Yopiq urug‘li o‘simliklar tasnifi, gul tuzilishi va to‘pgullar


Ko`p mevalilar qabilasi-(Polucarpicae)



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə2/8
tarix17.04.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#99114
1   2   3   4   5   6   7   8
9 mustaqil

Ko`p mevalilar qabilasi-(Polucarpicae).
Ko`p mevalilar qabilasi 23 ta oilani o`z ichiga oladi. Bu qabilaga kiruvchi daraxtlardan magnoliyadoshlar, lavrdoshlar, zirkdoshlar, o`t o`simliklardan esa ayiqtovondoshlar eng tipikdir.
Ko`p mevalilarning gullari xilma - xil bo`lgani bilan ularning sodda tipda tuzilgan. Guldan, ya`ni oddiy (vegetativ) novda belgilarini radial simmetriy, go`yo poyaga o`xshaydigan cho`ziq gul o`rni, spiral tartibda joy olgan va bir - biriga qo`shilmagan notayin sondagi barglarini saqlab qolgani guldan solib chiqqanligini ko`rish qiyin emas.
Biz faqat magnoliyadoshlar va ayiqtovondoshlarni ko`rib chiqamiz.
Magnoliyadoshlar oilasi - (Magnoliaceae)
Bu oilaga faqat daraxt va butasimon o`simliklar kiradi. Ularning 12 avlod 100 ga yaqin turi bor. Barglari oddiy, ko`pincha yon bargchalari bo`ladi. Bu oila vakillarining ba`zilari doimo yashil tursa, ba`zilari kuzda bargini to`kadi. Barglarida efir moy chiqaradigan ichki bezchalar bor. Gullari ko`pincha ikki jinsli, aktinomorf bo`lib, gul o`rni cho`ziq. Gulqo`rg`on bargchalari har xil sonda 6 tadan 12 tagacha va bundan ko`proq bo`lib, ba`zi vakillarida spiral holda joy olsa, ba`zilarida doiralar hosil qiladi, ko`pincha uch bo`lakli bo`ladi. 3 tadan doira bo`lib joylashganlarida tashqisi rangi bilan boshqalardan farq qiladi va kosacha hosil qiladi. Talaygina otaliklar, urug`kurtaklari tugunchalar chetidan joy oladigan ko`p a`zoli apokarp genitsey hosil qiluvchi meva barglari sinokarp spiral bo`lib joylashgan.
Bu oilaning tipik vakili magnoliya avlodidir.
Uning qisman Sharqiy Osiyoda,qisman Shimoliy Amerikada uchraydigan 30 ga yaqin turi bor. Magnoliyalarning ba`zi turlari Floridada yevvoyi xolda o`sadi. Subtropik iqlimli rayon bo`lgan Qirim va Zakavkazyeda ekib o`stiriladi. Park va bog`larda ko`pgina asl vatani shimoliy Amerika bo`lgan yirik gulli magnoliya (M.grandiflora) ekiladi. Bu o`simlik kalta bandli, barglari katta-katta va oddiy,cheti butun, qalin, yaltiroq bo`ladigan daraxtdir. Shu barglarining yonbarglari kurtakdagi hali ochilmagan yosh barglarni saqlab turadi. Yakka-yakka bo`ladigan yirik-yirik gullarining diametri 10 sm ga boradi va bundan ham oshadi. Gullari oq yeki pushti rangda bo`lib juda xushbo`y.
Gul o`rni cho`ziq konussimon shaklda. Unda gulqo`rg`onning 6-12 ta nim rang,yirik-yirik,bargchalari uch a`zoli doira bo`lib turadi. Bargchalaridan keyin spiral holda joylashgan bir otalikda serbar chang ipchasi bor, bu ipcha uchi changdonlar ustida ko`tarilib turadi. Changdonlar cho`zinchoq bo`lib, bog`lam atrofidan joy oladi. Gul o`rnini 2/3 bo`lagini yuqori qismini ginetsey egallagan. Spiral holda joylashgan talaygina meva bargchalarining har qaysisi mustaqil onalik hosil qiladi, shu bilan birga,o`rta tomirdan bukilib turadigan meva bargchasining chetlari bir-biriga qo`shilib ketadi va shu tariqa yuzaga kelgan bir uyali tugunchadan ko`pincha 2 ta urug` kurtak joy oladi(ba`zi turlarida urug`kurtaklar 6 donagacha bo`ladi). Onalik ustunchasi yo`q,shuning uchun og`izchaning chang ushlaydigan yuzasi meva bargchasining chetida, yuqori qismida turadi.
Shunday qilib ularning gul formulasi quyidagicha ifodalanadi:
Tuguncha ustki.
Gullash tamom bo`lgandan keyin gulqo`rg`on bargchalari bilan otaliklari tushib ketadi, ularning o`rni esa chuqurcha-chuqurcha bo`lib qoladi: gul o`rni qalinlashadi va onaliklardan kul rang tukli bir talay bargsimon meva xosil bo`ladi, ular qorin chokidan ochiladi. Shu mevalar bo`yi 5-7 sm va bundan ko`proq keladigan cho`zinchoq "qubba" xosil qiladi.Pishib yetilgan urug`lari qizil rangda bo`ladi va etdor po`st bilan qoplanib ipdek uzun bandida pastga osilib turadi. Magnoliyagullilarning boshqa vakillari lola daraxti (Liriodendron) ni ko`rsatish mumkin. Bu avlod vakillari Kavkaz, Qrim va O`rta Osiyoning janubidagi Ashxobod va Dushanbedagi parklarda, hozirgi vaqtda Toshkentdagi parklarda ham o`stirilmoqda. Lola daraxtining bo`yi magnoliyaning bo`yidan biroz balandroq 40 m.ga yetadi. Bu daraxtning gullari sirtidan lolaga birmuncha o`xshaydi, lekin rangi loladek ochiq bo`lmaydi. Lola daraxti Amerikada "oq terak" deb ataladi.Uning yog`ochidan xar xil asboblar tayyorlanadi. Magnoliyagullilarning ko`pchiligi dekorativ o`simlik sifatida o`stiriladi.Bu oila vakillari eng qadimgi o`simliklardan biridir. Bo`r davriga talluqli qazilma qoldiqlar shundan guvohlik beradi.Oddiy novdaga xos ko`pgina belgilarni saqlab qolgan oddiy tuzilishli gullar, shuningdek boshqa morfologik belgilar bu oilaning qadim zamonlardan qolganligiga mos keladi. Ularning ba`zi vakillarining yog`och qismida suv naylari yo`q,shunga ko`ra suv o`tkazuvchi elementlar xoshiyador teshikchali traxeidlardangina iborat bo`ladi, shu tufayli bularning yog`och qismi ninabarglilarning yog`och qismiga juda o`xshab ketadi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin