Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti



Yüklə 7,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/87
tarix19.12.2023
ölçüsü7,12 Kb.
#185020
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87
pdf

 
 
 
 
 
 
Buni quyidagi jadvaldan ko‘rish mumkin.

7-jadval.
 
Barg yo‘qotgan suv (% hisobida) 
Bargning yemishligiga 
(% hisobida) 


Yangi uzilgan barg 
100 
10,0 
90 
20,0 
58 
30,0 
39 
 
Yangi uzilgan barg 30 minutdan keyin qurtga berilganda 10% namligini, bir 
soatdan keyin berilganda esa 15% namligini yo‘qotgan bo‘ladi.
Shunga muvofiq uning emishligi ham kamayadi. Bargdagi suvning miqdori u 
etilgan sari kamayib boradi: bahorda qurt boqish davrida endigina yozilgan bargda 
75-80% suv bo‘ladi, qurt 5-yoshga o‘tganda, ya’ni taxminan 25 kundan keyin 68-70% 
suv qoladi. Bu ilgarigi namlikdan 7-10% kamdir. 
Bu qurt dastlabki ikki yoshida o‘ziga berilgan oziqning faqat 15-30% ini 
eyishini, uchinchi yoshda 35% ini va hatto beshinchi yoshda 80% ini yeyishini 
ko‘rsatdi. 
Qurt yegan bargdagi oziq moddalari o‘zlashtiriladigan oziq deyiladi. Biz 
yuqorida aytib o‘tganimizdek, hamma moddalar ham o‘zlashmaydi. Qurt yegan 
bargdagi moddalarning ko‘p qismini o‘zlashtira olmaydi, chunki u kletchatkadan 
tuzilgan hujayra qobig‘ini parchalay olmaydi. Oshqozon shirasida hujayra qobig‘ini 
parchalay oladigan fermentlar yo‘q. Bargni kemirganda parchalaynmagan 
hujayraning ayrim qismlaridan oziq moddalar so‘rib olinadi. Bunda oshqozon shirasi 
parchalanmagan mexanik kletchatkadan qisman o‘tib, protoplazmani buzadi va 
hujayradagi organik va mineral birikmalarni so‘rib oladi.
Umuman olganda, ko‘p sondagi hujayralar qolib ketadi, qurt bu hujayralardan 
hech narsani so‘rib olmaydi. Buning sababi hali aniqlanmagan. Bundan tashqari, qurt 
hujayralardan so‘rib olingan hamma moddalardan foydalana olmasligi mumkin. Qurt 
rivojlanishining hamma bosqichlarida moddalar almashinuvining xarakteri o‘zgaradi 
hamda ichak epiteliysi suyuq ovqat massasidagi hamma moddalarni so‘rib ololmaydi. 
Masalan, 5-yoshda, ipak to‘planish vaqtida azotli birikmalar ko‘proq o‘zlashtiriladi 
boshqa moddalar esa kamroq o‘zlashtiriladi. 
Oziq o‘zlashtirish darajasining o‘zgarib turishi shu bilan isbotlanadiki, qurtlar 


katta yoshdaligida bargning birmuncha yirik bo‘laklarini kemiradi, demak, buzilgan 
hujayralar ko‘proq qoladi, bulardan esa oziq moddalari so‘rib olinmaydi. 
Umuman olganda, qurt barg tarkibidagi oziq moddalarning 50% dan ortiq 
bo‘lmagan qismini o‘zlashtiradi, qolgan qismi esa biror shaklda ekskriment bilan 
tashqariga chiqarib yuboriladi. Ovqatdan oziq moddalarini qabul qilish va uning 
xususiyati oshqozon shirasidagi 
pH
miqdoriga bog‘liq. Bu esa qurt yashayotgan 
sharoitga – haroratga, havoning nisbiy namligiga, oziqning miqdori va sifatiga 
qurtlarning har xil yoshdagi holatiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi; kasal qurtlarda bu 
ko‘rsatkich o‘zgaradi . 

Yüklə 7,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin