun



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə26/36
tarix12.10.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#154489
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
4-O\'quv materiallari, ma\'ruzalar matni

Tayanch tushunchalar: Jamoatchilik, «jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari, tashviqot, milliy g`oya tashviqoti, axborot-psixologik xavfsizlik, milliy g`oya targ`ibotida jamoatchilik bilan aloqalar.


Mavzuni mustahkamlash bo`yicha savollar:
1. Jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyasining mazmun va mohiyati nimalardan iborat?
2. Jamoatchilik bilan aloqalarning texnologiyasining vazifalari nimalar?
3. Jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalarini qo`llash bugungi kun O`zbekiston uchun qanday ahamiyatga ega?
4. Milliy g`oya targ`ibotni undan qanday foydalanish mumkin?
5. Jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyasining qo`llash hamda uni qabul qilishning mohiyati nimada?
11-Mavzu: Milliy g`oya targ`ibotida Ommaviy Axborot Vositalarining o’rni (4-soat)
Reja:
1. Demokratik islohotlarning amalga oshirishida OAV ning o’rni.
2. OAV mafkura va g’oya targ’ibotchisi sifatida.

Ommaviy axborot vositalari har doim jamiyat taraqqiyotining ko’zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vositalaridan bo’lib kelgan. O’tgan davr barcha sohalar singari Ommaviy axborot vositalari uchun ham serqirra rivojlanish davri bo’ldi. Istiqlolga erishganimizdan so’ng birinchi navbatda sohaning huquqiy bazasiga e’tibor qaratildi va rivojlangan davlatlar tajribalarini o’rganish boshlandi. Ommaviy axborot vositalarning xalqaro huquqiy asoslari bu inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt, O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlar bilan axborot siyosatiga doir tuzgan bitim va shartnomalari hisoblanadi. Mazkur huquqiy hujjatlar axborotni izlash, olish, tarqatish jarayonlari va ommaviy axborot vositalari faoliyatini bevosita yoki bilvosita tartibga soluvchi normalardir. Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi quydagi qonunlar qabul qilindi:



  • “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida” gi Qonun (2001 yil 15 yanvar)

  • “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida” ga Qonun (1997 yil 24 aprel)

  • “Jurnalistika faoliyatini himoya qilish to’g’risida” gi Qonun (1997 yil 24 aprel)

  • “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida” gi Qonun (2002 yil 12 dekabr)

  • “Noshirlik faoliyati to’g’risida” gi Qonun (1996 yil 30 avgust)

  • “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida” gi Qonun (2006 yil 20 iyul)

  • “Reklama to’g’risida” gi Qonun (2012 yil 6 yanvar)

  • “Axborotlashtirish to’g’risida” gi Qonun (1993 yil 7 may)

  • “Telekommunikatsiyalar to’g’risida” gi Qonun (1999 yil 20 avgust)

O’zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining mukammal huquqiy asosi yaratilganligini isbotlash uchun yuqorida keltirgan qonunlarimiz kifoya qiladi, nazarimda. Shu jumladan, Konstitutsiyamizning 67-moddasida “Ommaviy axborot vositalari erkindirlar va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to’g’riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo’l qo’yilmaydi” deb belgilab qo’yilgani ommaviy axborot vositalarining mutloq qonuniy va erkin ekanligi kafolatlaydi.
Ushbu konstitutsiyaviy qoida ommaviy axborot vositalari chinakam erkin faoliyat yuritishining huquqiy kafolati bo’lib, jamiyatning yangilinishi jarayonida mislsiz ahamiyatga ega.
Mazkur moddada uchta muhim printsip, ya’ni ommaviy axborot vositalarining erkinligi, ularning faoliyatida qonun ustuvorligi va senzuraga yo’l qo’yilmasligi o’z ifodasini topgan.
Ommaviy axborot vositalari axborotni izlash, olish va tarqatish huquqidan foydalanadilar.
Demokratik davlatlarda ommaviy axborot vositalari erkinligini, ularning faoliyat ko’rsatishi sharoitlarini ta’minlash bilan birga, bu erkinliklarning siiste’mol qilinishiga yo’l qo’yilmaydi.
Ushbu qoidaga muvofiq O’zbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida” gi Qonunning 7-moddasida “O’zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini tsenzura qilishga yo’l qo’yilmaydi. E’lon qilinayotgan xabar va materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matn o’zgartirilishi yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo’q” deb belgilab qo’yilgan.
Sohaga doir qonunning qabul qilinishi vatanimiz jurnalistlari hayotida qonunda zikr etilgan mutlaqo yangi davr boshlanayotganidan dalolat edi. Qonunda O’zyubekistonda tsenzura rasman bekor qilindi. Bosh xujjatimizning 29 moddasida fikrlash va so’z erkinligi huquqini, har kim o’zi istagan axborotni olish huquqini bergan bo’lsa, “Ommaviy axborot vositalari ” deb nomlangan, 15 bobida” TSenzuraga yo’l qo’yilmaydi.” degan jumla O’zbekiston mutbuoti va jurnalistikasi eng taraqqiy etgan mamlakatlar, ular erishgan. To’g’ri, garchi Konstitutsiya va qonunda zikr etilgan mazkur bandlar hayotda birdaniga amalga oshib qolmadi. Lekin ular erkinlashtirishga huquqiy zamin yaratdi.
Ommaviy axborot vositalari sohasida nomarkazlashtirish harakatlari boshlanib ketgani ham demokratlashuv sari qo’yilgan ilk qadam edi. 1994 yili viloyat, tuman va shahar gazetalari Davlat matbuot qo’mitasi tasarrufidan chiqarildi. Nashrlarga rahbarlik qilish mahalliy xokimiyat idoralari hamda bevosita muassislar ixtiyoriga o’tdi. Natijada mahalliy gazetalarning soni ko’paydi. Muhimi bu gazetalarning soni ko’paydi. Muhimi, mahalliy gazetalar endi o’zlarini respublika gazetalariga nisbatan ikkinchi yo uchinchi darajali nashrlar deb emas, balki to’laqonli mustaqil ijodiy faoliyat yuritayotgan nashrlar deb his eta boshladilar.
1994 yilning oktyabr oyida Toshkentda “Respublikani axborotlashtirish hamda yangi axborot texnologiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.
Shuningdek mamlakat jurnalistlari o’z faoliyatida erkinlashish kayfiyatining yangi darajalarga olib chiqqani bilan ahamiyatlidir. 1995 yilning noyabrida Toshkentda “Jamiyatni demokratlashtirish jarayonida ommaviy axborot vositalarining vazifalari va imkoniyatlari” mavzusida xalqaro anjuman bo’lib o’tdi. Unda g’arbiy Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan kelgan taniqli mutaxassislar ishtirok etganining o’ziyoq o’zbek jurnalistikasi uchun katta voqea edi. Matbuot sohasida, xususan, shunday mavzuda mamlakatimizda birinchi marta o’tkazilgan xalqaro tadbir sifatida ushbu anjuman mustaqillik davri o’zbek jurnalistikasi solnomasidan haqli o’rin oldi.
1996 yilning noyabrida O’zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Matbuotni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi O’zbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo’llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg’armasiga aylantirildi. Jamg’arma Respublika ommaviy axborot vositalarida demokratlashuv muhitini yaratish, istiqlol mafkurasi yo’lida ijod qiluvchi jurnalistlarni ham moddiy, ham ma’naviy, ham huquqiy qo’llab-quvvatlash, shuningdek bozor iqtisodiga o’tish davrida ommaviy axborot vositalarini turli qiyinchiliklardan talofatsiz o’tib olishlariga yordam ko’rsatish vazifalarini o’z oldiga qo’ydi. Shuningdek shu yili ikki muhim voqea ro’y berdi: birinchisi – O’zbekiston matbuoti tarixida birinchi marta “Hurriyat” gazetasi tasis etildi. Ikkinchisi—1997 yildan respublikada birinchi marta Milliy matbuot markazi faoliyat yurita boshladi. Mustaqil nashrning paydo bo’lishi, shuningdek mamlakatda axborot olish va tarqatish vazifalarini zimmasiga olgan markazning tashkil topishi demokratlashuv yo’lidagi navbatdagi g’alabalar edi.
Jurnalist kadrlarni qayta tayyorlash xalqaro jamg’armasi tashkil etildi. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari keng tus oldi. O’zbek jurnalistlari chet ellarga borib tajriba almashishi, tahsil olishi odat tusiga kirdi. 1996 yilning aprel oyida Toshkentda “Ozod Yevropa” va “Ozodlik” Amerika radiokorporatsiyasi vakolatxonasi ochilgani nafaqat matbuot, balki mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida favqulodda voqea edi.
1997 yilning aprel oyida Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi ta’sis etildi. Toshkentda bo’lib o’tgan “Radio va televidenie – axborot makonida va jamoatchilik fikrini shakllantirish yo’lidagi raqobat” mavzuidagi konfrentsiyada O’zbekiston, Germaniya, Ukraina, Qirg’iziston jurnalistlari ishtirok etdi.
O’zbekiston Respublikast Konstitutsiyasi 29 moddasi: “Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstituttsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.
O’zbekistonda telekommunikatsiyalar tizimi dunyoning 180 ta mamlakatiga 28 ta yo’nalish bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri chiqadigan xalqaro kanallarga ega.
Keyingi 10 yil ichida bosma ommaviy axborot vositalarining soni 1,5 barobar, elektron ommaviy axborot vositalarining soni 7 barobar ko’paydi.
Respublikada Internet tizimidan foydalanuvchilar soni 6 milliondan oshdi.
Mavjud barcha telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalari O’zbekistonda yashaydigan millat va elatlarning 7 ta tilida faoliyat olib boradi, shuningdek, bosma materiallar va teleko’rsatuvlar ingliz tilida ham tarqatilmoqda.11
Demokratik jamiyatda ommaviy axborot vositalari «To’rtinchi hokimiyat», deb ta’riflanadi. Bu «hokimiyat»ni ro’yobga chiqarishda jurnalist, uning kasb mahorati, umumiy saviyasi va madaniyati katta rol o’ynaydi. Jurnalistlik faoliyatining davlat darajasida muhofazalanishi, jurnalistning huquq va majburiyatlari tartibga solinishi «To’rtinchi hokimiyat» uchun mustahkam zamindir. Davlat organlari. jamoat birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslari tsenzura qilganlik, jurnalistning qonuniy faoliyatiga to’sqinlik qilganlik, uning so’rov va axborot olish huquqini buzganlik, jurnalistga tazyiq o’tkazganlik va faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikka tortiladilar. Jurnalistning materiallari va texnika vositalarini g’ayriqonuniy ravishda olib qo’yish mumkin emas. Jurnalist sha’ni va qadr-qimmatini haqorat qilish, uning hayoti, sog’lig’i va mol-mulkiga tahdid, zo’ravonlik yoki tajovuz qilish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini huquqiy tartibga solish maqsadida mamlakatda 11 ta qonun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 40 ta qarori, 600 dan ziyod qonunosti xujjatlari qabul qilinib, bir qator milliy dasturlar ishlab chiqilgan. Xususan, “2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalarini rivojlantirish dasturi” ,“O’zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya tarmog’ini 2010 yilgacha bo’lgan davrda rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish milliy dasturi” va boshqalar shular jumlasidandir.
Mustaqillik yillarida «Ommaviy axborot vositalari to’g’risida»gi (1997-yil, 26-dekabr), «Noshirlik faoliyati to’g’risida»gi (1996-yil, avgust), «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida»gi (1996-yil, sentabr), «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida»gi (1997-yil, aprel), «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to’g’risida»gi, (1997-yil, aprel), «Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to’g’risida»gi (2002-yil, dekabr) qonunlar hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida televidenie va radioning rolini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi (1996-yil, may) Farmoni va boshqa bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
«Ommaviy axborot vositalari to’g’risida»gi Qonunida ommaviy axborot vositalarining turlari ko’rsatilgan. Ular gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, axborot agentliklari, televidenie (kabelli, efir-kabelli televidenie) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo’lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon unga har tomonlama “axborot xurujlari” qilinmoqda. Bu axborot tajovuzi goho “demokratiya va inson huquqlari buzilmoqda” degan siyqasi chiqqan shiorlar ostida amalga oshirilayotgani yaxshi ma’lum. Bunday “axborot xurujlari”ga qarshi kurashmoq uchun har bir ongli inson va vatanparvar yoshlar loqayd bo’lmasligi, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lishi, har qanday bo’hton va uydirmalarga qarshi hozirjavoblik bilan kurashmog’i lozim. Bu kurashda asosiy omil – milliy istiqlol g’oyasi bo’lishi maqsadga muvofiqdir. “Vatan va xalq manfaatlarini himoya qilish, yosh avlodimizni turli tajovuzlardan asrashda fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish bugungi kunda har qachongidan ham chuqur mazmun va ahamiyat kasb etmoqda,– deb ta’kidladi Davlat rahbari.– Bu borada muayyan ishlar amalga oshirilayotganini e’tirof etgan holda, aytish zarurki, hali yana juda ko’p ish qilishimiz lozim. Biz odamlarning fikrini boshqarish emas, aksincha, ularning dunyoqarashini kengaytirish va yuksaltirish tarafdorimiz. Ya’ni, o’zini kimning avlodi ekanini, qanday buyuk ma’naviy merosning vorisi ekanini yaxshi anglaydigan va ulug’ ajdodlarining merosiga munosib bo’lib, o’z aql-zakovati va sog’lom hayotiy qarashlariga tayanib yashashga intiladigan yoshlarni kamol toptirishda xalqimiz, jamoatchiligimiz ommaviy axborot vositalaridan ko’p narsa kutishga albatta haqlidir”10.
Dunyo axborot makonida ba’zi qudratli davlatlar hukmronlik qilishga intiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar esa ko’proq o’zini himoya qilishga majbur bo’ladi. Aks holda, o’sha mamlakat katta ma’naviy zarar ko’rishi hech gap emas. Bunday ma’naviy tahdidlarning oldini olish uchun eng samarali yo’llardan biri – axborot iste’molchilarida, ayniqsa, hali ongi to’la shakllanib ulgurmagan yoshlarda kuchli mafkuraviy immunitet hosil qilish va uni muttasil rivojlantirib borish zarur. Xorijiy radiolar orqali qilinadigan axborot hujumidan himoyalanish uchun eng samarali yo’l – mahalliy OAVdan unumli foydalanishdir. Ya’ni, axborot xurujlariga qarshi milliy gazeta, radio va televideniemizdan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Internet – yangi OAV turi, an’anaviy axborot vositalarining o’ziga xos qorishmasi: bosma matbuot, radio va televideniyaning ustuvor jihatlarini jamlagan yangi axborot va kommunikatsiya vositasidir. Shu paytgacha OAV haqida gapirganda uni asosan uch ko’rinishda tasavvur qilar edik: matbuot, radio va televidenie.12
Shu narsa ham aniqki, turli yoshdagi, jinsdagi, diniy e’tiqoddagi odamlar guruhi aynan bir xil axborotga turlicha munosabatda bo’ladi. Buni ham saytda faoliyat yurituvchi jurnalistlar e’tiborga olishlari lozim bo’ladi.
Aytaylik, amerikacha reklama noxushlikka sabab bo’lmaydi. Aksincha, u yerda zarbdor kuchga ega va nishonga aniq uradi. Uni o’ylab ko’rmasdan musulmon dunyosi sharoitiga, masalan, Markaziy Osiyo hududiga ko’chirib o’tilsa, u o’zini oklay olmaydi. Sharqona tamaddun ahli o’z qadriyatlari, go’zallik haqidagi o’z tushunchalariga, falsafalariga ega. Endi shunday auditoriyada Amerika yo Rossiya telekanallarida kuzatilganidek “Tampaks” va «O-bi» tamponlari reklamasi O’zbekistonlik Internet saytlarga kiruvchilarga berilayotganini tasavvur qilib ko’ring. Birinchi taassurot: uyat, sharmandalik! Bundan aholining milliy mentalitetini hisobga olmagini uchun, jurnalistning kasbiy odob axloq me’yorlariga amal qilmagani uchun ko’pgina noqulayliklarga olib kelishi mumkin.13 Bu kabi holatlarni inobatga olish internet jurnalisti uchun auditoriya bilan aloqa bog’lashda muhim ahamiyatga ega.
Internetdan foydalanuvchi yoshlarni esa ko’proq sevgi-muhabbat, do’stlik, musiqa, raqslar, adabiyot, san’at yangiliklari, sayohat, sport haqidagi materiallar o’ziga tortar ekan.
30-45 yoshdagi foydalanuvchilarni asosan o’z kasblari haqidagi ma’lumotlar, moddiy farovonlik, mahalliy hayotning halqaro va ichki ahvoli qiziqtiradi. O’zbekistondagi ijtimoiy tarmoqlarning taraqqiyoti va muammolari.
O’zbekistonga ijtimoiy tarmoqlar juda kech kirib keldi va uning rivojlanishi AKSh yoki boshqa taraqqiy etgan mamlakatlar kabi jadal bo’lmadi. Bunga sabab, Internetning O’zbekistonga kirib kelish darajasining sustligi va uncha qimmat bo’lmagan xosting tizimining yo’qligi bo’ldi. Internet - reklama tizimi xali aniq maqomga tushmagan. Bu sohadagi qator loyixalar xali uning ijodkorlariga foyda keltirmayapti.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin