Yondashuvni amalga oshirish



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix15.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#155894
1   2   3   4
talabalarning-kasbiy-faoliyatlarida-shaxsga-yo-naltirilgan-yondashuvni-amalga-oshirish

Keyword:
personality, continuous pedagogical practice, characteristics, perception, 
components. 
Malakaviy pedagogik amaliyot-ta’lim turlari uchun yuqori malakali pedagog kadrlar 
tayyorlash ishining ajralmas qismi bo’lib, talabalarning kasbiy ko’nikma va malakalarini 
rivojlantiruvchi pedagogik jarayon. Amaliyotchi-talabalar malakaviy pedagogik amaliyot 
davrida o’quv-tarbiya jarayonining barcha tomonlarini tahlil qiladi va bu amaliyot maktabgacha 
ta’lim, davlat va nodavlat umumta’lim maktablari, oliy ta’lim muassasalari va boshqa ta’lim 
muassasalarida amalga oshiriladi. Pedagogik amaliyot davrida amaliyotchitalaba amaliyot 
o’tayotgan ta’lim muassasasi shart-sharoit va ichki tartib qoidalariga moslashish, pedagogik 
jamoa bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladi va OTMni tamomlagandan keyin ish 
bilan ta’minlanishi nazarda tutiladi; 
Maxsus adabiyotlarda faqat shaxsga yoʻnaltirilgan emas, balki individual yondashish 
haqida ham koʻp tilga olinadi. Individual yondashish har bir oʻquvchi bilan ishlar alohida olib 
borilishini anglatadi; natijalar guruh ichida emas, balki uning avvalgi natijalariga qarab 
baholanadi; oʻqituvchi bilan aloqalari har bir oʻquvchining individual xususiyatlarini bilishi 
hisobga olinib quriladi. Oʻquvchining tajribasi, uning shaxsiy tarixi individ haqida bilish manbai 
va pedagog uchun muhim yordam boʻlib qoladi. Shaxsga yoʻnaltirilgan yondashish, nomining 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
1260 
oʻzidan koʻrinib turganidek har bir oʻquvchidan uning avvalgi tajribasiga qaramasdan shaxsni 
«keltirib chiqarishga» intiladi. 
Shaxsga yoʻnaltirilgan yondashishni amalga oshirilganda talaba uning mustaqil bilim 
olish, oʻzini anglash, mustaqillik va oʻzini amalga oshirishga ehtiyoji bilan shaxsiy hayotini 
quruvchi sub’yekt sifatida diqqat markaziga qoʻyiladi. Shaxsga yoʻnaltirilgan yondashishda 
kasbiy tayyorgarlik jarayoni sub’yektlar shaxsiy funksiyalari toʻlaqonli namoyon boʻladi va 
rivojlanadi. Shaxsga yoʻnaltirilgan yondashish talabaga nodir hodisa, qimmatli, oʻzaro 
munosabatlar va hamkorlik jarayonida mustaqil oʻzini yaratuvchi sub’yekt sifatida munosabatni 
talab qiladi. 
Shaxsga yoʻnaltirilgan yondashish nuqtai nazaridan boʻlajak jismoniy tarbiya 
mutaxassisini kasbiy tayyorlash talabalarda mustaqil bilim olishga ehtiyojni shakllantirishga 
yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak. Mustaqil bilim olishda talaba — faoliyat ham sub’yekti va ham 
ob’yekti, bu esa ushbu faoliyat faol refleksiyasini keltirib chiqaradi va tuzilishi komponentlari 
oʻziga xosligini belgilaydi. Ularga shaxsiy maqsadga ega boʻlish, mustaqil bilim olishga, idrok 
etish faoliyatini oʻzi tashkil etishga ichki ehtiyoj kiradi. 
Oʻzini oʻzi tashkil qiluvchi oʻzining idrok etish mehnatini oʻzi tashkil qiladi, boshqaradi 
va nazorat qiladi, uning faoliyat usullari albatta uning shaxsiy xususiyatlariga qarab 
individuallashtiriladi. 
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat 
yo`nalishi talabalari amaliy kasbiy mustaqil bilim olishlari masalasini tahlil qilib, talabalar-
amaliyotchilarning eng yuqori faolliklari mustaqil tayyorlanishda namoyon boʻlishini aniqladik,

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin