SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 7-SON RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.02.2023 91
tashabbusni qo’llab-quvvatlash, hamkorlik va yo’naltiruvchilik vazifalarini
bajaradi. Bunday yondashuv pedagogning talabaga bo’lgan munosabati, ishonchi
va muloqotining yuqori darajaga chiqishi, talabalarni majburlash o’rniga
rag’batlantirishning ustuvorligiga asoslanadi. Bunda ko’zlangan maqsadga
erishish, qiyinchiliklarga chidamli bo’lish, muammolarni bartaraf etishda samarali
yo’llardan foydalanishda namoyon bo’ladi. Uni zarur o’rinlarda qo’llash maqsadga
muvofiqdir.
Izlanuvchan-kreativ yondashuv. Bunday yondashuvni tadqiqiy-ijodiy
yondashuvning davomi deyish mumkin. Uning maqsadi talabalarda muammoni
hal qilish, tugallanmagan tajribalarni mustaqil o’zlashtirib o’z nihoyasiga yetkazish,
uning yangi yo’llarini yaratish qobiliyati va idrokini yuksaltirishda ko’zga
tashlanadi. Izlanuvchi shakldagi ta’lim shaxsni tadqiqotchilikka yo’naltirish,
yuksak ijodiy faoliyatni ta’minlashga xizmat qiladi. Talabalarning o’quv faoliyatini
boshqarishda ijodiy yo’l tutiladi hamda tadqiqotchilik jihatlari oldingi planga olib
chiqiladi. Buning natijasida yangicha qarashlar, foydali g’oyalar, innovatsion
ishlanmalar, ilg’or loyihalar vujudga keladi.
Tizimli yondashuv. Ko’pincha “tizimli tahlil usuli” yoki “tizimli metod”
shaklida tilga olinadigan mazkur yondashuv pedagogik ta’lim ob’ektini yagona
mexanizm sifatida o’rganish jarayonini o’zida ifodalaydi. Tizimli yondashuvda
tahlil ob’ekti o’rganilayotgan ijtimoiy munosabat yoki voqea-hodisadir. Ob’ekt
tahlil qilinganda, uning atribut va substantsiyalari orasidagi aloqadorlik,
strukturaviy chegaralar va aloqadorlik xususiyatlari dialektik asosda tadqiq
qilanadi. Tizimli tahlil usuli ko’proq falsafiy tadqiqot olib borish jarayoniga mos
keladi.
Texnologik yondashuv. Bu yondashuvning o’ziga xos xususiyati ta’lim
jarayonini loyihalashtirish orqali o’quv maqsadlariga erishishni nazarda tutadi. U
loyihalashtirish metodini taqdim etadi. Ushbu metod o’qitish jarayonini
tashkillashtirish, rejalashtirishni o’zida ifoda etadi. Ushbu metodni qo’llash asosida
talabalar tomonidan loyiha ko’rinishidagi bilimlar olinadi. O’qituvchi va talabalar
o’rtasidagi munosabatlarda hamkorlik pedagogikasi muhim ahamiyatga ega bo’lib,
talabalarning birgalikda bilim olishlarini ta’minlaydi. Zamonaviy pedagogikada
ta’lim jarayonini loyihalashtirish, talabalar bilan ishlashni loyihalashtirish singari
muhim metodlar mavjud. Ular malakali kadr tayyorlash jarayonidagi o’qitish
uslublari va jamiyat ehtiyojlari o’rtasida vujudga keluvchi ziddiyatlarni bartaraf
etishga xizmat qilishi lozim. Texnologik yondashuv ta’lim maqsadlariga erishishni
ta’minlaydi.
Ta’limni boshqarishga tizimli yondashuv. Ushbu yondashuv o’qituvchining
talabalarga mavjud imkoniyatlarga asoslanib zaruriy bilim, ko’nikma va
malakalarni to’g’ri shakllantirish jarayoni hisoblanadi. Bunday yondashuvga