Yorug’likni sochilishi.Bir jinsli muhitda ikkilamchi to’lqinlar birlamchi to’lqinlarning tarqalishi yo’nalishidan boshqa hamma yo’nalishda bir-birini butunlay so’ndiradi. Shuning uchun yorug’likning yo’nalishlari bo’yicha qayta taqsimlanishi , ya’ni yorug’likning sochilishi yuzaga kelmaydi. Birlamchi nurning yo’nalishda ikkilamchi to’lqinlar bilan interferensiyalanib, fazoviy tezligidan farq qiladigan natijaviy to’lqinni yuzaga keltiradi. Yorug’likning sinishi va dispersiyasi yuqoridagi hol bilan tushintiriladi. Yorug’lik to’lqinlari muhitning bir jinslimasliklarida difraksiyalanib, intensivligining hamma yo’nalishi bo’yicha bir xil taqsimlanganligi bilan xarakterlanuvchi difraksion manzarani hosil qiladi.
Optikaviy birjinslimasliklari aniq ifodalangan muhit nomlari loyqa muhit nomi bilan yuritiladi. Bularga: 1) tutun, ya’ni gazlardagi muallaq holda yurgan maydon zarralar; 2) tuman – gazlarda – muallaq holda yurgan suyuqlikning mayda tomchilar; 3) suyuqlikda muallaq suzib yuruvchi qattiq zarrachalardan hosil bo’lgan suspenziyalar; 4) bir suyuqlikning mayda zarralarining, boshqa birinchisini eritmaydigan suyuqlikda muallaq yurishlaridan hosil bo’lgan emul’siyalar; 5) sadaf, opal, sutdek oppoq shisha kabi qattiq jismlar kiradi.
Yorug’likning yon tomonlariga sochilishi tufayli intensivlikning tarqalish yo’nalishi bo’yicha kamaya borishi faqat birgina yutilish bo’layotgan nisbatan tezroq yuz beradi. Shu sababli loyqa muhit uchun (17) ifoda haqiqiy x yutilishi koeffisenti ham tushirishi kerak, ya’ni J = J0 e-(x=x') e X kattalik ekstinksiya koeffisenti deyiladi. Agar bir jisnslimaslar o’lchovi yorug’lik to’lqin uzunligidan kichik ( -0,1λ atrofida) bo’lsa, sochilgan yorug’lik intensivligi J yorug’lik chastotasining to’rtinchi darajasiga to’g’ri proporsional yoki to’lqin uzunligining to’rtinchi darajasiga teskari proporsional:
J~ w4~1/ λ4 Adabiyotlar: 1. Remizov A.N. “Tibbiy va biologik fizika” T. Ibn Sino, 2005.
2. Bozorova S. Fizika, optika, atom va yadro. Toshkent Aloqachi 2007.
3. Sultonov E. “Fizika kursi” (darslik) Fan va ta’lim 2007.
4. O.Qodirov.”Fizika kursi” (o‘quv qo‘llanma) Fan va ta’lim 2005.
5. O. Ahmadjonov. Umumiy fizika kursi. 1 tom. Toshkеnt 1991.
6. A. Qosimov va boshqalar. Fizika kursi 1 tom. Toshkеnt 1994