III. Yangi mavzu: Xalq dostonlari mashg’ulotsiga ko`ra beshga bo`linadi:
1.Qahramonli dostonlari
2. Jangnoma dostonlar
3.Romantik(ishqiy-qahramonlik) dostonlari
4.Tarixiy dostonlar
5.Kitobiy dostonlar
Ishqiy –qahramonlik dostonlariga “Murodxon”, “Rustamxon”, “Kuntug`mish”, “Malika ayyor”, “Ravshan”, “ Go`ro`g`li ”turkum dostonlari kiradi
Doston xalq og`zaki ijodi vamumtoz adabiyotida keng foydalanilib kelinayotgan epik shakllardan biridir. “Doston” so`zi xilma-xil ma`noni bildirib kelgan. Masalan, “doston” forschada epik asar nomini anglatadigan so`z bo`lib, u hatto qissa romandek katta nasriy asarlarga ham nisbat beriladi.Biz o`rganayotgan dostonlar esa xalq og`zaki ijodida yaratilgan va yaratilayotgan muayyan kompozitsion yaxlitlikka ega bo`lgan xalq dostonlaridir.Ular yozma adabiyotdagi “Suhayl va Guldursun”, “farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” kabi dostonlardan fantaziya ko`lami , ko`z ko`rib quloq eshitmagan voqealar, aql bovar qilmaydigan qahramonliklar tasviri bilan farq qiladi.
Dostonlarimizda baxtli kunlar ro`shnoliklar haqidagi orzu –umidlari , faqat yaxshilikka , yorug` kunlarga erishish istagi yotadi.E`tibor bersak,dostonlar muvaffaqiyatli yakun bilan tugaydi.Asar qahramonlari juda katta fojialarni qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar, og`ir sinovlarga bardosh beradilar ,oxir-oqibat murod-maqsadlariga erishadilar.
Xalq dostonlarining ko`pchiligiga xos xususiyat - ularda ishq –muhabbat mashg’ulotning ustunligidir. Dostonlardagi voqealar qahramonlarning ishqiy sarguzashtlari fonida kechadi. Masalan, dunyoga mashhur “Alpomish”ni olasizmi, “Ravshan” ,yoki “Kuntug`mish” dostonlarini olasizmi , bari-barisida muhabbat mashg’ulotsi yetakchilik qiladi.Darhaqiqat , muhabbat –muqaddas tuyg`u.Bekorga xalqimiz “Ishqsiz eshak-dardsiz kesak” , demaydi. Sevimli shoiramiz nodirabegimta`biri bilan aytganda esa:
“Muhabbatsiz kishi odam emasdir,
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et”
Muhabbat insonni ezgulikka yetaklaydi, sevgan kishi har qanday qahramonlikka qodir bo`ladi.“Kuntug`mish” dostoni sevishganlar haqidagi chiroyli asar, uning janrini ishqiy-qahramonlik dostoni, deb belgilash mumkin.Chunki Kuntug`mish dostonda katta qahramonliklar ko`rsatadi:yurtga qiron keltirgan ajdarni yengadi,
Tosh bostirib qo`yilgan kigiz ostidan chiqib ketadi. Bu qahramonliklar shunchaki o`zini ko`rsatish emas , avvalo xalqni ajdar ofatidan qutqazgan bo`lsa, sevikli yori , bolalari deb g`oyat tang bir holatda yovlari o`rab –chirmab, ustidan tosh bostirib ketgan kigiz orasidan xalos bo`lib chiqadi.
Xulosa
Baxshi bobolarimiz sevib kuylagan “Kuntug`mish” kabi ishqiy-qahramonlik dostonlari bizni muhabbatdek ezgu tuyg`ularni qadrlashga undaydi, fidoyilik, qahramonlikka chorlaydi, chunki ishq-muhabbat , qahramonlik , jo`mardlik doimo egizak tushunchalardir.
Uyga vazifa :
“Kuntug`mish” dostoni bo`yicha 50 ta savol tuzish;doston taassurotiga bag`ishlangan inshoga tayyorlanish