Yosh tabiatshunoslar
eco “Yosh ekoturizchilar”
Dolzarbligi : Prezidentning 02.12.2022 yildagi «2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-436-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror ijrosini taminlash maqsadida atrof-muhitni himoya qilish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz kerakdir. Ekoturizm — tabiatni muhofaza qilishni targ'ib qiluvchi, atrof-muhitga "yumshoq" ta'sir ko'rsatadigan, mahalliy aholining faol ijtimoiy-iqtisodiy ishtirokini ta'minlaydigan tabiat va madaniy diqqatga sazovor joylarni o'rganish va zavqlanish uchun buzilmagan tabiiy hududlarga nisbatan atrof-muhitga mas'uliyat bilan sayohat qilish va ko’ngil ochar dasturlar tashkil etilgan sayohat turidir. Mamlakatimizda 30dan ortiq muhofazaga olingan hudud (qo‘riqxona, milliy bog‘, nodir tabiat yodgorliklari va h.k.)lar, 60 ta o‘rmon xo‘jaliklari, 400 dan ortiq tabiatning noyob yodgorliklari mavjuddir. Ekoturizmning o’ta muhim tarkibiy qismi sayyoh bolalarni atrof-muhitni bezovta qilmaslik uchun chiqindilarni, havo va suvning ifloslanishini minimallashtirish usullari tog’risida habardor qilishdir har doim bolalar bilan bo’ladiga darslar .
Biz loyihamiz asosan bolalar uchun mo’ljalanganligi shundaki eng yaxshi xotiralarimizni eslaydigan davr asosan bolalik hisoblanadi .Ota-onalarimiz o’zlarining ishlari tufayli bolalarga vaqt kam ajratmoqda bunig natijada bolalar telfondagi turli xil dasturlaga bog’lanib qolmoqdalar . Bolalarni bolaliklarini yo’qotmaslik va ularga go’zal xotira qoldirish maqsadida ushbu loyihani tashkil qilmoqchimiz .
Maqsadi . Ekoturizm bu atrof- muhit bilan chambarchas bog’liqda amalga oshiriladigan turistik sayohat tashkil qilinishidir. Bolalar va tabiat o’rtaidagi munosabatni yoshlikdan shakllantirish va ularni duyoqarashlarni keng qilish yordam beradi . Bizning loyihamiz maqsadlari:
Bolalar va tabiat o’rtasida muloqatni ta’minlash
Atrof- muhit madaniyatni rivojlantirish
Dam olish kunlarda ekoturistik madaniyatni rivojlantirish.
Loyihaning asosiy vazifalari :
Viloyat va mahalla bolalari uchun dastur ishlab chiqish .
Ekologiya bo’yicha tabiat qo’ynida trening tashkil qilish.
Sayohatni yakunida sayohatchi bolalar o’rtasida “ Eng yaxshi tabiat himoyachisi” tanlovini o’tkazish va taqdirlash marosimini tashkil etish .
Bolalar o’rtasida tabiat bilan birga bo’ladigan sport o’yinlarni tashkil qilish.
Loyihani amalga oshirish mexanizmlari :
Mahallalar va maktablar bilan birga hamkorlikni yo’lga qo’yish
Besh tashabbus doirasida sportni rivojlantirish .
Ekologik harakat partiyasi bilan trening(darslar ) tashkil etish.
Turistik firmalar bilan aloqa tashkil qilish .
Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar ;
Bolalarda atrof- muhit madaniyatini rivojlantiriladi .
Bolalar tabiatni o’rganish va saqlash qiziqishlari ortadi.
Bolalarda sog’lom muhit shakllantirishda o’z yordamini beradi.
Dam olish kunlarini ser mazmun va xotiralarga boy holda o’tkazadilar .