Ishni bajarish tartibi 1.2-rasmda tasvirlangan elektr zanjiri yig‘iladi. O‘lchash va hisoblash natijalarini yozish uchun quyidagi jadval tuziladi:
2. L1 lampochka zanjirga K1 kalit yordamida ulanib (K2 ochiq, K3 1-holatda bo‘ladi), kuchlanishning 60, 80, 100, 120 va 140 V qiymatlari uchun tok kuchi aniqlanadi.
3. R=U/I formula yordamida tok kuchi va kuchlanishning har bir qiymati uchun Rt qarshilik hisoblanadi.
4. (1.5) formula yordamida lampochkaning quvvati aniqlanadi.
5. Ommetr yordamida xona haroratidagi lampochkaning qarshiligi va termometr yordamida uning absolyut shkala bo‘yicha haroratining qiymati aniqlanadi, yani Tx=273+t. 6. (1.13) formuladan Rt ning har bir qiymati uchun qizigan lampochkaning harorati aniqlanadi.
7. Elektr zanjiriga L2 lampochka K2 kalit orqali ulanadi. (K1 ochiq, K3 ixtiyoriy holatda) va 26 bandlarda o‘tkazilgan tajriba va hisoblashlar takrorlanadi.
8. L1 va L2 lampochkalar elektr zanjiriga ketma-ket ulanadi (K1 ulangan, K3 2-holatga o‘tkaziladi). So‘ngra 26 bandlar takrorlanadi va umumiy qarshiliklar topiladi.
9. L1 va L2 lampochkalar elektr zanjiriga parallel ulanadi (K1 va K2 ulangan, K3 1-holatga o‘tkaziladi). So‘ngra 26 bandlar takrorlanadi va umumiy qarshiliklar topiladi.
Sinov savollari: 1. Tok kuchi nima? U qanday birliklarda o‘lchanadi?
2. O‘tkazgichlarda qarshilikning mavjud bo‘lishini klassik elektron nazariyasi asosida tushuntiring.
3. O‘tkazgichlarning qarshiligi va bu qarshilikning haroratga bog‘liqlik formulasini tushuntiring.
4. O‘tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulashdagi natijaviy qarshilik, tok kuchi, kuchlanish va quvvat formulalarini yozing.
5. Zanjirning bir qismi, to‘liq zanjir va bir jinsli bo‘lmagan qismlari uchun Om qonuni, tok kuchining ishi va quvvati formulalarini yozing.
6. Ishning sxemasini chizing va ishlashini tushuntiring.